Rustamjon o‘rinov, anvar baxranov
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5393550476400657837ор
G`azallarining nomlari:
1) "Ashraqat min..." (9 bayt, “Sharqda chiqqan quyoshning hidoyat nurlari piyolada aks etishi”, Jamshid obrazi bor); 2) "Har gadokim..." (13-bayt, Shoh G`oziy bor); 3) "Ko`rgali husnungni..." (7 bayt, Jomi Jam, Xizr, navoye-Navoiy- ishtiqoq san’ati); 4) "O'n sakiz ming olam oshubi..." (7 bayt, 18 raqami 5 marta qo`llangan, Masih obrazi bor); 5) "Sho'x ikki g'izolingni..." (7 bayt, Farhod ila Majnun, xayafshon-xay-ter, afshon-sochuvchi. Mumtoz adabiyotda u yoqimli hid taratish, yanada go`zallashish ma’nolarini anglatadi); 6) "Ko'nglung istar yorlar.." (7 bayt, Masih, Xizr, Ziloli Xizr – Xizr suvi, tiriklik suvi); 7) “Yordin ayru ko'ngul...” (7 bayt, 1) yordan ayrilgan ko`ngilni sultoni yo`q mulkka; 2) sultoni yo`q mulkni joni yo`q jismga; 3) joni yo`q jismni gul-u rayhoni yo`q qora tuproqqa; 4) gul-u rayhoni yo`q qora tuproqni oyi yo`q qorong`u kechaga; 5) oyi yo`q qorong`u kechani obi hayot bulog`i yo`q zulmatga; 6) obi hayot bulog`i yo`q zulmatni jannat bog`i bo`lmagan do`zaxga; 7) jannat bog`i bo`lmagan do`zaxni mastlik imkoni bo`lmagan xumorga o`xshatadi); 8) “Qaro ko'zum.." (8 bayt, Ko`hkan-tog` qazuvchi, Farhodning laqabi); 9) "Ko'nglum o'rtansun agar..." (10 bayt, Masih, parixon-baxshilik, duoxonlik, duo bilan yomon ruhlarni haydash); 10) "Tifllar toshiki..." (7 bayt, Ranglar: qora, siymgun(kumushsimon, oq), qizil, ko`k...Iskandar nomi uchraydi); 11) "Gulruxi ra'noqadim..." (7 bayt); 12) "Ey sabo..." (9 bayt); 13) "Meni ishqdin man etar soda shayx..." (10 bayt); 14) "Do'stlar, ahli zamondin..." (7 bayt); 15) “Ko'z qonidin dema..." (7 bayt); 16) "Ko`nglum ichra dard-u g'am avvalg`ilarg`a o`xshamas" (7 bayt, Shirin-u Layli (3-bayt), Farhod ila Majnun (5- bayt), Jamshid-Faridun, Shoh G`oziy-7-bayt); 17) "Oshiq o`ldum..." (7 bayt); 18) "Ko'kragimdur subhing..." (7 bayt, Layli-Majnun); 19) "Ne navo soz aylagay..." (7 bayt, “Bir egasiz it bo`lub erdi Navoiy yorsiz”); 20) "Havo xush erdi-yu..." (8 bayt); 21) "Har qachonki, kemaga..." (7 bayt); 22) “Navbahor ayyomi bo'lmish..." (7 bayt); 23) "Orazin yopqoch ko`zumdin..." (7 bayt, Xizr); 24) "Kechti umrum naqdi g'aflat birla nodonlig`da hayf" (9 bayt); 25) “Men jahondin kechtim-u..." (7 bayt, Xizr); 26) "Mehr ko'p ko'rguzdum, ammo mehribone topmadim" (8 bayt, Taxallusi maqta`da (g`azalning oxirgi baytida) emas, begona baytda (maqta`dan oldingi baytda) qo`llangan, Vomiq-u Farhod-u Majnun); 27) "Qoshi yosinmu deyin..." (7 bayt); 28) “Ochmag'ay erding jamoli...koshki" (9 bayt); 29) "Yordin hijron chekar..." (9 bayt); 30) “Lolagun to'n ichra, yorab, ul g`azoli Chin erur" (8 bayt, Taxallusi maqta`da (g`azalning oxirgi baytida) emas, begona baytda (maqta`dan oldingi baytda) qo`llangan, 1-baytning 1-misrasi 2-baytning 2-misrasida takrorlangan); 31) “'Do'stlar, mahram deb elga.." (9 bayt, Sirni oshkor qilmaslik haqida); 32) "Meni men istagan..." (7 bayt); 33) "Menga nomehribon yor..." (9 bayt, Majnun); 34) "Rahm etib, ey do'stlar.." (7 bayt); 35) "Mening firoqim-u aning visoli tun bilan tong" (7 bayt); 36) “Kimga qildim bir vafokim.." (7 bayt); 37) "Kimki bir ko'ngil buzug`ning..." (9 bayt, Ka’ba, Astrobod); 38) "Sarig' og'rig' bo'dum..." (7 bayt); 39) "Oqara boshladi bosh-u..." (9 bayt, 40 dan 50 yoshga qadam qo`ydi, Hayot o`q yanglig` o`tmoqda, Yigitlik- bahor, kuhulat (o`rta yoshlik) – xazon, qarilik – qish); 40) "Xil`atin to aylamish jonon qizil sorig`, yashil.." (7 bayt)
Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling