Rus tili va adabiyoti
Download 24.19 Kb.
|
1 2
Bog'liqВАК. ЎЗБЕК ВА РУС МАКОЛЛАРИДА ДЕФИНИЦИЯ МУВММОСИ.
O‘ZBEK VA RUS MAQOL VA MALARIDA DEFINISIYA MUAMMOSI. Termiz davlat pedagogika instituti “rus tili va adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi Abduraxmonova Hilola Raxmatullaevna. Termiz davlat pedagogika instituti rus tili va adabiyoti yo‘nalishi 2-kurs talabasi Abdusamadova Kamola Farxodovna. Аннотация Цель исследования – проанализировать различные подходы к выявлению и классификации лингвокультурных особенностей пословиц узбекского и русского языков. В статье рассматривается понятие «пословица» и проблема описания (на узбекском и русском языках). Это позволяет просмотреть широкий спектр научных новостных статей, определить их лингвокультурные особенности, коннотации и изменения. В результате доказано, что изучение пословиц любого языка позволяет изучить историю мировоззрения носителей культуры этого языка, поскольку показано, что пословицы отражают различные исторические, культурные, религиозные события и процессы на обоих языках. Annotasiya Tadqiqotning maqsadi -o‘zbek va rus tillarida maqollarning lingvistik va madaniy xususiyatlarini aniqlash va tasniflash bo‘yicha turli yondashuvlarni tahlil qilish. Maqolada "maqol" tushunchasi va tavsiflash muammosi (o‘zbek va rus tillarida) o‘rganilgan. Ilmiy yangilik maqollaring keng doirasini ko‘rib chiqish, ularning lingvomadaniy xususiyatlarini, konnotatsiyalari va o‘zgarishlarini aniqlash imkonini beradi. Natijada, har qanday tilning maqollarini o‘rganish ushbu til madaniyati tashuvchilari dunyoqarashi tarixini o‘rganish imkonini berishi isbotlangan, chunki maqollarda har ikki tilda turli tarixiy, madaniy, diniy va hodisalar va jarayonlar o‘z aksini topganligi ko‘rsatilgan. Аnnotation The purpose of the study is to analyze various approaches to identifying and classifying the linguistic and cultural features of proverbs in the Uzbek and Russian languages. The article deals with the concept of "proverb" and the problem of description (in Uzbek and Russian). This allows you to view a wide range of scientific news articles, determine their linguistic and cultural features, connotations and changes. As a result, it has been proved that the study of proverbs of any language makes it possible to study the history of the worldview of the carriers of the culture of this language, since it is shown that proverbs reflect various historical, cultural, religious events and processes in both languages. Har qanday xalqning nutqini ijtimoiy-tarixiy, hayotiy-maishiy tajribasi umumlashgan badiiy, obrazli mulohazalardan iborat, o‘z xukmiga ega bo‘lgan hikmatli so‘zlar bo‘lgan maqollar boyitib keladi. Maqol qachon va qay holatda paydo bo‘lganligi haqida aniq bir ma'lumot yo‘q. Ular milliy til tarkibida o‘z qiymatiga ega bo‘lgan so‘zlarni boshqasi bilan almashtirib bo‘lmaydigan, qoliplashgan holda namoyon bo‘ladi. “Maqol deb xalkning ijtimoiy-tarixiy, xayotiy-maishiy tajribasi umumlashgan badiiy, obrazli mulox,azalardan iborat x,ikmatli suzlarga aytiladi. Makol uzbek tilida makol, tojiklarda zarbulmasal, ruslarda poslovisa, arablarda (jonli suzlashuvda) nakl, turklarda ata suzi atamasi bilan yuritiladi. Makol atamasi arabcha [J_y] - kavlun - gapirmok, aytmok suzidan olingan.” [1]. Maqol barcha xalqlar og‘zaki ijodida keng tarqalgan janr sifatida, hajm, shakl, yaratilishi maqsadiga ko‘ra mazmun jihatdan “so‘z” tushunchasini anglatadi. Masalan, rus tilida “Шило в мешке не утаишь '” (bigizni qopda yashirib bo‘lmas) maqoli – o‘zbek tilidagi “Oyni etak bilan yopib bo‘lmas” maqolining aynan ekvivalenti hisoblanadi. Ammo, olimlarning ilmiy, qiyosiy-tipologik kuzatishlariga asoslanadigan bo‘lsak, xar bir xalqning tarixiy sharoitning o‘ziga xos ifodasi, dunyoni idrok etish, e'tiqod, urf-odatlar, tasavvur va ruhiy qarashlarning o‘ziga xos ifodasi, lingvomadaniy milliy xususiyatlarga yo‘girilganligi bilan ajralib turadi. Maqol xalqning ko‘p asrlik kuzatishlari, xayotiy tajriba va donishmandligini ma'naviy marifiy me'ros sifatida avloddan avlodga nutq bilan chambarchas holda yetkazib berilib kelgan. Leksik til tarkibiga o‘z ifodaliligi va obrazliligi bilan eslab qolishi yengilligi bilan yozuv paydo bo‘lgunga qadar kirib kelgan desak adashmaymiz. “Maqol — xalq og‘zaki ijodi janri; qisqa va lo‘nda, obrazli, grammatik va mantiqiy tugal ma'noli hikmatli ibora, chuqur mazmunli gap. Nutqda keng qo‘llanuvchi muayyan, barqaror ritmik shaklga ega bo‘lib, ular xalqning ko‘p asrlik hayotiy tajribalari asosida yuzaga kelgai. Maqollarda avlod ajdodlarimizning hayotiy kuzatishlari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuyg‘ulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan. Asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixcham va sodda poetik shaklga kelgan. [2]. Maqol o‘z tabiatiga ko‘ra, og‘zaki yoki yozma nutqda ko‘chma yoki o‘z ma'nosida qo‘llanilishimi mumkin. Ayrim maqollar esa faqat ko‘chma ma'noda («Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydi», «Quruq qoshiq og‘iz yirtar»), ba'zan o‘z ma'nosida («Ona yurting omon bo‘lsa, rangi-ro‘ying somon bo‘lmas») ishlatiladi. Tarixchi va adabiyotshunos, slavyan xalqlarining ma'naviy madaniyati tadqiqodchisi va rus fol'klori yig‘uvchisi A. N. Afanasev “Maqollarni na buzib, na o‘zgartirib bo‘ladi, chunki u, xalq donishmadligi, hayotiy tajribasi va shakllangan e'tiqodining qadimiy yodgorligini uzatish vositasidir” degan edilar. [3]. “O‘zbek folklorining boshqa janrlari o‘z tarixiy va ijtimoiy taraqqiyoti mobaynida boy og‘zaki ijodiy meros yaratgan bo‘lib, shular jumlasida maqol katta tarbiyaviy ahamiyatga egadirlar. Xalq folklorida milliy an'analarga tayanadigan ta'lim va tarbiyaga oid ilg‘or pedagogik fikrlar ilgari surilgan” [4]. “Masalan, "Qozonga yaqinlashsang, qorasi yuqar, yomonga yaqinlashsang -balosi" maqolidagi asosiy fikr yomonga yaqinlashgan odamning taqdirida nohush voqealar ko‘payishidan ogohlantirishdir. Lekin aslini olganda maqolning birinchi qismida xam extiyotlik belgisi aniq ko‘rinib turibdi. Ya'ni xalk yosh va hali turmush tajribasiga ega bo‘lmagan farzandga qozonga yakinlashayotganda qora qurum tegishidan ehtiyot bo‘lishni tavsiya qilmokda. Qushimcha ravishda aytish mumkinki, har bir inson muayyan vaziyatda ish qilar va qarorga kelar ekan, ehtiyot choralarini esidan chikarmaslik lozimligi uqtirilmokda.” [5]. S. I. Ojegovning izoxli lug‘atida maqolga kuydagicha ta'rif keltirilgan: “Maqol — xalqona qisqa va lo‘nda, obrazli, ibratli xarakteristikaga ega, grammatik va mantiqiy tugal ma'noli hikmatli ibora, chuqur mazmunli aforizm.” “Matal-bu mutlaq tugal mazmunga ega bo‘lmagan qiyosiy obrazli, butun gapni izoxlovchi barqaror ifoda” [6]. Yuqorida keltirilgan ta'riflarga ko‘ra maqollar odob axloq o‘gitlariga asoslangan holda yakuniy xulosa keltira olish ta'siriga ega ibora. Maqollarning xalq og‘zaki janr sifatidagi alog‘ida g‘ususiyatlaridan uning keng mazmunli fikrni eng sara va eng qisqa chuqur ma'noli so‘zlarni ohangdosh so‘zlardan shaklan she'riy va nasriy misralarda yaxshilikni davo qiluvchi yoki yomonlikdan ogox etuvchi mazmunda ifoda etiladi. Masalan: o‘zbek maqoli “Cho‘pon ko‘p bo‘lsa, qo‘y harom o‘ladi” ruscha talqinida ” У семи нянек дитя без глазу” va “Qo‘shning ko‘r bo‘lsa, ko‘zingni qis” maqoliining ruscha talqinida “С волками жить - по-волчьи выть ” Maqollarda shaxs hayotidagi voqea-hodisa xususiy vaziyatni xalq, omma, hayot nuqtai nazardan umumlashtirib, omma uchun vaziyatdagi mavzuga oid gapni kesib, yana muxokamaga o‘rin qoldirmay xukm o‘rnida ishlatiladi. Masalan: “Ishlamagan — tishlamas” o‘zbek maqolining ruscha varianti: “Кто не работает, тот не есть” yoki aynan so‘zma so‘z o‘xshash bo‘lgan maqollardan “Mushuk yo‘g‘ida sichqon tepaga chiqar” va “Кошка из дому — мышка на стол”. Xuddi “Donoga ishora kifoya” va “Умный понимает с полуслова” maqollaridagidek ham stilistik ham konnotasion bir biriga yaqin bo‘ladi. Qadimdan shakillanib kelgan madaniyat kabi o‘zbek va rus tili bir biridan tubdan farq qiladi. Albatta ikkita xalqning maqollari o‘zlarining tarixiy, madaniy va ma'rifiy muxitida shakllanib, bir fikrni boshqacha obraz va talqinlarida ifodalab beradi. Masalan o‘zbek maqollarini shartli ravshda 4 ta guruxga ajratishimiz mumkin. 1) O‘zbek va rus tillarida bir hil ekvivalentlari mavjud maqollar. Bunga misol qilib “Yosh kelsa — ishga, Qari kelsa — oshga” ruscha analogi “Молодой на службу, старый на совет”, “Sukut — alomati rizo” ruscha analogi “Молчание — знак согласия” maqollarini keltirsa bo‘ladi. Shu kabi maqollar juda kamchillikni tashkil etadi. 2) ikkinchi guruxga vaziyatga ko‘ra mazmunan bir hil, shaklan va maqol tarkibidagi vaziyatdagi obrazlantirish har hil bo‘lgan maqollar. Misol tariqasida “Chumchuqdan qo‘rqqan tariq ekmas, Chigirtkadan qo‘rqqan — ekin” ruscha ekvivalenti “Волков бояться — в лес не ходить '”, “Bir daraxtdan bog‘ bo‘lmas” ruschada “Oдин в поле не воин” maqollari o‘rinli bo‘ladi. 3) O‘zbek maqollarining rus tilida ekvivalenti mavjud bo‘lmagan maqollar milliy madaniyat, mintalitet va tarbiyaviy nuqtai nazardan ikki hil dunyoqarashga ega bo‘lgan maqollar sirasiga kiradi. Bularga “Qizil ko‘rsa, Xizr yo‘ldan chiqar”, rus tiliga tarjimasi “Увидев золото, даже пророк Хызр может сбиться с правильного пути”, “Qulon boshiga ish tushsa, quyrug‘iga sir aytmas”, ruscha tarjimasi “Если на голову кулану свалится беда, то он даже своему хвосту не сообщит об этом”, “Haftada hayitu kun ora odina bo‘lsa”, ruscha tarjimasi “Был бы праздник каждую неделю и выходной через день”, “O‘tniki — o‘tga, suvniki — suvga, qoldi qatiqning puli”, “Легко нажитое легко и пропадает”, “Eshonning qorni beshdir, biri hamisha bo‘shdir” tarjimasi- ”У ишана пять желудков, и один из них всегда пуст”. 4) Rus maqollarining o‘zbek tilida ekvavalenti bo‘lmagan maqollar ham xalq orasida ishlatilib keladi. Bularga “Монастырщина – что барщина” o‘zbek tilidagi tarjimasi monastirda-qullikda. !” Попу – куницу, дьякону – лисицу, пономарю-горюну – серого зайка”, “Поп что клоп – людскую кровь пьёт. Церковь грабит, да колокольню кроет” .Misol tariqasida ishlatilgan maqollar rus xalqi tarixidagi tuzum va diniy dunyoqarashdan kelib chiqqan atamalar bilan bog‘likligi tufayli tarjimada muammo keltirib chiqaradi. O‘zbek tilidan maqol yoki matalni rus tiliga to‘g‘ridan to‘g‘ri talqin qilish uchun polesemantik bo‘lib, turli qo‘llanish sohalarida ular turlicha talqin qilinishini mumkinligini tushunishimiz kerak. Masalan o‘zbek tilidagi “Egasini hurmat qilsa itiga suyak tashlaydi” maqoli “Если меня уважаешь, то брось моей собаке кость”, “Eru xotin — qo‘sh ho‘kiz” - “Муж и жена — два вола в упряжке”, “Shariatda sharm yo‘q” –“У шариата нет стыда”, “Shoshganda «labbay» topilmas” - “Когда торопишься, не можешь даже вспомнить ответного слова — «лаббай»”. Maqollarida ruslarga nimaga itiga suyak tashashim kerak?, eshon kimligi mavxum bo‘lib qoladi, nima uchun er va xotin xo‘kkiz bo‘lish kerak, shariyat masalalari haqida tushunchaga ega bo‘lish kerak. Rus xalqining “Выпили пиво на Масленицу, а с похмелья ломало после Радуницы”, “Отдадим почтенье на Сырной в воскресенье”, “После Масленицы - Великий Пост, а за Страстною – Пасха”, “Масленица идет, блин да мед несет” kabi maqollarini umuman o‘zbek tiliga ekvivalent xolatida tarjima qilish mushkul. Albatta kontekstga qaraymiz, rus tiliga oid bo‘lgan so‘zlarni etimologik lug‘atdan izlab, so‘zning tarixiy kelib chiqishini o‘rganganimizdan keyingina, ishlatilishining ma'nosiga tushunamiz. [7]. Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, maqollardagi definisiya muammosi muayyan voqiylik bilan bog‘liq ekanligini tushunamiz. Maqollarni tarjima qilishda o‘girilayotgan tilda mos keluvchi ekvivalent ibora bor yo‘qligini o‘rganib, ularni stilistik yoki emosional nisbatda qo‘llashimiz ehtimolga yaqindir. Chunki har bir xalqning o‘zigagina hos va mos noyob maqollari faqat o‘z lingvomadaniy, ma'rifiy va diniy tushunchalardan kelib chiqqan holda tushuniladi. O‘zga millat vakillari uchun bemantiq so‘zlar jamlamasini tashkil etishi tayin. Shuning uchun tarjima jarayonida har qanday maqolni etimologiyasiga mazmunan moslashtirib o‘zga tildagi analoglari bilan foydalanilsa, mazmun va mohiyatini yo‘qotib qo‘ymaymiz. Download 24.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling