7-sinf adabiyot darsligidagi asarlar haqida berilgan qisqacha ma’lumotnoma
SAIDA ZUNNUNOVA
“Surat bilan suhbat”
dostoni
Bu asari bilan shoira iymoni butun onalarga, ayollarga madhiya
bitadi. Dostonda onaning urush tufayli ota mehridan benasib
bo‘lgan, ne mashaqqatlar bilan o‘stirgan o‘g‘lining nikoh
kechasidan keyingi iztirobli o‘y-xotiralari tasvirlanadi. Onaning
qalbida ikki qarama-qarshi kechinma - farzandining kamolga
etgani, to‘yini ko‘rganidan quvonch, shukronalik hamda shu
kunlarga yetolmaganlar haqidagi g‘am-anduxli xotiralar
kurashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: