Muarrixlar
Ma’nosi: tarixchilar. Abulg‘ozi Bahodirxonning yozishicha, Chingiziyar haqida turkiylar va forsiylar ko‘plab
ma’lumotlar yozib qoldirishgan va bir qancha vaqt o‘tgandan so‘ng yangi tarixchi paydo bo‘lib avvalgilardan
ham yaxshiroq tarixiy ma’lumot yozmoqchi bo‘lardi va shu sababli Chingizxon avlodidan o‘tgan podshohlar
haqida o‘n xil, yigirma xil, ba’zilariga o‘ttiz xil tarix yozilgan.
Abulg‘ozi Bahodirxonning yozishicha, o‘sha zamonda Eron va Turonda o‘tgan Chingizxon o‘g‘lonlari haqida
aytilgan o‘n sakkiz mujala bo‘lgan.
Abulg‘ozi Bahodirxonning yozishicha, ikkita sabab: ota-bobolarimizning beparvoligi va Xorazm xalqining
xabarsizligi sababli Xorazmdan o‘tgan hukmdorlar haqida ma’lumot yo‘q. Shuni yozdirishga maslahat
qalishadi, ammo munosib kishi topilmaydi, shu sababli bunday ma’lumotni o‘zi yozadi.
Mangutoy
Laqabi: el-elitar. O‘n uyg‘ur urug‘idan to‘ra qilib ko‘tarilgan shaxs.
Do'stlaringiz bilan baham: |