Rustamov Qudratbek fmft


Download 19.45 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi19.45 Kb.
#1038581
Bog'liq
test leksiya


Rustamov Qudratbek FMFT

MMT85i test


1. Oʻz egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan, egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qogʻoz turi qanday nomlanadi?


a) aksiya; b) obligatsiya; d) veksel; e) depozit sertifikatlari.
2. Imtiyozli aksiyalarning koʻrinishlari notoʻgʻri keltirilgan javobni belgilang.
a) oddiy aksiyalar; b) konvertlanmaydigan aksiyalar; d) nokumulyativ aksiyalar; e) kumulyativ aksiyalar.
3. Oʻz egasiga aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida oʻz ovozi bilan ishtirok etish huquqi, dividendlar olish va aksiyadorlik jamiyati tugatilganda mulkning bir qismiga ega boʻlish huquqini beruvchi qimmatli qogʻoz turini aniqlang.
a) oddiy aksiyalar; b) kuponli obligatsiyalar; d) imtiyozli aksiyalar; e) oltin aksiya;
4) Aksiyadorlik jamiyat tomonidan aksiyalarning dastlabki chiqarilishini joylashtirish muddati jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran qancha muddatda amalga oshiriladi?
a) bir yilda; b) olti oyda; d) uch oyda; e) toʻqqiz oyda.
5. Imtiyozli aksiyalar miqdori jamiyat ustav kapitali hajmida necha foizdan oshmasligi lozim?
a) 20% miqdordan; b) 30% miqdordan; d) 10% miqdordan; e) 25% miqdordan.
6. Uni chiqargan shaxs va egasi oʻrtasidagi qarz munosabatni tasdiqlovchi qimmatli qogʻoz turi qanday nomlanadi?
a) obligatsiya; b) aksiya; d) yevrodollar; e) yevroaksiya.
7. Obligatsiyalar boʻyicha daromad qanday koʻrinishda ifodalanadi?
a) foiz yoki diskont koʻrinishida; b) dividend koʻrinishida; d) ulush koʻrinishida; e) pay koʻrinishida)
8. Obligatsiyalar emissiyasini amalga oshirish huquqi qanday korxonalarga beriladi?
a) faqat kredit layoqatiga javob beruvchi korxonalarga; b) moliyaviy inqiroz yoqasidagi korxonalarga; d) davlat ulushi mavjud korxonalarga; e) faqat aksiyadorlik jamiyatlariga)
9. Kompaniya tugatilganda qimmatli qogʻozlarni soʻndirish tartibi toʻgʻri keltirilgan javobni belgilang.
a) birinchi navbatda obligatsiya boʻyicha foiz toʻlovlari, soʻngra aksiya boʻyicha devidendlar toʻlanadi; b) avval imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar soʻngra esa obligatsiya boʻyicha foiz toʻlovlari toʻlanadi; d) kompaniyalar tugatilganda qimmatli qogʻozlar boʻyicha hech qanday toʻlovlar amalga oshirilmaydi; e) faqat oddiy va imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlanadi.
10. Obligatsiyalarning emitent turiga koʻra koʻrinishlari notoʻgʻri keltirilgan javobni belgilang.
a) konvert obligatsiyalar; b) munitsipal obligatsiyalar; d) korporativ obligatsiyalar; e) xorijiy obligatsiyalar
11. Fyuchers narxini spot narxidan yuqori boʻlish holati nima deb ataladi?
a) kontango; b) bekuordeyshn; d) stredl; e) spred.
12. Bekuordeyshn atamasi qanday holatni anglatadi?
a) Fyuchers narxini spot narxidan past boʻlish holatini; b) Fyuchers narxini spot narxidan yuqori boʻlish holatini; d) Spot narxini fyuchers narxidan past boʻlish holatini; e) Spot narxini fyuchers narxidan yuqori boʻlish holatini.
13. Svop shartnomalarining mohiyati toʻgʻri keltirilgan javobni aniqlang.
a) bu ikki tomonning oldindan kelishilgan shartlariga muvofiq kelajakda maʼlum bir toʻlovlarni va yoki bazis aktivlarni (kelishilgan miqdorda ) almashtirish boʻyicha bitimidir; b) bu shartnomalar standartlashtirilgan boʻlib, ular faqatgina birja savdolarining obyekti sifatida nomoyon boʻladi; d) bu shartnomalarning oʻziga xos xususiyati shundan iboratki, uning egasi qimmatli qogʻozning oʻzini emas balki uni sotib olish yoki sotish huquqini maʼlum bir mukofot evaziga sotib oladi; e) bu shartnomalar birjadan tashqarida tuziluvchi, kelajakda bazis aktivni yetkazib berish haqidagi tomonlarning kelishuvidir.
14. Svop shartnomalarida oʻzgaruvchan foiz stavkasi sifatida asosan qaysi foiz stavkasidan foydalaniladi?
a) LIBOR; b) FIBOR; d) MIBOR; e) INSTAR.
15. Kompaniya svop shartnomasi doirasida qatʼiy foizlarda toʻlab, oʻzgaruvchan foizlarda olsa, u holda svop narxini aniqlash formulasi toʻgʻri keltirilgan javobni belgilang.
a) ; P S P P c f d    b) ; P S P P c f d    d) ; f c d S P P P   e) . P P P
16. Ipoteka bozori modellari keltirilgan qatorni aniqlang. a) anʼanaviy model, ikki bosqichli model, ssuda-jamgʻarma modeli; b) anʼanaviy model, uch bosqichli model, ssuda-jamgʻarma modeli; d) anʼanaviy model, ssuda-jamgʻarma modeli; e) anʼanaviy model, ikki bosqichli model.
17. Ipoteka bozorida bankning taʼminlangan obligatsiya tipidagi qimmatli qogʻozlarni mustaqil chiqarishi va shu asosda garovga qoʻyilayotgan koʻchmas mulkni kreditga berishi bilan tavsiflanuvchi model nima deb ataladi?
a) yevropa modeli; b) amerika modeli; d) ssuda jamgʻarma modeli; e) aralash yoki gibrid model.
18. Yevropada ipotekaga asoslangan eng yirik obligatsiya bozorini aniqlang. a) Germaniya bozori; b) Fransiya bozori; d) Italiya bozori; e) Angliya bozori.
19. Agarda ipoteka krediti boʻyicha defolt (qaytarmaslik) holati yuzaga keladigan boʻlsa, zarar kimning zimmasiga tushadi?
a) ipoteka agenti; b) mulkdor; d) investor; e) kreditor.
20. Ariza beruvchi tijorat banklarining oʻz mablagʻlari va jalb etilgan mablagʻlari hisobiga ipoteka krediti olish uchun uy-joyni rekonstruksiya qilish qiymatining kamida necha foiz miqdoridagi oʻz mablagʻiga ega boʻlishi kerak?
a) 25 foiz; b) 35 foiz; d) 50 foizda; e) 15 foizda
Download 19.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling