Rustamjon o‘rinov


MA’NO KO‘CHISHI YUZASIDAN GAPLAR


Download 53.29 Kb.
bet2/5
Sana28.04.2020
Hajmi53.29 Kb.
#101879
1   2   3   4   5
Bog'liq
MA’NO KO‘CHISH TURLARI HAQIDA QISQACHA MA’LUMOTNOMA1 1.yangi

MA’NO KO‘CHISHI YUZASIDAN GAPLAR

Quyidagi ma’no ko‘chishi yuzasidan berilgan gaplarni o‘qing va bilimingizni sinab ko‘ring !







MA’NO KO‘CHISHI YUZASIDAN MISOLLAR

TURI

1.

“Abulfayzxon” dramasi Fitrat qalamiga mansub.




2.

“Chorsu” mehmonxonasi




3.

“E, sizlar hukumat emasmi?” – dedi chol.




4.

“Menga bir burda non bo‘lsa bas” degan so‘zi hamon yodimda.




5.

“Oltin vodiy” poyezdi.




6.

“Qalandar” muvofaqqiyat qozondi.




7.

“Samsung” firmasi brendida negadir “A” harfining “belbog‘i” yozilmagan.




8.

“Zarafshon” futbol komandasi




9.

Adashgan ekanman, bilsam, cho‘llarda,

Mana endilikda tushunib yetdim.






10.

Ahmad olti tom narida yashaydi.




11.

Alisher Navoiy o‘z qalami bilan butun dunyoni zabt etdi.




12.

Amarfuzin malhami




13.

Auditoriya kuldi.




14.

Avazning ham tovoni teshilayozdi, kovushining butuni qolmadi.




15.

Avval raisni eshitaylik.




16.

Azizxonning orzu-umidlari xazon bo‘ldi.




17.

Ba’zilar bir-ikki luqma otib janjal qizitar, yana ba’zilar ich-ichidan achinar, bizning

amakilarimiz esa tomoshabin edi.






18.

Bay-bay-bay, yaxshi sharbat ekan-da, siz tomoq yedingizmi?




19.

Bazzoz pochchaning bekorchi og‘izga tobi yo‘q edi.




20.

Bedilni o‘qir edi.




21.

Beodob qizning gapini onasi tekislab turdi.




22.

Bir kosani simirdim.




23.

Bir qoshiqqa kim ham to‘yardi.




24.

Bir tovuqqa ham don kerak, ham suv kerak.




25.

Bir umr tirnoqqa zor.




26.

Bitta suyagimiz Toshkentda yashaydi.




27.

Bizning qishloqda internet yo‘q. Bizning “internet” – mahalla ayollari.




28.

Bo‘ston qishlog‘iga o g‘ir-vazmin qadamlar bilan kuz kirib keldi.




29.

Boshim qattiq og‘riyapti.




30.

Boyqaro irg‘izlab istak ortida,

Jahonga boqqanda misli bola sher – Hirot darvozasin bir qanotida, She’riy lashkarini tizgan Alisher.




31.

Bu oy yaxshi o‘tdi.




32.

Bu ko‘zlar, bu qoshlar menga tanish. Qayerda ko‘rdim ekan?




33.

Bu mehribon qo`llar bizni ham chetga surib qo‘yishmadi.




34.

Bu qasidam senga, xalqim,

Oq sut-u tuz hurmati.






35.

Bu voqea yanvarning oyoqlarida bo‘lib o‘tgan edi.




36.

Bugun kir yuvdim.




37.

Bugun menga kechki ovqat olib qo‘ymang. Asrorboy bizlarni choyga taklif qilgan.




38.

Bunday gaplar faqat sinalgan ishonchli og‘iz orqali yetkaziladi.




39.

Buning tili yomon.




40.

Butun mahalla-ko‘y Razzoq so‘fining baxtini olqishlab chapak chalar edi.




41.

Charm kamzuldan hamma qo‘rqardi.




42.

Cho‘loqqa achinish bilan qaradi.




43.

Chol o‘smirlarday yengil qadam tashlardi.




44.

Daryoning yoqasida bir chol baliq ovlardi.




Telegram ijtimoiy tarmog’ida: @grand_study. O’quv markaz telegram kanaliga a’zo bo’ling.


45.

Dasturxonga boqqan do‘st emas.




46.

Dengiz suvi toshib yotgani ayon bo‘lib tursa ham, it undan tili bilan ichadi.




47.

Derazaning singan ko‘ziga plyonka qoplangan edi.




48.

Direktorning xonasidan chiqdi: rangi devor edi.




49.

Dunyoda o‘zimizdan keyin qoladigan tuyog‘imiz... faqat shu Otabekdir.




50.

E’lon. Yuragimning to‘ri bo‘sh. Chiroyli qizlarni taklif etaman.




51.

El o‘ziga elak tutib bo‘lmaydi.




52.

Ertaga do‘stim Sobirjonnikida o‘tirish ekan.




53.

Ertalab xotini patefon tovog‘ini so‘rab chiqibdi.




54.

Er-u xotin - qo‘sh ho‘kiz.




55.

Eshikka kiring, aka.




56.

Eshitgan quloq nima deydi?




57.

Estradamiz yulduzini davraga taklif etamiz.




58.

G‘ildirakni yurg‘izdim.




59.

G‘orning og‘zi xarsang toshlar bilan yopilgan edi.




60.

Go‘zal bu gaplarning hammasini yuragining tubiga joylagan edi, uni hech kimga

oshkor ayta olmasdi.






61.

Guruch kurmaksiz bo‘lmaydi.




62.

Hajringda qaro boshim oqardi.




63.

Hamzaga bordim.




64.

Har bir kitob kamida bir marta Anvarning qo‘lidan o‘tadi.




65.

Havoda o‘tkir ananas hidi gurkiradi.




66.

Haybatli sharsharalar sochar kumush zarralar.




67.

Hirot yig‘ladi.




68.

Hojimatov damlamasi




69.

Ichak-chavog‘im tugadi, endi kalla sotaman.




70.

Ikki chumchuq olmaga qo‘ndi.




71.

Ikki juft ko‘z bir-biriga tikilib qoldi.




72.

Ikki ko‘zi har nav molar bilan to‘ldirilgan xurjunni yelkasiga tashlab, inqillab keldi.







73.

Ikki tovoqni paqqos tushurdi.




74.

Ikki yuz o‘n beshinchi qamoqxonadan qochibdi.




75.

Insoniyat dushmani mal’unga qiron solib, Qilichim tili bilan so‘zimni aytoldim.




76.

Ishtoni yo‘q tizzasi yirtiqqa kulibdi.




77.

Issig‘i bor: yotsin, dam olsin.




78.

Karim aka mahallamiz oqsoqoli.




79.

Kasalini yashirsang, isitmasi oshkora.




80.

Kasalning oyog‘iga o‘tirdi.




81.

Kecha oshda ko‘rinmadingiz.




82.

Kechqurunga suyuq ichamiz.




83.

Keng yaylovga o‘tmi ketdi, yondimi?

“Madaniyat” istagiga qondimi?




84.

Ko‘ksimda qo‘rg‘oshin, quyosh t ig‘ida,

Tog‘lar orasida yotibman bejon.






85.

Ko‘z yoshi sel bo‘ldi, bo‘ron o ‘kirdi.




86.

Kumush qishdan, zumrad bahordan, qolishmaydi kuzning ziynati.




87.

Kutib tur, ustimni almashtirib chiqay.




88.

Kuyov qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib: “...ishoning, dada, Karomatni boshimga ko‘taraman”,

- dedi.





89.

Kuz kunlarining oyog‘i va qish kunlarining boshi edi.




90.

Lekin san’atimiz hozir o‘smir chog‘laridayoq qudratli qanot paydo qilayotipdi.




91.

Lermontovni tashlamadim hech,

So‘ngra qo‘lga oldim Hofizni, Pushkin menga ko‘rsatdi har kech, Yig‘lab turgan cherkas qizni






Telegram ijtimoiy tarmog’ida: @grand_study. O’quv markaz telegram kanaliga a’zo bo’ling.


92.

Lola kun bo‘yi tik oyog‘da turdi.




93.

Mabodo, “Besh bolali yigitcha” kelmadimi?




94.

Majlis qaror qiladi.




95.

Maktab bolalari uchun “G‘uncha” yaxshi.




96.

Mehmonlarga tandir tortildi.




97.

Men Farmonbibi xonadoniga radiodan keldim.




98.

Mening tulporim hozir garajda.




99.

Momolarning yuzidagi xaritadan o‘rganganman.




100.

Mungli kuy yurakni tirnar edi.




101.

Muqimiyni bir-bir varaqlab o‘qiy boshladim.




102.

Navbatim sumka ko‘targan “jinsi”dan keyin.




103.

Navoiy ko‘hna Sharqning ulug‘ mutafakkiri sifatida o‘z asarlarida o‘sha davr ijtimoiy

masalalarini ham ko‘tarib chiqdi.






104.

Navoiyni qo‘lga oldim.




105.

Normatni bunchalik cho‘kib qolgan deb o‘ylamagan edim.




106.

Nuragan tosh-qoya tagidan go‘yoki tog‘ ko‘zlarin topdim.




107.

O‘sha Sharifa xolang ham kuf-suf bilan shug‘ullanadi.




108.

Odina, To‘ychi, Ramazon, ayt-chi, Yodgor kelar qachon, Saksonboy, Navro‘z,

Yo‘lchi, sakkizga to‘qqiz nechi?






109.

Oftob kirmagan uyga tabib kiradi.




110.

Olma guli gul emas, taqsam chakkamda turmas.




111.

Olmaning “Afrosiyob” navi




112.

Oqsoqol maslahati menga yoqdi.




113.

Oshpazalar avlodidanmiz, aka, suyuqni ham, quyuqni ham boplaymiz.




114.

Osmonga tikilar million juft ko‘zlar.




115.

Ota radioni qulog‘ini buradi.




116.

Otam 95 choy ichadi.




117.

Oyog‘imiz – qirq ikki, egnimiz – qirq sakkiz.




118.

Oyog‘ingizni ko‘tarib yuring.




119.

Peshanamda borini ko‘raman.




120.

Pirim, kechiring, itlik qildim.




121.

Qanday qing‘irlik eshitgan bo‘lsam, barchasida sening qo‘ling bor.




122.

Qo‘lingizga tusholmadim qaysi raqamdasiz?




123.

Qo‘qonga bordim.




124.

Qoplonbek va Asalxon sinfimiz a’lochilari.




125.

Qulog‘ing tom bitganmi?




126.

Quyoshning oltin qalami nur taratar edi.






127.

Rahmi kelib bulutning

Yig‘lab to‘kar yoshini Qushlar qochar, majnuntol

Ko‘taradi boshini. Bulutning orasidan Quyosh kulib qaraydi, Majnuntolning yuvilgan Sochlarini taraydi.




128.

Rentgen apparati




129.

Rentgendan o‘tib keling.




130.

Rossiyaga qanday borsam bo‘ladi.




131.

Sabr qiling, hurmatli kitobxon, oldin qishloq bilan tanishaylik.




132.

Saida o‘ninchini bu yil bitirdi.




133.

Samarqandga borsam agar men, Ulug‘bekni ko‘rmay qaytmayman.




134.

Sarimsoqovning yarim maydoni




135.

Sho‘rvaning tuzi o‘tkirroq bo‘lib qolibdi.




136.

Sichqon tish keldi.




137.

Siz borki, darvozalar ochiq, quyosh ham kular, uylar ham to‘lar.




Telegram ijtimoiy tarmog’ida: @grand_study. O’quv markaz telegram kanaliga a’zo bo’ling.


138.

Sizlar oqimaysizlar, gazeta-jurnal mutolaa qilmaysizlar, sizlarga shu qora quti bo‘lsa,

bas. Hamma narsani shundan olamiz deb o‘ylaysizlar.






139.

Sohibjon hofiz dadamizning o‘ng qo‘llarida o‘tirardi.




140.

Tabib bemorning oyog‘iga o‘tirdi.




141.

Talabalik – oltin davrim!




142.

To‘pning og‘ziga qo‘yib otib yuboringlar uni.




143.

To‘qsonni (qishni) ham esonlik bilan o‘tkazib oldik.




144.

To‘ylari olma gulida bo‘lgan edi.




145.

Tokchadan yettinchi lampani olob yoqdi.




146.

Tomog‘i-ku, yengil, kiyimi og‘irroq. Kiyimini opasining ustiga qo‘ymabsiz-da.







147.

Tun o‘z o‘rnini tongga bo‘shatib berdi.




148.

Turkiylar boy bo‘lsa, tom soladi.




149.

U yo‘lga otlandi.




150.

Ukalaringga ko‘z-quloq bo‘lib tur.




151.

Ul qaro ko‘z ko‘zlariga surma bejo tortadur.




152.

Ularning hech biri cho‘ntak g‘ami bilan yashamas edi.




153.

Uning zehni juda o‘tkir, o‘zi tirishqoq edi.




154.

Ushbu kitobning bismillosini ham she’r bilan boshladim.




155.

Uyda meni ikkita qorako‘z kutib turibdi.




156.

Uyga oyog‘ini ham yechmay kirib ketdi.




157.

Yangi binolar qurilishi asossiz ravishda cho‘zib yuborilmoqda.




158.

Yangi yilning qutlug‘ bo‘sag‘asiga qadam tashladik.




159.

Yanvarning o‘n beshlarida butun qishloq to‘g‘on qurilishiga otlandi.




160.

Yegan og‘iz uyaladi.




161.

Yig‘ilishga moylovni chaqirib keldim.




162.

Yig‘ishtir ting‘ir-ting‘iringni.




163.

Yigitlarimiz til tutib kelishdi.




164.

Yigitning uylanayotganini eshitib qizning qalbi yaralandi.




165.

Yorilmagan yaraday sevgi.




166.

Yosh iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlash jamiyati tuzilda.




167.

Yuziga tabbassum yugurdi.




168.

Zal oyoqqa turdi.




169.

Zebi “yor-yor”ni aytardi, hamma bir quloqqa aylandi.







170.

Zebi kashtasiga berildi.




171.

Zebining qish ichi zanglab qolgan ko‘ngli endi ochila boshlagan edi.




172.

Ushbu gapni daftaringizga ikkinchi yo‘lidan boshlab yozing.




173.

Dushmanlar Qizil dengiz qo‘ltig‘ida qo‘nim topishdi.




174.

Arraning tishini sindirib qo‘ydim.




175.

Hozircha maqolaning boshi tayyor.




176.

Mustaqillik tufayli millatning g‘ururi, obro‘-e’tibori o‘sdi.




177.

Och nazarim tushar suratga…Surat, surat! Nega sen tilsiz?..




178.

Oydin kechada ko‘l yoqasida sayr etishni xush ko‘rardim.




179.

Tarix g‘ildiragini orqaga aylantira oladigan kuch dunyoda yo‘q.




180.

Muallif dutor haqida yozadi va u bilan o‘zbek cholg‘u asboblarini birinchi bo‘lib

tilga oladi.






181.

Bir ishlovchiga uch jag‘ edik, boyga ortiqchalik qilib qoldik.




182.

Bir ishlovchiga uch jag‘ edik, boyga ortiqchalik qilib qoldik.




183.

Hammasiga mana shu kalondimog‘ aybdor.




184.

Askarlarimiz Vatan sarhadlarini ko‘z bo‘lib, quloq bo‘lib tun-u kun sergaklik bilan

qo‘riqlamoqdalar.






185.

Bu xabarni do‘stlarimga yetkazish uchun oyoq bo‘lib yugurdim.




186.

Kompyuterimdagi ba’zi fayllar ochilmayapti, bu virusning ishi bo‘lsa kerak.




Telegram ijtimoiy tarmog’ida: @grand_study. O’quv markaz telegram kanaliga a’zo bo’ling.

MUHOKAMALARGA SABAB BO‘LGAN GAPLAR

1.

Taxt uchun kurash boshlandi.




2.

Hozirgi yoshlarimizga ko‘z tegmasin.




3.

Sekinroq gapiring, aylanay, devorning ham qulog‘i bor.




4.

Urush ko‘pchilikning yostig‘ini quritdi.




5.

Qandaydir qo‘llar uni amal kursisiga o‘tqizdi.




6.

Guruhimizni birlashtirish uchun bir bosh kerak bo‘lib qoldi.




7.

Farhod o‘z ixtiyori bilan taxtdan voz kechdi.




8.

O‘z jigariga rahm – shafqat qilmaydilar.





Izoh: Ko‘rib turibsizki, biz sizga taqdim etgan misollarimizdagi ko‘plab gaplarda ma’nosi ko‘chgan so‘zning ostiga chizib qo‘yilgan. Bu siz uchun juda qulay, ammo shuni unutmangki, test savollaridagi hamma gaplarda ham ko‘chma ma’nodagi so‘z ostiga chizib qo‘yilmaydi. Buni siz o‘zingiz izlab topishingiz kerak!


Download 53.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling