U farmon: “Dinni barpo qilinglar, unda tafriqaga tushmanglar”, -degan buyruqdan iborat bo‘lgan. U farmon: “Dinni barpo qilinglar, unda tafriqaga tushmanglar”, -degan buyruqdan iborat bo‘lgan. Mana shu ma'nodagi oyatlar dunyo dinlari tarixini mukamal o‘rganish, o‘zaro hamkorlik qilish, bag‘rikenglik tamoyillariga asoslanib faoliyat olib borishga zamin yaratdi. Musulmonlarda boshqa din vakillariga nisbatan toqatsizlik va g‘araz, adovat, nafrat emas, hurmat va bag‘rikenglik, o‘zaro hamkorlik, inoqlik va boshqa ezgu amallar qaror topdi. - Payg‘ambar Muhammad (a.s.v.) vafotlaridan keyin ham, u Zot boshlab bergan (diniybag‘rikenglik, dinlararo hamkorlik, o‘zaro muloqot) boshqa din vakillari bilan yaxshi muomalada bo‘lish an'anasi uzviy va izchil tarzda davom ettirildi. Masalan, Hazrati Umar (r.a.)ning davrlarida fath qilingan o‘lkadagi Iliyo ahli nasroniylariga o‘zlari so‘raganidan ham ko‘proq imkoniyatlar berganlar. Shunda nasorolar patriarxi hazrati Umar (r.a.)ga o‘sha yerning bosh kanisasida asr namozini o‘qib olishi mumkinligini bildirganida: “Men bu yerda namoz o‘qisam, keyin boshqa musumonlar ham Umar namoz o‘qigan joyda biz ham namoz o‘qiymiz, deya sizlarni bezovta qiladilar”, – deb u yerda namoz o‘qimaganlar. Mana bu ham bag‘rikenglikning hayotdagi va turli dinlar o‘rtasidagi totuvlik tamoyili ekanligini isbotlovchi omildir.
- 2016 yil 4 sentyabr kuni soat 9:00da Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining birinchi binosida joylashgan faollar zalida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlangan “Xotira darsi” bo‘lib o‘tdi. “Xotira darsi”ni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori A.A. Djumanov ochib berdi. Universitet rektori kirish so‘zidan keyin barcha ishtirokchilardan Prezidentimiz xotirasini yod etib 1 daqiqa sukut saqlashni iltimos qildi. Bir daqiqalik sukutdan so‘ng nutqini davom ettirar ekan Prezident I.A.Karimovning tarjimai holiga qisqacha to‘xtalib o‘tdilar.
- So‘ng talabalik baxtiga musharraf bo‘lgan yoshlarga kelgusi o‘qishlarida omad tilab, keyingi so‘z navbatini Tashqi ishlar vazirligi boshqarma boshlig‘i M.Aslanovga berdilar. M.Aslanov ham O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning olib borgan siyosati haqida gapirar ekan, talaba yoshlar zimmasiga endilikda katta mas'uliyat tushayotganini aytib, JIDU talabalari izlanuvchan va intiluvchan bo‘lishlari lozimligini, dunyo mamlakatlari oldida O‘zbekistonning nufuzini yanada ko‘proq oshirishga harakat qilishlari lozimligini uqtirdi. Keyingi so‘z navbatini JIDU Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi professorlari R.Farmonov va E.Sultonovalar oldilar. Ular ham mamlakatdagi siyosiy-iqtisodiy o‘sishlar, bu borada Prezident tomonidan amalga oshirilgan ulkan ishlar haqida gapirar ekan, bugungi va ertangi kun endi iqtidorli va shijoatkor yoshlar qo‘lida ekanligini, shuning uchun tinmay o‘qish va izlanish lozimligini uqtirib o‘tdilar va kelgusi o‘qish jarayonlarida omad tiladilar.
- O’zbekistonda mustaqillik yillarida diniy ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar.
- O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng dinga yangicha qarash va munosabat bildirish imkoniyati tug‘ildi. Natijada nisbatan yangi bo‘lgan dinshunoslik fani vujudga keldi. Bu fan ilgarigi ateizmdan farqli o‘laroq, dinni tanqid qilish, uni jamiyatdan yo‘qotish maqsadida emas, balki unga milliy ma’naviyatning bir bo‘lagi sifatida yondashib, uni xolisona o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi.
- Mustaqillik ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, jumladan, ma’naviy hayotdagi yangilanish jarayoni va tub o‘zgarishlar davrini boshlab berdi. Dinga bo‘lgan munosabat ijobiy tomonga o‘zgardi: sobiq sovet tizimining dinga ateistik hujumkorlik siyosatiga barham berildi, vijdon erkinligi qonun orqali kafolatlandi.
- Mustaqillikkacha bor-yo‘g‘i ikkita islomiy diniy o‘quv yurti (Toshkent islom instituti va «Mir Arab» madrasasi) bo‘lgan bo‘lsa, o‘tgan yillar davomida ularning soni 11 taga etdi. Boshqacha aytganda, Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Buxorodagi «Mir Arab», Toshkentdagi «Ko‘kaldosh», Qoraqalpog‘istondagi «Beruniy», Namangandagi «Mulla Qirg‘iz», Xorazmdagi «Faxriddin ar-Roziy», Andijondagi «Sayyid Muhyiddin Maxdum», Qashqadaryodagi «Xoja Buxoriy», Toshkentdagi «Xadichai Kubro» va Buxorodagi «Jo‘ybori Kalon» xotin-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurtlari va Imom al-Buxoriy nomidagi hadis ilmi markazidan iborat yaxlit diniy ta’lim tizimi yaratildi.
- YUqoridagi kabi o‘zgarishlarni boshqa konfessiyalar misolida ham ko‘rish mumkin. Xususan, 1998 yildan Toshkent Pravoslav hamda Samarqand Protestant seminariyalari faoliyat ko‘rsata boshladi, Rus pravoslav cherkovi Toshkent va O‘rta Osiyo eparxiyasining 125 yilligi va Evangel-Lyuteran jamoasining 100 yilligi nishonlandi.
- Xulosa qilib aytganda, xalqimizning diniy va ma’naviy qadriyatlarining hozirgi demokratik jamiyat qadriyatlari bilan uyg‘unlashishi respublikamizning kelajakda yanada ravnaq topishi, jahon hamjamiyatiga qo‘shilishida muhim omillardan biri hisoblanadi.
- O’zbekistondagi diniy ta’lim haqida tasavvurni diniy ta’lim to’grisidagi 9-modda o’zida ifodalaydi: 9-MODDA. Diniy o’quv yurtlari. Diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari ruhoniylar va o’zlariga zarur bo’lgan diniy xodimlar tayyorlash uchun diniy o’quv yurtlari tuzishga haqli. Diniy o’quv yurtlari O’zbеkiston Rеspublikasi Adliya vazirligida ro’yxatdan o’tkazilib, tеgishli lisеnziya olganidan kеyin faoliyat ko’rsatish huquqiga ega bo’ladi. Oliy va o’rta diniy o’quv yurtlarida ta'lim olish uchun fuqarolar O’zbеkiston Rеspublikasining “Ta'lim to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq umumiy majburiy o’rta ta'lim olganidan kеyin qabul qilinadi. Diniy o’quv yurtlarida diniy fanlarni o’qitayotgan shaxslar diniy ta'lim olgan bo’lishlari va o’z faoliyatlarini tеgishli markaziy boshqaruv organining ruxsati bilan amalga oshirishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |