“ZARBULMASAL”
Maqollar va hikmatli so‘zlarning kim tomonidan aytilganligi
GUNASHBONUNING ONASI
1.
Oshiqqan qiz erga yolchimas va teshikmunchoq yerda qolmas.
GUNASHBONU
2.
Ertagi savdoning dahsar og‘irligi bor.
3.
Po‘lat pichoq qinsiz qolmas.
4.
Kechki ekinning xatari bor.
5.
Bosh eson bo‘lsa, do‘ppi topilur.
6.
Ertagi ishni kechga qo‘ygudek emasdur.
KO‘RQUSH
7.
Bor maqtansa topilur yo‘q maqtansa chopilur.
8.
Yolg‘on masal turmas.
9.
Uyat o‘limdan qattig‘.
10.
Ermon yog‘ochining egilgani-singani, er yigitning uyalgani o‘lgani.
11.
Dala tuzni suv olsa, qo‘ng’ir g‘ozning to‘shidin, quloqsizga so‘z aytsang qulog‘ingning toshidin.
12.
Bo‘l! Og‘iz bo‘lma oyoq bo‘l.
Do'stlaringiz bilan baham: