Rustamova dilafruz adabiyotshunoslik fanidan tayyorlagan taqdimot ishi
Download 1.54 Mb.
|
Badiiy asarlar xos xususiyatlar
RUSTAMOVA DILAFRUZ ADABIYOTSHUNOSLIK FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOT ISHI
Badiiy asarlar xos xususiyatlar
Yirik rus filolog olimi G.Vinokur badiiy asar tili nima degan savolga jo`ngina qilib: "Badiiy til deganda badiiy asarlar yozishda ishlatiladigan til tushuniladi deb yozgan edi". Tabiiy bir savol tug`iladi: badiiy asarlar yozishda ishlatiladigan til "umumxalq tili", "milliy til", "adabiy til" atamalari bilan yuritiluvchi, biz kundalik aloqa-aralashuvda foydalanadigan tildan boshqami, boshqa bo`lsa nimasi bilan farqlanadi? Bu savolga javob berish uchun har ikki til bajarayotgan funksiyalardagi farq va mushtaraklikka diqqat qilish zarur.
Poetik til deyilganda ko`pchilik (ayniqsa, adabiyotshunoslikdan yiroq kishilar) go`zal tashbehu istioralar yoxud boshqa tasvir va ifoda vositalari (o`xshatish, metafora, ramz va h.) ishlatilgan, bezakdor, bo`yoqdor, jimjimador tilni tushunadi. Suhbat asnosi sal chiroyliroq, jimjimadorroq gapirgan kishiga nisbatan ba`zan "ja-a badiiy qilib gapirarkanmi" qabilidagi ta`nalarni eshitib qolishimiz ham shu xil tushunishning natijasidir.
Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling