Rustamov Umidjon shavkat o`g`li
Download 317.66 Kb.
|
Rustamov КОНФЕ-Я (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy qisim.
- Forzitsiya , Pirakanta , Lagerstremiya yoki Hind serini
KIRISH .Ma`lumki yer kurrasida 500 mingdan ortiq o’simlik turlari mavjud bo’lib, insonlar kundalik hayotiy faoliyatlarida ularning 6000 turidan foydalanadilar. Shulardan ko`plab turlari manzarali o`simliklar bo`lib ular boshqa turdoshlaridan o`zining barglari, gullari, tana tuzulishi va shox shabbasining ko`rinishi kabi manzarali xususiyatlari bilan ajralib turadi.O‘simliklar dunyosi beqiyos rang-barang shakllar, fakturalar va qiyofaga ega. O‘simliklarning manzaraboplik xususiyatlarining ko‘pligi, buning ustiga, vaqt va fasllar doirasida o‘z qiyofasini o‘zgartirib turishi, shaharlardagi bog‘lar, istirohat bog‘lari, hiyobonlar va boshqa xududlarning arxitektura ko‘rinishini o‘zgartirishga cheklanmagan imkoniyatlarni ochib beradi. Ekinzorlar shunday bir materialdirki, u aloxida binoni yoki bir necha binolarni, mikrorayon va mavzelarning yaxlit ko‘rinishini ta’minlaydi. Bog‘lar, istirohat bog‘lari, hiyobonlarning yashil ekinzorlari, katta yo‘l va ko‘chalar yoqasidagi ko‘kalamzorlashtirilgan yo‘lkalar shahar qismlarini birlashtirib turadi hamda shaharga go‘zal manzara bag‘ishlaydi. Navoiy va Buxoro viloyatlarining asosiy qismini cho`l mintaqasi tashkil etgan bo`lib bu yerda asosan tabiiy xolda cho`l o`simliklarini uchratish mumkin. Tuproq tarkibida tuz va ishqor juda ko`p va bu ko`pchilik madaniy o`simliklarni o`sishiga salbiy tasir ko`rsatib kelmoqda. Iqlimi yoz va kuz fasillarida juda quruq issiq bo`lganligi uchun ekin dalalarini ko`proq sug`orish talab etiladi. Cho‘l erlarda yog‘ingarchilikning kam bo‘lishini suvga bo‘lgan talabning balandligini hisobga olib qurg‘oqchilikka chidamli daraxt va butalarni tanlab ekish maqsadga muvofiqdir. Asosiy qisim. Ko‘p yillik ilmiy kuzatishlardan ma’lumki, qurg‘oqchilikka chidamli daraxt va butalar iyun, iyul oylarida kunduzgi harorat 40-450 ga etganda barglarini bujmaytirib kechqurun yana o‘z qismiga keltiradi. Ular shu tartibda yashash uchun kurashadi va o‘sib rivojlanadi. Bundan tashqari yozning issiq iyun, iyul oylarida barglarini bir qismini tashlab yuboradi. Bunday daraxtlarga oddiy gledichiya, mayda bargli qayrag‘och, oq akatsiya daraxtlarini misol qilib keltirish mumkin . Ko‘kalamzor hududlar barpo etish bu juda murakkab ish jara yoni bo‘lib, joylarda muhandislik sirlaridan foydalanishni taqozo etadi. Bunda yashil hududlar barpo etishda yer maydonlarini to‘g‘ri tanlash, unda o‘simliklar dunyosini to‘g‘ri joylashtirishda maydonchalarga to‘g‘ri ajratish, yer maydonlarini hosildor tuproqlarga boyitish va eng asosiysi manzarali yaproq va ninabargli daraxt, buta va gul turlarini to‘g‘ri tanlashdan iboratdir. Cho‘l yerlarda o`simliklarni tanalari yaxshi o‘sib rivojlanishi uchun shox-shabbalari himoya vazifasini bajara oladigan setkasimon ihota daraxtzorlari barpo eta oladigan joylarning tuproqlarida chirindi etarli miqdorda bo‘lishi kerak. Tuproqda tuzlar va organik moddalar ko`p bo‘ladi. Agar ular, tuzlarmi yoki organik moddalarmi tuproqda me’yori oshib ketsa, daraxtlar o‘sa olmaydi. Agar tuproqda xlor va boshqa o‘simlik uchun zararli tuzlar ko‘payib ketsa, o‘simlik ildizlari uchun zarur bo‘lgan havo almashinuvi buzuladi. Natijada daraxt ildizlari qurib boshlaydi. Shuning uchun tuzli erlarda o‘sa oladigan daraxt va butalarni tanlab olish kerak bo‘ladi. Amorfa, oq akatsiya, mayda bargli qayrag‘och, oddiy gledichiya, jiyda, eman, yashil shumtol, tatar zarangi, skumpiya va boshqalar sho‘rxok tuproqda o‘sa oladaigan daraxtlar turlaridan ko`kalamzorlashtirishda foydalanish maqsadga muofiq hisoblanadi . Manzarali butalardan issiq mintaqalarda foydalanishga mos kelivchi turlar Forzitsiya , Pirakanta, Lagerstremiya yoki Hind serini o`simliklari. Bu o`simlik turlari issiqqa va sovuqqa chidamli bo`lib yozda asosan suvga talabchan bo`ladi. Forzitsiya , Lagerstremiya yoki Hind serini o`simliklarini asosan yakka holatda yoki alleya ko`rinishida ekiladi. Pirakanta butasini esa guruh holatida eksa chiroyli ko`rinadi. Download 317.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling