Rustam Bosimov Xususiy maktabi 1-sinflar uchun matematika fanidan online olimpiada savollari


Download 33.81 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi33.81 Kb.
#1405471
Bog'liq
1-sinf MATEM





Rustam Bosimov Xususiy maktabi
1-sinflar uchun matematika fanidan online olimpiada savollari.
1. Kvadratning perimetri 36 sm bo’lsa, uning tomonlari uzunligi qancha?
A) 10 sm B) 9 sm C) 6 sm D) 3 sm
2. Noma’lum qo’shiluvchini toping va to’g’ri javobni belgilang?
(33 + x) + 44 = 80
A) 3 B)13 C) 23 D) 6
3. Misollarni yeching va to’g’ri javobni belgilang?
70 : 7 + 70 : 10
A) 17 B) 7 C) 27 D) 10
4. Nuqtalar o’rniga mos amal ishorasini qo’ying?
7 ….. 8 + 15 = 71
A) : B) * C) + D) -
5. Uchburchak tomonlarining uzunligi 9 sm, 6 sm va 4 sm bo’lsa, uchburchak perimetrining uzunligi ko’rsatilgan javobni belgilang?
A)18 sm B) 20 sm C) 19 sm D) 21 sm
6. Do’konga 25 ta choynak, undan 40 ta ortiq kosa olib kelindi. Choynak bilan kosalar nechta bo’lsa , shuncha piyola keltirildi. Do’konga nechta piyola keltirilgan?
A) 180 B) 150 C) 65 D) 40
7 . 6 ta tovuq va 9 ta quyonda nechta oyog’i bo’ladi?
A) 40 ta B) 30 ta C) 56 ta D) 48 ta
8 . Eng katta uch xonali sondan eng kichik uch xonali sonni ayiring?
999 – 100 =
A)799 B) 899 C) 999 D) 99
9 . Bu shaklda nechta uchburchak va nechta to’rtburchak bor?

A) 2 ta to’rtburchak va 3 ta uchburchak B) 5 ta to’rtburchak va 4 ta uchburchak


C) 1 ta to’rtburchak va 5 ta uchburchak D) 3ta to’rtburchak va 4 ta uchburchak
10. Tengliklar to’g’ri bo’lishi uchun nuqtalar o’rniga mos sonni yozing?
6 * 7 = 7 * ……
A) 8 B) 6 C) 9 D) 7
11 . Sinf kutubxonasi uchun 15 bola 2 tadan, 20 bola esa 3 tadan kitob olib kelishdi . Bolalar hammasi bo’lib nechta kitob olib kelgan ?
A) 70 ta B) 60 ta C) 80 ta D) 90 ta
12. Bir yil necha oy bo’ladi?
A) 12 B) 10 C) 11 D) 9
13. Noma’lum ayriluvchini toping? 57 – x = 40
A) 75 B) 25 C) 17 D) 19
14. 1 dm necha sm ga teng?
A) 1 sm B) 10 sm C) 20 sm D) 100 sm
15. Bitta tayoqning 2 uchi bo’lsa , 1 yarimta tayoqning nechta uchi bor?
A) 2 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 1 yarimta


Download 33.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling