Rustam ibragimov taqdir oldidagi ojizlik homerning “Iliada” asari misolida


Download 381.97 Kb.
bet4/4
Sana17.02.2023
Hajmi381.97 Kb.
#1208935
1   2   3   4
Bog'liq
Microsoft Word Document

Odisseya” dostoni
Troyali Paris Axillesni o‘ldirgach, (uning tovonidan o‘q bilan o‘ldiradi). Axilles Tovoni degan so‘z shundan qolgan. Odissey boshliq greklar bir xiyla ishlatadi. Greklar go‘yoki chekingan kabi orqaga ketib, u yerda ot qoldiradilar. Troyaliklar greklar yengildilar, deb yog‘och otni g‘alaba yodgorligi sifatida saroyga olib keladilar. JIaokoon degan kishi bunga qarshi turganda, daryodan ajrarxon chiqib, uni bo‘g‘ib uloqtiradi. Yog‘och otni Troya shaxri ichkariga olib kirib qo‘yadilar. Kechasi uning ichidan greklar chiqib, saroy darvozasini ochadi-lar va Troyani yengadilar. Urushdan so‘ng grek qaxramonlari o‘z vatanlariga qaytadilar. Ularning ko‘plari yo‘lda xalok bo‘lib ketadi, ba’zilari uzoq yillardan co‘ng vatanlariga qaytib keladilar. Shundaylardan biri qaxramon Odissey edi. Agar Illiadada Troya urushi tasvirlansa, «Odisseya»da grek qaxramonlarning o‘z vatanlariga qaytishlari va dengiz sarguzashtlari va shu bilan birga oila dramasi ko‘rsatiladi. Odissey 10 yillik Troya urushida bo‘lgan davrda uning saroyini «Oshiqlar» egallaydi va uning xotini Penelopani, sen endi erga chiq deb, qistay boshlaydilar. Uning o‘g‘li Telemax yosh bo‘lganligidan xushtorlarga qarshilik ko‘rsatolmaydi. Shuning uchun xudo Afina Odisseyning do‘sti sifatida kelib telemaxga kema tayyorlab beradi. Telemax endi kema bilan otasini qidirib ketadi. Bu vaqtda yo‘lda Odisseyni pari Kalipso yaxshi ko‘rib qolib uni ketishiga yo‘l bermay turgan edi.
Afina xudolar majlisini chaqirib, Odisseyni uyiga ketish masalasini qo‘yadi. Bu masaladan so‘ng Kalipso Odisseyga ruxsat beradi. Odissey o‘z o‘rtoqlari bilan bir orolga keladi. U yerdagi bir g‘orga kiradi, mexmon bo‘lish uchun g‘orning egasini kutadi.
Bu yurning egasi ko‘r dev Siklop Polifem bo‘lib, kechqurun kelib qo‘ylarni g‘orga kirgizadi va g‘orning og‘ziga tosh qo‘yib qo‘yadi. Fopga kirib olov yoqqanda odamlarni ko‘radi. Odissey unga, bizni mexmon qil deb do‘q uradi. Fazablangan dev ikki kishini yerga urib, yutib yuboradi. O‘lim xavfi boshqalarga ham yaqinlashganda, Odissey hiyla ishlatadi. U devga qarab: Insonlarning ajoyib bir ichimligi bor, agar sen yegan go‘shtlaringdan so‘ng o‘shani ichsang, juda ham rohatlanasan, deydi. Dev ichkilikni (vino) ichib kayf qila boshlaydi. Dev Odisseydan, sening oting nima, kim bo‘lasan?, deb so‘raydi. Odissey: «Hech kim» deb javob beradi.
Seni bu qilgan yaxshiliging uchun seni eng oxirida yeyman, deydi dev va uyquga ketadi.Shu paytda Odissey nayzani qizdirib, uning sog‘ ko‘ziga bosadi. Chidolmagan dev na’ra tortadi. Qo‘shni g‘ordagi devlar darhol yetib kelib, tashqaridan turib, «Senga kim ozor berdi?» deb so‘raydilar. Dev esa «Hech kim» deb javob beradi. Sen bizni ovora qilding deb, ular hafa bo‘lib qaytib ketadilar. Dev tong otgach, senlarni tutib yeyman, deydi va mollarni birma-bir tekshirib tashqariga chiqara boshlaydi.
Odissey bilan uning sheriklari mollarning qorniga yopishib chiqib ketadilar. Bundan tashqari Odisseyning narigi dunyoga sayoxati, ajdaxo havfidan qutilmaganligi va yana ko‘p voqealar tasvirlanadi. Odissey kemaga tushib kelayotganida dengiz xudosi Poseydon o‘g‘li Pojipemni ko‘r qilib qo‘ygani uchun Odisseyga qarshi bo‘ron yuboradi. Kemasi halokatga uchraydi, o‘zini esa to‘lqin bir qirg‘oqqa chiqarib tashlaydi. Bu qirg‘oqdagi bir mamalakat shoxining qizi o‘rtoqlari bilan dengiz bo‘yiga chiqqan edi. Ular Odisseyni saroyga olib borib, uning sharafiga katta ziyofat uyushtiradilar. Baxshilar 10 yillik Troya urushi va uning qahramonlari haqida qo‘shiq aytadi. Bu qo‘shiqda Odisseyning nomini ham tilga oladilar. Bu vaqt Odissey ko‘zidan yosh chiqadi. So‘ng undan so‘raganlarida, u Troya urushdia qatnashgan qahramon Odissey ekanligini aytdi. Odisseyni katta dabdaba bilan o‘z vataniga jo‘natadilar. Odissey saroy voqealarini eshitadi va oshiqlardan o‘ch olish uchun reja tuzadi. Odissey o‘z saroyiga gadoy qiyofasida borib yashay boshlaydi.
Odisseyning xotini oshiqlariga bir shart qo‘ygan edi: Men Odissey uchun bir gilam to‘qimoqdaman, shuni to‘qib bo‘lib, keyin turmushga chiqaman, deydi, kunduzi gilam to‘qiydi, kechalari esa, gilamni buzadi, ko‘p vaqt o‘tkazaveradi.
Nihoyat, Penelopa, kimki Odissey o‘qidan nishonga ursa, unga tegaman, deydi. Oshiqlar Odisseyning o‘q yoyini ko‘tara olmaydilar ham. Odissey nishonga uradi va o‘g‘li Telemax bilan birga oshiqlarni uloqtiradi, o‘z yurtini yana qo‘lga oladi.
Bu doston ham 24 qo‘shiqdan iborat bo‘lib, «Iliada»dan so‘ng ijod etilgan. Asar qahramoni Odissey donishmand ham hiylakor u azob chekadi oxirida g‘alaba qildi. Asarning qiymati ham shu yerda Bu ikki asarda Gomer qabila aristokratiyasining ideologi sifatida maydonga chiqadi.
Download 381.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling