Rustamov Umidjon shavkat o`g`li


Download 317.66 Kb.
bet4/5
Sana13.02.2023
Hajmi317.66 Kb.
#1195660
1   2   3   4   5
Bog'liq
Rustamov КОНФЕ-Я (2)

4-Расм - Hind serini. Barglari kalta bandli, eliptik, cho`zinchoq, teskari tuxumsimon, 2-5-7 sm uzunlikda, yaltiroq, etli yorqin yashil rangda. Kuzda barglari olovrang – qizg`ish va Pushti qizil rangga kiradi. Gullari yirik 3-4 sm diametrga ega, yorqin qizil rangda, to`pgulda yig`ilgan, uning uzunligi 20-25 sm. Mevasi kengelipsoidli ko`sakcha, 1-1,2 sm diametrga ega. Urug`i juda mayda, buta iyun oxiridan to oktyabr oxirigacha gullaydi.
Ko`kalamzorlashtirishda foydalanish: Gullash davomiyligi 95-100 kun. To`p gullari ketma ket gullagani bois qurigan gullarini to`kilishi kuzatildi. Bu xolat gazon ustida ekilgan namunalarda yanayam yaqqol ko`rinish namoyon qilib ko`kalamzorlashtirilgan xudud ko`rinishida salbiy ko`rinish namoyon qildi. Aksincha alleya xolatida soliter va gurux xolatida ekilgan bo`lsada gazon ustida ekilmagan turlar gullash davrida o`ta manzarali ko`rinish namoyon qiladi va to`kilgan gular bu ko`rinishga salbiy tasir ko`rsatmadi. Bu o`simlikni urug`i va vegitativ usulda ko`paytirish mumkin. Urug`lari kuzda terib olingach 1-2 sm chukurlikga ekiladi. Asosan yog`ochlashgan novda qalamchalaridan ko`paytiriladi, urug`lari kuzda terilgandan so`ng darxol tuproqqa sepib qo`yilgan bo`lsa bahorda qiyg`os unib chiqadi.
Xulosa :
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, aholi yashash joylaridagi landshaft muhitining shakllanishida manzarali o‘simliklarning o’ziga xos ahamiyati mavjud, chunki o‘simliklar sanitariya- gigienik vaziyatni yaxshilash xossalariga ega hisoblanadi. O’tkazilgan daraxtlar va butalar shamol kuchini, shovqinni pasaytiradi, issiqlik rejimini tartibga soladi, havoni changdan va zararli sanoat chiqindilaridan, patogen mikroorganizmlardan tozalaydi va uni namlantiradi, bu esa muhitni sog‘lomlashtiruvchi ahamiyatga ega. Daraxtlar shahar - qishloqlar aholisining dam olishi, ommaviy madaniy tadbirlarini, jismoniy tarbiya hamda sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etishda yaxshi muhit yaratadi. Ko‘chalarning arxitekturaviy manzarasini shakllantirishda daraxt va butalar beqiyos rang-barang shakllar, fakturalar va qiyofa hosil qiladi. O‘simliklarning manzaraboblik xususiyatlarining ko‘pligi, buning ustiga, vaqt va fasllar doirasida o‘z qiyofasini o‘zgartirib turishi, hududlarning landshaft-arxitekturaviy ko‘rinishini o‘zgartirishga cheklanmagan imkoniyatlarni ochib beradi. Ekinzorlar shunday bir materialdirki, u aloxida binoni yoki bir necha binolarni, aholi yashash hududlarining yaxlit ko‘rinishini ta’minlaydi. Yashil ekinzorlar, katta yo‘l va ko‘chalar yoqasidagi ko‘kalamzorlashtirilgan yo‘lkalar aholi yashash qismlarini birlashtirib turadi hamda uy-joylarga go‘zal manzara bag‘ishlaydi. Ushbu maqolada har xil tuproq va iqlim sharoitga mos keladigan buta ko’chatlari yetishtirish masalasi ilgari surilgan. Manzarali gullovchi butalar nafaqat istiroxat bog’lari balkim o’quv va shifoxona maskanlari, xiyobonlar va sayilgohlarda ushbu butalardan foydalanish ilgari surilgan. Shuning uchun ham ushbu butasimon o’simlik ko’chatini baquvvat holda, to’liq ildiz qismi bilan, ozgina tuproq qatlami bilan ekib borish yaxshi natija beradi. Mamlakatimizning janubiy hududlarida xozirgacha uzluksiz ekib kelingan bo’lsa bugungi kunda mamlakatimizning yetmish foiz viloyatlarining diqqatga sazovor joylarida ko’kalamzorlashtirish sohasida keng foydalanilmoqda. Ushbu manzarali butalar atrof muhit ekologiyasi uchun juda zarar bo’lgan mikroiqlim yaratib beruvchi alohida tur xisoblanadi. Bu manzarali butalarning barchasi introduksiya qilingan bo’lsa xam bizning hududda yaxshi natijalarni ko’rsatmoqda. Vaxolanki bugungi kunda aholimizning qariyib, 60-65% ning hovlisida ushbu dekorativ butalarni uchratishimiz mumkin.
Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek bu daraxt va buta turlari nafaqat manzaraviy balki estetik hamda sanitar-gigiyenik xususiyatga egaligi bilan ham ahamiyatlidir.
Aynan yashil ekinzorlar katta yoki kichik massivlar ko‘rinishida, shuningdek, ko‘chalar va maydonlarda, qatorlab va guruhlab ekilgan o‘simliklar ko‘rinishi landshaft echimiga xush manzaraviylik va mazmun bag‘ishlaydi.
Yashil ekinzorlar nafaqat estetik, balki psixologik axamiyatga ham ega. Ranglar boyligi, gullarning ifori - bularning barchasi mikroiqlim yaxshilanishi barobarida insonga, uning kayfiyati va asablariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shahar ko‘chalarini ko‘kalamzorlashtirish uchun manzarali daraxt turlaridan magnoliya, lola daraxti, oq qayin, ipak akatsiyasi, metasekvoya, Yevropa zarnabi, qizil zarang turlaridan ham foydalanishni tavsiya etaman. Buta turlaridan esa yapon behisi, xind nastarini, farzitsiya, qizil pirokanta, deytsiya, ispan droki, zirk, magoniya, kalina, budleya, veygela kabilardan foydalanishni tafsiya qilaman. Bugungi kunda ko’kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari yuksak saviyada amalga oshirilmoqda. Bu ishlarning markazida yashil o’simlik dunyosi ya’ni yashil hududlar barpo etish masalasi turadi. Buning uchun ko’kalamzor hududlarga mos keladigan manzarali daraxt va buta ko’chatalari zarur bo’ladi.



Download 317.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling