Rus tangalarning O`rta Osiyoga kirib kelishi
Download 139 Kb.
|
1 2
Bog'liqMavzu O‘rta Osiyo haqida rus tarixshunosligi
Rus tangalarning O`rta Osiyoga kirib kelishi Reja: O‘rta Osiyo xonliklarining chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi tarixining maxalliy tarixshunosligi. XIV asr va Qo‘qon xonliklarida tarixnavislikning rivoji. O‘rta Osiyo haqida rus tangalari. XULOSA Foydalanilgan adabiyotlar. 1.O‘rta Osiyo xonliklarining chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi tarixining maxalliy tarixshunosligi. «Ruslar tugrisida gapiradigan bulsak, ular dengizdagi orolda yashashadi, orol xajmi u chetidan bu chetigacha uch kunlik yul. Unda daraxt va urmonzor bor, atrofi yullar bilan uralgan. Ular juda kup sonli va kilichga suyanib yashashadi. Agar biron erkak kishi ulsa, bor mol-mulkini kizlariga, ugliga esa fakat kilichini berishadi va otangiz shu kilich yordamida mol- mulkka ega buldi, siz xam uning izidan boring», deyishadi. Uch yuzinchi yilning oylaridan birida xristianlarga aylanmagunlaricha ular shu tarzda tarbiyalanishgan. Xristian bulishgach, din kilichni ular turmushidan sikib chikardi, ular mexnat va kamtarlikka kaytishdi, yashash uchun mablaglari kiskardi. SHunda ular musulmon bulishni itsab kolishdi, chunki bunda ularga boskinchilar va mukaddas urushlar kilish - avvalgi xayotga kaytish imkoni tugilardi. Ular Xorazm xoniga uz xonlari Vladimirning yakinlaridan turt kishini elchi kilib yuborishdi. Va ular islom diniga utishdi. Bu bakuvvat irodali kishilar Uzok yurtlarga boskin uchun piyoda ketaverishar, X,azor (muallif aftidan Azov dengizini shunday ataydi) buylab kemalarda sayoxat kilishardi. Boshka kemalarni kulga tushirib, mol-mulkini tortib olishib Pontus (kora dengiz) orkali Konsantinopolga sayoxat xilishardi. Bir marta ular X,azor dengizida sayoxat kilib yurib Burdaning vaktinchalik egasi xam bulib olishdi. Ularning jasur va chapdastligi ma’lum, xar biri boshka xalk vakillarining bir nechasiga bas kelardi. Agar ularning oti bulib, suvoriy bulganlarida edi, ular kishilar uchun daxshatli kuchga aylangan bulishardi. Ruslarning xristianlikni kabul kilishi 988-989-yillarga tugri keladi. Vladimir ismli bir necha rus knyazlari bor edi. Vladimir Svyatoslavovichdan (1015) keyingi eng mashxur va yirik knyaz’ Vladimir Monomax (1113-1125 y.) edi. «Monomax kuroli bu Ulug knyazni garbu SHarkka shu kadar mashxur kildiki,- deb yozadi «Rossiya Kolumbi», tarixchi N. M. Karamzin,- uning uomi yilnomachilarning yozishicha dunyoda momakaldirokday guldirardi, kushinlar undan kurkib turishardi. YAngi yozuvlarga’ ishonadigan bulsak, Vladimir Grek imperiyasini xam kurkuvga solgan. Ularning xikoya kilishlaricha, Vladimir bobolarining greklar utsi-dan Kozongan galabalarini eslab, kup sonli lashkarini Mstislav boshchiligida Adrianopolga yubordi va Fransiyani egalladi. kurkib ketgan Aleksey Komnin Kievga kesar (kaysar) Avgustning jonbaxsh xoch (krets) ogochini, javoxirly kadaxini; Vla- dimirning bobosi Konstantin Monomaxning toji, oltin zanjiri va barmalarini sovga kilib yubordi. Efes Mitropoliti Neofrit bu sovgalarni buyuk knyazga takdim kilar, tinchlikka undadi. Kiev jome’ ibodatxonasida unga imperatorlik tojini kiydirdi va Rossiya shoxi deb e’lon kildi. Moskva kurol palatasida Monomaxning oltin kalpogi, zanjir, xassa, skipetr va kadimiy barma saklanadi. Bizning shoxlarimiz tantanali marosimda yasanadigan bu ziynatlar rostdan xam (Vizantiya Imperatori - s.) Aleksiyning sovgasi bulishi mumkin. N. M. Karamzinning ma’lumotlaridan bilamizki, X asrda Rossiya xukmdorlari Vizantiya imperatorlaridan shoxona sovgalar talab kilib turishgan. XIV asrdagi Moskva Ulug knyazlari kupincha ana shu ba’zilari Gretsiyada yasalgan (bu ulardagi yozuvlardan va buyumning uzidan xam kurinib turibdi) boyliklar tufayli vorislariga vasiyatnoma berishni rad etishardi. Birok Frakiyaning bosib olingani shubxalidir.. kadimiy yilnomalarda Vladimirning asosan Gretsiyaga munosabatlarigina yozilgan. SHu bois Marvaziyning yozganlarini usha davr vokealari bayoni bilan kiyosiy taxlil kilish shuni kursatadiki, SHaraf al Zamon Toxir Marvaziyning yozganlari tarixiy xakikatga tugri keladi va N. M. Karamzin ma’lumotlariga mos. Fakat X11 asrning saroy tabib olimini bu tarixiy vokealarni yozishga nima undaganini aniklash kiyin. Ruslarning islom dinini kabul kilgani (extimol muallif Vladimir Monomax siyosatidan norozi bulib, Xorazm xoni xizmatiga utgan ruslarni nazarda tutgandir) xakida ma’lumotlar borligiga karaganda Marvaziyning asari Xorazmning X1 asr tarixiga tegishli, chunki yukoridagi vokealar xususida Beruniy xam “Osoru-l-bokiya” (Xronika) asarida yozgan. U Xorazmda slavyanlar kup bulib, ular ichida ilmlilari xam borligini aytadi. Beruniy ulardan slavyan va yunon tillarini urgangan edi. Mavzuimizning asosiy masalasi kadimgi Rus va SHark munosabatlari bulgani uchun, mugullar davrigacha bulgan kadimgi rus yozuvi yodgorliklarini kiskacha kurib utamiz va ba’zi yilnoma ma’lumotlarini taxlil kilish orkali SHark mamlakatlarining SHarkiy Ovrupo kengliklariga ta’sirini yoritamiz. Rus turkshunosi A. N. Kononovning fikricha, mamlakatimizdagi sharkshunoslik tarixining 1917 yilgacha bulgan davri ikkita teng boskichga bulinadi; 1854-1855 yillargacha SPb dorilfununining shark tillari fakul’teti tUzilgungacha bulgan davr va undan keyingi, to 1917 yilgacha bulgan davrlarga bulinadi. Peterburg, Kozon va Xar’kov dorilfununlarining tashkil etilishi Fanlar akademiyasi bilan xamkorlikda XIX asr rus sharkshunosligining keskin kuchayishiga olib keldi. Bu sakrash G. Klaprot, G. Spasskiy, Dorn, Fren, O. I. Senkovskiy, Tupchiboshev, Tornou, Sablukov, Xanikov, Berezin, Grigor’ev, Vasil’ev, Kovalevskiy, M. Kozimbek va boshka kuplab Rossiya sharkshunosligi asoschilari nomi bilan Uzviy boglik. Fanlar akademiyasining shark tillari buyicha birinchi ad’yutanti etib (1804 yil 1 sentyabr’) ajoyib akademik bulib etishgan nemis sharkshunosi Genrix YUlius Klaprot kabul kilindi. U birinchilardan bulib kozok va uygur tillarini tadkik etgan edi. U «Boburnoma», bulgorlarning Volgadagi yozuvlari va boshka shark yozma yodgorliklari bilan shugullangan ovrupoliklardan biri edi. Uning tashabbusi bilan 1810 yili Rossiyada birinchi sharkshunoslik tuplami chikarildi. A. N. Kononovning aytishicha, Klaprot ulkan bilimga ega, buyuk sharkshunos, birok uning Rossiyadagi 7 yillik faoliyati rus sharkshunosligida arzigulik iz koldirmadi. SHarkshunoslik buyicha FA muxbir a’zosi etib saylangan (1810 y.) birinchi rus olimi Georgiy Ivanovich Spasskiydir (1783-1864 y.). G. I. Spasskiyning kuplab asarlari bor. Uning «Drevnosti Sibiri» makolasi biz uchun ayniksa axamiyatli bulib, unda keyinchalik runiy-turkiy obidalar deb tan olingan sirli yozuvlar tugrisida makola bor. A. N. Kononov G. I. Spasskiyni «Sibirskiy vetsnik» jurnali asoschisi deb tugri aytadi, birok, uni «Aziatskiy vetsnik» jurnali asoschisi deb xam atashadi. «Biblioteka dlya chteniya» va «Aziatskiy vetsnik» jurnallari asoschisi O. I. Senkovskiy edi. O. I. Senkovskiy Vil’no gubernasida tugildi, Vil’no dorilfununida ukidi. Usha erda mustakil shark tillarini urgandi. Talabalik yillari, 1818 yilda «Lukmon xikoyatlari» ni arabchadan polyakchaga ugirib, kirish suzi va izoxlar bilan chop etdi. 1819 yili kursni tugatgach Kichik Osiyo, Sibir’, Misr, Nubiya buylab sayoxatga chikdi va Polsha oynomalarida bu sayoxat asosida materiallar e’lon kildi. Rossiyaga kaytgach esa, «Severniy Arxiv» va «Sun otechetsva» oynomalarida 1822 yil davomida yul xotiralaridan bir necha parcha e’lon kildiki, bular kupchilikning e’tiborini yosh olim va SHark tillarini biluvchi sayoxatchiga jalb etdi. 1822 yili u Peterburg dorilfununi professori sifatida ishga kabul kilindi va birdaniga ikki - fors va arab tili kafedralari mudiri vazifalarini bajara boshladi. Uning mexnati natijalari «SHark mamlakatlari ilmi, san’ati va adabiyotiga doir asarlar, tarjimalar xamda sayoxatnomalaru, eng yangi ma’lumotlar chop etiladigan «Aziatskiy vestnik» jurnalida bosilgan. Senkovskiy 14 yil mobaynida uzi asos solgan «Biblioteka dlya chteniya» va «Aziatskiy vestnik» jurnallariga raxbarlik kildi. Bu jurnallarning rus madaniyati tarixidagi axamiyati juda ulkan. XIX asrning 30-yillarida kamdan-kam jurnal uning xakidagi tankidiy material, retsenziya, eslatma yoki latifasiz chikardi. G ogoldan tortib Davidov va Protopopovgacha nomashxur yozuvchilar xam uz asarlarida uning bilan baxslashishgan. Gogol’ va Pushkinning tabibi, Timofeev va Kukol’nikning dusti, ilmiy kashfiyotlarni tukib chikaruvchi, uzining utkir aklini fanning eng yaxshi goyalari ustidan kulishga bekorchi sarflagan kishi - Senkovskiy keyingi avlodlar ongiga shunday kirdi. Xatto Belinskiy xam uning tashkilotchilik iste’dodiga tan bergan. Drujinin Senkovskiyning jurnalistlik maktabida maxorat egalladi. U Senkovskiyni eng yaxshi jurnalist, derdi. Gertsen Senkovskiyni xech nimadan xayratga tushmasligi uchungina xurmat kilardi. yil 11 noyabrda Fanlar akademiyasida Osiyo muzeyi tuzildi. U Rossiyada Urta Osiyo va sharkshunoslik tarixida asosiy urin egallaydi. Osiyo muzeyining birinchi direktori etib Xristian Davidovich Fren (1782-1851) tayinlandi. Bu arabshunos, Eronshunos, turkshunos olim Meklenburg-SHver gertsogligida, Rotsokda tugilgan. Maktabni tugatgach, dorilfunun talabasi buldi. SHarkshunos O. G. Tixsen raxbarligida SHark tillarini urgandi, numizmatika va fikx blan shugullandi. 1805 yili Rossiyada erkin fanlar magitsra va falsafa doktori unvonini oldi. Rossiyadagi 1804 yilgi birinchi dorilfunun Ustaviga asosan u 1807 yilda Kozon dorilfununi SHark kafedrasi professori vazifasini tasdikladi. 1815 yilda esa shu dargoxning tarix-filologiya fakulteti dekani etib saylandi. Kozonga kelgan paytda X. D. Fren 1808 yili Somoniy va Buxoro tangalari xususida kichikrok asar chop etdi. Asar Kozonda lotin shrifti yukligi bois, arabcha yozilgan va sarlavxasidagi bir necha kupol grammatik xatolarga ega. Birok ukituvchilik faoliyatining dastlabki yillaridanok uzining kasbiga bekiyos muxabbati va iktidorligi, uzga talantlarga xasad kilmasligi, fanga yosh iktidorli kuchlarni tortishi va ular ishiga yordamlashishi bilan u barcha talabalarning xurmatiga sazovor bulganligi shubxasiz. 10 yil davomida ruslardan uziga urinbosar tayyorlamagani tugrisida tez-tez Frenga nisbatan aytilayotgan ayblovlarda xech kanday asos yuk. 1807 yildayok Fren gimnaziyaning tatar sinfida ta’lim olgan kamtar, intiluvchan va xarakatchan talaba S. V. Kruchininga e’tibor berdi. 1809 yili xali talaba bulgan Kruchinin Frenning yordamchisiga aylandi va professorning (shu jumladan bulajak tarixshunos YArsevning) leksiyalarini tinglashga etarli tayyorgarligi bulmagan turt nafar talabaga yiliga 60 sum maosh bilan raxbarlik kila boshladi. Bevakt ulimgina (1809 yil 30 iyul’) Kruchininga Frenning izdoshi bulishiga xalakit berdi. SHundan sung uning ishlarini YA. O. YArtsev (1792-1861 y.) davom ettirdi. U 1812 yili kursni tugatib, shark tillari buyicha nomzod darajasini oldi, 1816 yili esa magitsrlik dissertatsiyasini ximoya kildi. 1817 yili YArtsev Frenning tavsiyasi va M. A. Saltikovning otaligi bilan Forsiyaga junayotgan elchilar tarkibiga kiritildi va u yokdan Kozonga 1818 yili kaytdi. Bu paytda Fren Fanlar Akademiyasi koshidagi Osiyo muzeyining birinchi direktori etib tasdiklangandi. Keyinrok, 1870 yilda xarbiy injener-kapitan Bogolevskiy Zarafshon daryosiga kupriklar kurish imkoniyatlarini kurib chikdi. Okrug muxandislik ishlari mudiri bulgan bu xarbiy injener usha yiliyok tog ishlari buyicha maxsus topshiriklar amaldori Tatarinovga Zarafshon daryosiga kuprik kurishga mos joy topish uchun asbob va burgulash ishlari bilan tanish bir nafar ishchi yuborishini surab murojaat kiladi. Bu xakda Turkiston xarbiy okrugi muxandislari boshligi vazifasini bajaruvchiga xabar bergach (deystvitelnыy satskiy sovetnik), Tatarinov baxorgacha burgulash ishlariga extiyoj yukligi tufayli Bogolevskiyga uskunalardan tashkari, tog ishchisi va geologiya, mineralogiya va tog ishlari bilan tanish tog ustavshigini xam junatish imkoniyati borligini tushuntirdi. Albatta, Tatarinovni axoli uchun zarur bulgan kupriklar kurilishi emas, uzi ta’kidlaganidek, Zarafshon vodiysi kazilma boyliklari kiziktirardi. Zarafshon okrugi boshligiga yuborgan shaxsiy xatida u shunday deb yozgandi: «...Men shuningdek uddaburon kishini xam yuborishga karor kildim. U imkoni boricha Samarkand atrofining geologik tuzilishini urganish va kuprik kurish uchun kurilish materiallari izlash bilan birga boshka foydali kazilmalar joyini kursatishi lozim... agar toshkumir koni chikishiga umid tugilsa, uni amalga oshirish uchun Uzim boraman yoki muxandis yuboraman». Rossiyaning Urta Osiyoni bosib olgan dastlabki davridanok, chor xukumati Amir Temurning kutubxonasini izlashga katta e’tibor berdi. Turkiston viloyatining xarbiy gubernatori uz raportida (1866 yil 17 yanvar’) shoshilinch choralar kurgani, xususan, Buxoroga Samarkand orkali katnovchi toshkentlik savdogar boylarga, extimol Samarkandning kaerdadir yashirin yotgan Temur kutubxonasini kidirish buyicha kursatma berganini xabar kiladi.Keyinrok, 1868 yildan boshlab, mashxur rus orientalitsi A. L. Kun turli vakf xujjatlari yiga boshlaydi. U uzi yikkan 150 dan kuprok kimmatli xujjatlarni rus tiliga ugirdi va umumlashtira boshladi. 1870 yili general-gubernator fon Kaufmanning topshirigiga kura A.L. Kun Urta Osiyo tarixida birinchi bulib Zarafshon vodiysida kazish ishlarini olib borib,kadimiy obidalarning koldiklari, tangalar va boshka ashyolarni tupladi. Arxiv materiallarining guvoxlik berishicha,A.L.Kun kuplab kadimiy topilchalar tuplagan. Bular 1871 yilning may oyida Samarkanddan Toshkentga, sung u erdan Rossiyaga junatilgan. A. L. Kunning bu topilmalari Peterburgda ermitajda kurgazmaga kuyilishi lozim edi. SHuni xam aytish lozimki, A. L. Kun kazish va arxeologik materiallarni urganish ishlariga maxalliy axolining bilimdon vakillarini xam jalb etgan. Masalan, Mirzo Mulla Abduraxmon ibn Muxammad Latif (tarixiy adabiyotda Mirzo Samarkandiy nomi bilan mashxur), Muxtojir Samarkandiy shular jumlasidan. Samarkandlik Mirzo Mullo Abduraxmon A. Kunning (1840-1888 y.) yakin dusti va tarjimoni edi. Mirzo Samarkandiy A. Kunning 1870 yilgi Iskandarkulga ekspeditsiyasida xamroxlik kilgan edi. U safar taassurotlari asosida «Ruznomai safari Iskandarkul» («Iskandarkul safari kundaligi») ni ezdi. Unda Zarafshon daryosi yukorisidagi Panjikentdan to Paldaragacha, YAgnobdan Iskandarkulgacha bulgan barcha axoli maskanlarining tavsifi berilgan, «Kundalik»da mazkur joy-larning ijtimoiy-iktisodiy axvoli, xalk turmushi, tili va an’analari tugrisida muxim ma’lumotlar va ba’zi arxeologii faktlar bor. «Kundalik»ning asosiy kiymati shundaki, unda u yoki bu ma’lumotning kaerdan olingani va kachon yozilgani kursatilgan. Mirzo Samarkandiy «Kundalik»ni 1870 yil 30 aprelida Panjikent shaxri yakinidagi Rudak kishlogidan boshlab, 1870 yilning 29 iyunida Samarkandda tugatgan. «Kundalik» ning kirish kismida asarning maksadi bayon kilingan va u 1870 yilning 1 iyunida Samarkand shaxrida yozilgani aytilgan. «Ilova» da esa boy ashyoviy materiallar, xususan, masjid va boshka binolar devoridagi bitiklardan kuchirmalar, kabrtosh yozuvlari va yul kursatkichlaridan, ekspeditsiya yulida uchragan boshka turli yozuvlardan kuchirmalar, Falgar va Matchox rayonlaridagi axoli orasida tuplangan lapar va kushiklar keltirilgan. «Kundalik» ning muallif kulyozmasi A. Kun tomonidan kisman rus tiliga ugirilgan. Mirzo Samarkandiyning bizgacha etib kelgan ikkinchi asari 1872 yili yozylgan. «Moskva ekspeditsiyasi kundaligi» (Ruznomai safari Maskob) asaridir. Asar Mirzo Samarkandiy va A. Kunning «Tabiatsevarlar jamiyati» taklifi bilan Rossiya Politexnika instituti Pyotr I tugilgan kunning 200 yilligiga bagishlab uyushtirgan kurgazmada katnashish uchun Moskvaga sayoxati natijasida yuzaga keldi. «Kundalik» da Rossiyaning madaniyat va xalk xujaligidagi yutuklari mufassal yoritilgan. Ayniksa, kurgazmaning Turkiston bulimi ishi keng yoritilgan. Bu bulim shunisi bilan jozibali ediki, u SHerdor madrasasini eslatuvchi ayvon - pavil’onda joylashgan edi. Olim va tarjimon Mirzo Mullo Abduraxmon Samarkandiyning bizgacha etib kelgan kulyozma asarlari Urta Osiyo xalklarining tarixi, tili, etnografiyasi va arxeologiyasi buyicha kimmatli manba xisoblanadi. A. L. Kun tadkikotlarining eng muxim natijasi shuki, 1871 - 1872 yillarda, Turkiston ulkasining arxeologik al’bomini tuzish maksadida Samarkand obidalari suratga olindi. 1870 yilda Perm’ boylari - aka-uka Kamenskiyning ishonchli vakili Semyon Lyaxtin Zarafshon voxasidan 109 pud, 0,5 funt xar xil arxeologik va kuplab kadimiy SHark kulyozmalari tuplab, Peterburgdagi mperatorlik arxeologiya jamiyati va jamoat kutubxonasiga va Moskvadagi anik fanlar ishkibozlari jamiyatiga topshirdi. Birok, shunaka savobli ishlar bilan bir katorda, Zarafshonda xam butun ulkada bulgani kabi, rus amaldor, ofitser va savdogarlari urtasida kadimiy noyob narsalarga bulgan garazli kizikish kuchaydi. Ular xar xil yul va usullar bilan kadimiy narsalarni kulga kiritishga urindilar, maksadlari keyin ularni kimmatga sotib boyish edi. Masalan, A. Kun general Abramovga yuborgan maktublaridan birida maxalliy millat vakillaridan uch kishi uning iltnmosiga kura, Buxorodan kidimiy oltin va boshka metallardan zarb kilingan tangalar olib kelgani, birok, bir xil narx taklif kilinganiga karamay, ular tangalarni A. Kunga emas, keyin kimmatiga sotish umidida bulgan Samarkand bulimi boshligi podpolkovnik Serovga sotishganini yozadi va Abramovdan chor amaldorlarining kadimiy yodgorliklar bilan chaykovchilik kilishining oldini olish buyicha choralar kurishini suraydi. Abramov javobida A. Kun bu masalada xak ekanini tan olsada, bu ishga aralashishdan kat’iy bosh tortadi va chor amaldorlarining xususiy mulkiga tegib bulmasligini ta’kidlaydi. General Abramovnnng yodgorliklarni talashga sukutli roziligi rus amaldorlarini yanada «yirik» ishlarga ruxlantirdi va ularning ba’zilari arxeologik topilma nimaligi xususida tasavvUrta ega bulmagani xolda Samarkanddagi Afrosiyobni kazib,talashga tushdi. Bu talonchilikni cheklash maksadida Turkistondagi CHor xukumati 1871 yil 3 martda 942-sonli maxsus xujjat chikarishga majbur buldi. Unga kura, shaxsan Kaufmanning ruxatisiz xech kanaka kazish ishlarini amalga oshirish mumkin emas edi. Birok, bu kursatma kam samara berdi va chor xukumati keyinrok, 1879, 1882, 1892 yillarda xam shunga uxshash karorlar kabul kildi. Rus jugrofiya jamiyati topshirigiga kura, 1874 yilning yozida N. P. Barbot de Marni Zarafshon voxasida geologik kuzatishlar olib bordi. Uning natijalari umumlashtirilmagan, kulyozma xolda bayon kilingan, xolos. G. D. Romanovskiy va I. V. Mushketovlarning 1874 yilda utkazgan foydali kazilmalarni kidirish ishlari katta ilmiy axamiyatga ega. Ularning tadkikotlari natijalari 1878 yilda e’lon kilindi. 1886 yilda esa bu materiallar I. V. Mushketovning «Turkiston» asarida ilmiy jixatdan umumlashtirildi. 1875 yili Afgoniston - Buxoro chegarasida yuzaga kelayotgan vokealar munosabati bilan Kaufman buyrugiga kura xarbiy topografik xarakterdagi ekspeditsiya uyushtirildi. U ikki oy davomida Xisor va Kulob rayonlarida buldi. Ekspeditsiya a’zolari, Turkiston ulkasi statistika kumitasi raisi N. Maev (raxbar) podporuchik Vishnevskiy va astronom SHvarts Xisordagi muxim rayonlarida buldilar, ulargacha bu joylarga bironta Ovrupolikning oyogi etmagan edi. Ular Darvoza va Kunluz chegarasigacha etib borishdi. ekspeditsiya kaytishi bilan Vishnevskiy Xisor, Kulobning, Zarafshonning yukori kismi xamda darali tog rayonlarining mufassal xaritasini chizdi va olimlarni xali noma’lum ma’lumotlar bilan tanishtirdi. N. Maev ekspeditsiya utgan joylarning tarixiy, antropologik va topografik tafsilotini tuzdi, astronom SHvarts esa Xisor va Kulob rayonlarida 14 ta astronomik kuzatuv punktlarini belgiladi. yilda anik fanlar, antropologiya va etnografiya ishkibozlari Turkiston buliminnng „birinchi ilmiy ekspeditsiyasi” uyushtirildi. V. V. Bartoldning aytishicha, bu bulim 1870 yilda ish boshlagan. ekspeditsiya tarkibida olimlar V. F. Oshanin (bulim kotibi, raxbar), G. E. Rodionov (topograf) va M. I. Neveskiy (botanik) bor edi. ekspeditsiyaniig vazifasi Korategin va Amudaryo yukori kismini tadkik etish edi. 1878 yilning 25 iyulida ekspeditsiya Samarkanddan junab ketdi va yul-yulakay Korategin va Darvoza xududlarining bir kismini tekshirdi. Sung Selsuv vodiysi yukorisida ulkan tog muzligini topdi va bu muzlik yukorida eslatganimizdek, olim A. P. Fedchenko nomiga kuyildi. Bu muzlik - Zarafshon daryosi suv manbaidir, daryo-suvining oz-kup bulishi, voxaning suv bilan kanchalik ta’minlanishi shu muzlikning erishi xajmiga boglik. M. Neveskiy ekspeditsiya mobaynida Samarkand tabiati, usimliklar dunyosi xakida juda kimmatli ma’lumotlar tupladi. Unikg 1894 yili e’lon kilingan asarida voxada usuvchi 25 xil daraxt va butalar ruyxati, mevali daraxt va butalarning payvadlangan (introduksiyalangan) turlari nomi keltirilgan. Rus olimi V. M. Oshaninning ikkinchi yirik sayoxati 1879- 1905 yillarga tugri keladi. Bu sayoxat davomida asosan xasharotlar tuplanib, entomologik tadkikotlar utkazildi. 1884 yilning iyunida u Toshkent gimnaziyalaridan biri ukuvchilarining Zarafshon vodiysiga ekskursiyasini uyushtirdi. Uning marshruti Toshkent, Mirzachul, Uratepa, Jizzax, Samarkand va Namangan orkali utgan edi. Olim va uning shogirdlarini dexkonlarning sugorish-shoxobchalarini kurish va foydalanish san’ati, maxalliy axolining xujalik yuritish faoliyati, tabiiy sharoit va xayvonot olami kiziktirardi. Zarafshon vodiysi Oshaninda kuchli taassurot koldirdi. U shunday deb yozadi: «Zarafshonning xar ikki kirgogi bir-biri bilan tutashib ketgan kishloklar va bog-roglar bilan tula, guyo bu erlarda eni 25 chakirim, Uzunligi bexad bulgan bitta shaxar turganga uxshaydi. Bu erlar tabiatan xosildor, nam kupligi tufayli kora kurinadigan lyossdan tarkib topgan. Zarafshon bu erlarni «xoritmaydi», uzi bilan olib kelayotgan kuplab mineral jinslarni bu erga berib, oziklantiradi...» V. F. Oshanin Samarkand tugrisida chukur xurmat bilan gapiradi. U Samarkand va uning atrofi kalin daraxtzorlar bilan koplangani tufayli, issik bu erda Toshkentdagidek kuchli sezilmasligini yozadi. Uni ayniksa, Abramov xiyoboni (xozir G or’kiy nomida) va itsiroxat bogi xayratga soladi. «Bog va xiyobonga,-deb yozadi Vasiliy Fedorovich, nafakat Toshkent, Peterburg xam xavas kilsa arziydi». Olim, shuningdek, Samarkandda bogdorchilik va Uzumchilik juda rivojlanganini yozadi. V. F. Oshanin asarlaridan Zarafshon voxasida paxtachilik va ipakchilikni rivojlantirish buyicha bir kator foydali maslaxat va tavsiyalarni topish mumkin. kurilajak temir yul yunalishini belgilash va Amudaryoda kemalar yurishi imkoniyatlarini aniklash uchun utkazilgan kompleks ekspeditsiya xam ulkan ishlarni bajardi. Bu ekspeditsiya tarkibiga graf Rostovsev, injener Lyapunov, professorlar Sorokin va Mushketov, musavvir va adib N. N. Karazin, injener e. O. Sokolovskiy, musavvir Simakov, podpolkovnik N. Maev, Lunevich, Kregmeyr, doktor Valitskiy, zoolog Pel’tsam va boshkalar kirdi. ekspeditsiya ikkn guruxda ikki yunalish buyicha ish olib bordi. 1879 yilning iyunida ekspeditsiyaniig barcha a’zolari Samarkandda yigiladilar. Bir gurux chul bilan Karshiga yul oladi va kuruklik yulini urganadi, ikkinchi gurux Kitob, SHaar, Ertepa, Kaltanor orkali Darbandga boradi, deb karor kilinadi. Darbandda uchrashgach, guruxlar yana dasturga muvofik tadkikotlarni aloxida-aloxida olib borishga kelishadilar. Axolining turmush tarzini urganish N. N. Karazinga topshirildi Musavvir N. E. Simakov esa SHaarda bulgach, Samarkandga kaytishi va uch xafta mobaynida tarixiy obidalarni, asosan, Guri Amir, SHoxi Zinda, Bibixonim yodgorliklarini urganishi va nusxa kuchirishi lozim edi. Bu ekspeditsiya yakuni buyicha katta xajmda ma’lumotlar tuplandi va ular Turkiston ulkasini urganishda muxim axamiyat kasb etdi. Ulkaning rus olimlari tomonidan muntazam urganilishi 19-asrdan boshlandi. Samarkandda (1878 i.), Panjikent, Jizzaxda (1881 y.), Kattakurgonda (1901 y.), Krasnogvardeyskda (1909 i.) meteorologik santsiyalar tashkil kilindi. Bu sansiyalarning keng kamrovli ma’lumotlari esa keyinchalik Urta Osiyoning iklim xaritasini chizgan L. A. Molchanov tomonidan ishlab chikildi. 1887 yildan boshlab Turkiston general-gubernatori va yana uch maxalliy viloyat xarbiy gubernatorlari xuzurida statistika kumitalari tuzildi. Ularning tarixiy rolini Samarkand viloyat statistika kumitasi misolida kuriit mumkin. Turkiston ulkasini boshkarish tugrisidagi Nizomning 55- moddasi va Turkiston ulkasi buyicha 1887 yil 29 avgust va 1 oktyabrdagi buyruklarga kura, Samarkand viloyat statistika kumitasi tUzildi. U gubernya statistika kumitalari xakidagi Nizomga kura ishlashi lozim edi. Statistika kumitasi xukuki, vazifalari, byudjeti va tarkibiga kura davlat muassaaasi bulsa-da, u erda asosan chor xukumat apparatining kuyi zvenosi va maxalliy faol ulkashunoslar tuplangan edi. Samarkand kumitasiga uz ma’muriy vazifasiga kura uchta doimiy a’zo va maxolliy amaldorlardan 29 nafar xakikiy a’zo kirardi. Uning doimiy kotibi va bosh tashkilotchisi M. Virskiy edi. Graf K. Palen uni unvoni yukorirok kishi bilan almashtirishni taklif etgan. Uningcha, Virskiy uz ma’lumoti va dunyokarashiga kura bu vazifaga, xukumat talabiga mos emas edi. Xakikatda esa gap statistika kumitasining tuzilishida emas, balki ish uslubida edi. kumita kotibi M. Virskiy, maxalliy ulkashunos olim V. L. Vyatkin, V. P. Nalivkin va boshkalar kuprok fan va ulkashunoslik bilan shugullana boshladilar. Birok, bu rasmiy xukumat vakillarining fikricha, statistika kumitasi vazifasiga kirmasdi. K.SHlenning fikricha, kumita asosan Samarkand viloyatidagi barcha tarmoklar buyicha iktisodiy va xujalik xayotiga oid ma’lumotlarni tushlashi va shu asosda, xarbiy gubernatorlar xisobotiga ilova sifatidagi xisobotlar statistika obzorlari tayyorlash bilan shugullanishi lozim edi. To 1891 yilgacha deyiladi K. Palenning taftish xisobotida, kumita bu vazifani yaxshi bajarib keldi. 1891 yildan keyin kumita faoliyati kup tomonlama kengaydi, nafakat obzor uchun zarur bulgan, balki uta ilmiy materiallarni tuplay boshladi, tarixchilik va ma’rifatchilik bilan shugullana boshladi. Bu Rossiya xukumati manfaatlariga zid edi. Xususan, yil boshlarida Samarkand viloyati statistika kumitasi kutubxonasida 2505 nomda 4877 nusxada kitob bor edi. Fakat 1906 yilda kutubxonaga 167 nomdagi 299 nusxada kitoblar keltirilgandi. 1908 yilda unda 2672 nomdagi 5168 nusxa kitob bor edi. Usha davrga nisbatan bu katta kutubxona edi. V. L. Vyatkin ilmiy va ijtimoiy faoliyat bilan bir katorda ba’zi nashrlarga muxarrirlik xam kilgan. 1900-1907 yillarda u «Samarkand viloyati obzori» dan tashkari, S. A. Lagin yozgan «Ruscha-uzbekcha lugat» ning 1- 2- 3-nashrlariga muxarrirlik kildi, Lugatning 3-nashri 1907 yilda «Russkaya okraina» bosmaxonasida 3000 nusxada nashr etildi. 2.XIV asr va Qo‘qon xonliklarida tarixnavislikning rivoji. Viloyat statistika kumitasi boshkaruvchi a’zolari tashabbusi bilan yili Samarkandning eski shaxar kismida maxsus kutubxona ochildi. U SHerdor madrasasi binosida joylashgan bulib, mudiri V. L. Vyatkin edi. Kutubxona asosan chorizm olimlariga, ba’zan musulmon axoliga xizmat kursatardi. Kutubxona ulkaning endi shakllanib kelayotgan demokrat ziyolilari - jadidlar tuplanib, munozara kiladigan ma’rifat markazi edi. YAna shuni aloxida ta’kidlash lozimki, statistika kumitasi tuplagan barcha materiallar, 1908 yili taftish kilgan senator K. Palen aytganidek urtacha, taxminiy edi. Samarkand viloyati statistika kumitasi Rossiyaning boshka guberniyalaridagi er ishlari statistika kumitalariga uxshagan idora edi. Uning ba’zi ma’lumotlari anikligi va tulikligi jixatidan garbiy Ovrupo statistikasidan a’lorok edi. Birok, shuni xam aytish kerakki, bu ma’lumotlar xozirgi paytda tadkikotchilar uchun juda kimmatli va xatto, Zarafshon voxasining 1887 yildan to Oktyabr’ tuntarilishigacha bulgan davrdagi ijtimoiy-iktisodiy tarixini urganishning yagona manbai bulib kolmokda. Statistika kumitasi uz faoliyatining dastlabki kunidan boshlabok Samarkandning 20 yillik, ya’ni, Rossiyaning uni bosib olgan davri tarixini yozishga urindi. Bu vazifa kisman bajarilib, materiallar matbuotga tavsiya etildi. Birok, tasodifanmi, ataylabmi, Samarkand shaxri sobik shtab boshligi (unga kulyozma tanishib chikish uchun berilgandi) uni yukotib kuydi. Keyin, kumita Samarkand tarixiy yodgorliklarini tasvirlab, shu asosda kiskacha lavxa chop etishga karor kildi. Keyingi yillarda kumita ancha kimmatli ma’lumotlar tupladi va uz vaktida kupgina atokli sharkshunoslar axamiyatini ta’kidlagan ilmiy statistika makolalarini chop etdi. 1890 yili kumita «Samarkand viloyati statistikasi uchun materiallar tuplami» ni nashr etdi. Bu tuplamda ilk bor Zarafshon voxasiging 1887-1888 yillardagi ijtimoiy-iktisodiy axvolini kursatuvchi ba’zi rakamlar berilgan edi. «Tuplam» dan, shuningdek, kishlok xujaligi, maorif, jugrofiya va ulka sugorish tarmoklari tugrisidagi ulkashunoslik ruxidagi bir kator makolalar xam urin olgandi. 1889-1912 yillarda kumita «Samarkand viloyati obzorlari» ning 23 tuplamini nashr kildi (Samarkand,1890- 1913 y.y.) Keyin «Samarkand viloyati ma’lumotnomasi», «Samarkand viloyati» manzillari- kalendarlari» ning 17-chikarilishini e’lon kildi. Bundan tashkari, kumita M. Virskiy tuzgan «Turkestanskiy kommercheskiy adres-kalendar’ v 1898 g.» ni xam chop etdi. Bu manzil-kalendarda Samarkand, Fargona, Sirdaryo viloyatlari va Buxoro xonligining savdo-sanoat firmalari tugrisida juda kimmatli ma’lumotlar bor. Bundan tashkari, M. Virskiyning ba’zi asarlari Samarkand statistika kumitasi tashkil etilishidan oldin nashr kilingandi. Ularda Zarafshon vodiysi axolisining antropologiyasi (yuz tuzilishi), turmush tarzi, umuman etnografiyasi buyicha kizikarli ma’lumotlar bor edi. M. S. Andreev, M. Virskiy, I. M. Slutskiy, N. V. Pozdnyakov, N. S. Likoshin, F. Pospelov, V. L. Vyatkin va boshkalarning tarixiy-iktisodiy xarakterdagi va ba’zi axoli punktlarining madaniy turmush sharoitini yorituvchi turli matbuot organlari va tuplamdarda chop etilgan ilmiy ishlari dikkatga sazovordir. Samarkand ulkashunoslari M. Virskiy, I. P. Petrov, V. L. Vyatkin ulkaning vakf xujjatlarini urganish buyicha bir kator makolalar e’lon kilishdi. YU. O. YAkubovskiy, N. A. Kirpichnikov, F. Pospelovlarning asarlari esa Samarkand viloyati xunarmandchiligi tarixi va axvoliga bagishlangan edi. V. L. Vyatkinning (1859-1932 y.) inkilobgacha nashr etilgan ilmiy asarlari eng kimmatli manbalardir. V. L. Vyatkin uz xayotini, kuch-gayrati va bilimini insonlarga bagishlagan yirik rus olimi edi. Uning arxeologik maktabi xam, ustozlari xam yuk edi. U mustakil ukigan bilimdon, iktidorli ulkashunos edi. SHuning uchun xam arxeologik kazilmalarni u «fan urgatganday» emas, uzicha olib borardi. V. V. Bartold aytganidek, u «Samarkand obidalarining ajoyib bilimdoni» edi. Vasiliy Lavrent’evich Vyatkin Samarkandga Toshkent ukituvchilar seminariyasini tugatgach kelgan edi. Uzbek, fors, tojik kabi bir necha tillarni mukammal bilgan yosh olim shaxarning tarixi, noyob kulyozmalarini, vakfnoma, xalk afsona va dostonlarini yigish va tarjima kilish bilan shugullandi. Bular unga xanuzgacha uz kimmatini yukotmagan ilmiy asarlar yozish imkonini berdi. U tarix, iktisod, madaniyat, etnografiya bilan kizikdi. Mir Abu Toxir xoja Samarkandiyning «Samariya» sini ruschaga tarjima kildi. Sung Imom Abdulfozil Muxammad bin Abdujalil bin Abdumalik bin Xaydar as Samarkandiyning «kandiyoyi Xurd» (Kichik kandiya) asari kulyozmasining birinchi kismini tarjima kildi. Bu kulezma Samarkandning turli mozorlari bayonini va shaxar tarixiga oid bir kator kimmatli ma’- lumotlaripi uz ichiga olgan. Keyin u «Boburnoma» ning ancha kismini, Muxammad Solixning «Risola»sini, Samarkandning bunyod etilishi va tarixiga oid afsonalarni tarjima kilib, e’lon kildi. Download 139 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling