Rutadoshlar oilasi Sitrus oʻsimliklar


Download 59.27 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi59.27 Kb.
#1574615
Bog'liq
Rutadoshlar


Rutadoshlar oilasi
Sitrus oʻsimliklar - rutadoshlar oilasining sitrus turkumiga mansub doim yashil oʻsimliklar, ekiladigan mevali daraxtlar. Apelsinmandaringreypfrutlimon, bergamot, sitron, sheddok, bigaradiya va boshqa 30 ga yaqin turi bor. Shimoliy Xitoydan Avstraliyagacha, Oʻrta dengiz sohillaridan Yevropaga tarqalgan. Oʻzbekistonda Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti, Toshkent viloyati Qibray tumani va boshqa issiqxona xoʻja-liklarida oʻstiriladi. S.oʻ. butasimon yoki past daraxtsimon, barcha organlarida xushboʻy efir moyi bor. Gullari barg qoʻltigʻida joylashgan, xushboʻy, chetdan va oʻzidan changlanadi. Mevasi xushxoʻr, parhez va dorivor xususiyatga ega, turli vitaminlar va limon kislotaga boy. Mas, limon va apelsinda 60 mg % S vitamini, 600–700 mg % R vitamini bor. Meva shakli dumaloq yoki tuxumsimon, och sariq, toʻq sariq, segmentlarga boʻlingan. Tarki-bida pektin, karotin, qand, S, V, R vitaminlari bor. Mevalari yangiligida yeyiladi, konservalar, murabbo, sukat tayyorlanadi. Barg va poyasidan efir moyi olinadi. S.oʻ. payvand qilib va qalamchalaridan koʻpaytiriladi. Ekilgandan soʻng 3—4 yildan hosilga kiradi. 20—60 y. atrofida yuqori hosil olinadi. Rutadoshlar oilasiga mansub boʻlgan mazkur shifobaxsh tabiat neʼmatining vatani janubiy va janubiy sharqiy Osiyo hisoblanadi. Limon uzoq yillar davomida hosil beradi. Bizning iqlimimiz boʻyicha uy sharoitida yetishtiriladi va hosil kech kuzda yetiladi. Shu sababli ham hozirgi sharoitda savdo rastalari va mahalliy dehqon bozorlarimizdan limon oʻsimligini topish biroz mushkul boʻlib qoldi. Bor boʻlsa ham narxi qimmat.Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan jamoatchilik nazorati shakllantirilib limonning narx-navosi oʻrganildi. Yurtimiz mahalliy bozorlarida xususan, Fargʻona viloyatidagi dehqon bozorlarida limon narxi 35 mingga narxlangan boʻlib, bu boshqa hududlarga qaraganda eng arzon joy hisoblanadi. Eng qimmat sotilishi boʻyicha Samarqand, Sirdaryo, Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda va mazkur hudud bozorlarida 70 80 minggacha sotilmoqda.
211-guruh talabasi Valixonov Javohir

Download 59.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling