Rux sulfat va riboflavin bilan askorbin kislotasini saqlovchi mikrotabletkalarini sifatini baholash


Download 132.52 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi132.52 Kb.
#207133
Bog'liq
Rux sulfat va riboflavin bilan askorbin kislotasini saqlovchi m

Rux sulfat va riboflavin bilan askorbin kislotasini saqlovchi mikrotabletkalarini sifatini baholash.

Reja

  • 1. Mikrotabletkalar haqida qisqacha ma`lumot.
  • 2. Rux sulfatli, riboflavinli va askorbin kislotali mikrotabletkalar.

Trituratsion  yoki  mikrotabletkalar  moddalarni  taxtakachlash  yo`li  bilan   olinmay,  qoliplash  usulida  tayyorlanadi.  Ularning  massasi  0,05  g  gacha  bo`ladi.   Tabletkalar  tarkibiga  kiruvchi  ta‘sir  qiluvchi  modda   kam  miqdorda   bo`lsa,  presslash  jarayonida  bosim  ta‘siridan  portlash  ro`y  berishi  lozim   bo`lsa,  tabletka   tayyorlanadigan  massa  tarkibida  zaxarli  moddalar  bo`lganligi  sababli,  presslash  jarayonida  changlanishi  va  ishchilar  sog`lig`iga,  atrof   muhitga  zarar etkazishi mumkin bo`lgan moddalardan mikrotabletkalar tayyorlanadi.  Mikrotabletkalarning sifatini tekshirishda ta‘sir etuvchi modda  miqdori va fizik mexanik  ko`rsatkichlari  aniqlanadi.  Mikrotabletkalar  uchun  o`rtacha  og`irlikdagi  farq   +20%  dan  ko`p bo`lmasligi  kerak.  Trituratsion  tabletkalarga  nitroglitserin,  rux  sulfat,  rux  sulfat  bilan  borat  kislotasi, riboflavin bilan askorbin kislotasi va boshqalar kiradi.  

Bu  sohada  1910  yilda  rus  olimi  I.I.Budsko  tomonidan  bajarilgan   doktorlik   dissertatsiya diqqatga  sazovordir.  U  ko`z  kasalliklarida   ishlatiladigan  dorilardan  trituratsion  tabletkalar  tayyorlab,  ko`z  tomchilari o`rnida  ishlatishni  taklif  etgan.  Ammo  bu  fikr   esdan  chiqib, ahamiyatsiz qolib  ketdi. Agar tomchi dorilarni ishlatishda xatolik 300% gacha bo`lishini  hisobga olinsa, ularni qulay mikrotabletka holida  yoki  hozirgi vaqtda ko`zga  ishlatiladigan parda dori‖ shaklida  chiqarilishi   ahamiyatga  ega. Mikrotabletkalarni   tayyorlashda  maxsus  qurilma  – tabletka mashinasi tipidagi dastgoh ishlatiladi.  Massa  tayyorlash  tabletka  massasini  tayyorlashga  o`xshaydi.   Namlangan  massa granulyatordan  o`tkazilib,  dastgohda  diametri  4  mm,   og`irligi  0,027  g  dan  presslanadi. Tabletkalar quritilib saralanadi. Naychalarga qadoqlanadi va sterillanadi.  



Rp.: Riboflavini 0,01

Sacchari 0,2

Misce fiat pulvis

Da tales doses N6

Signa. Kuniga bitta poroshokdan 3 mahal ichilsin.

Pasporti: Riboflavin 0,06 g

0,0 1 *6=0,06g

Qand poroshogi 1,2g

0,2*6 =1,2

M umumiy =0,06+1 ,2=1,26g

m 1 ta poroshokning og'irligi 1,26"6=0,21 g

Bu retsept 2 xil tayyorlanishi mumkin:

I usul rangli moddalar bilan poroshoklar tayyorlash.

Tayyorlanishi: hovonchaga 1,2 g qand kukunini solib maydalanadi. Maydalangan qandning 1/2 qismini hovonchada qoldirib, uning ustiga 0,6 g riboflavin solinadi, yaxshilab aralashtiriladi va olib qo'yilgan rangsiz modda qanddan oz-ozdan solib, aralashtirish davom ettiriladi. Bir xiI rangli aralashma hosil bo'lgandan so'ng, tayyor poroshokni 0,21 g dan qilib rotatsion apparatda qadoqlanib mikrotabletka holatiga keltiriladi.



Tayyorlanishi: havonchaga rangsiz moddaning qolgan qismi solinib, asta-sekin bir xiI rangli massa hosil bo'iguncha aralashtiriladi. Tayyor poroshokni 0,21 g dan qilib rotatsion apparatda qadoqlanib mikrotabletka holatiga keltiriladi.

Riboflavin mikrotabletkasi

Tarkibi:

Riboflavin– 0,06 g

Qand poroshogi 1,2g

Ishlab chiqarishda kerakli asbob uskunalar va yordamchi materiallar.

  • RTM asbobi.
  • Chinni kosacha.
  • Teshigining diametri 100 mkm bo`lgan elak.
  • Qopqog`i zich berkitiladigan shisha idish, polietilen xaltacha.
  • Pergament qog`ozi, slyuda, tosh va tarozilar.
  • Paxta, qog`oz quticha yoki sellofan xaltacha.
  • Salitsil kislota.
  • Rux oksidi, talk, kraxmal.

Ishni bajarish tartibi:

  • hovonchaga 1,2 g qand kukunini solib maydalanadi. Maydalangan qandning 1/2 qismini hovonchada qoldirib, uning ustiga 0,6 g riboflavin solinadi, yaxshilab aralashtiriladi va olib qo'yilgan rangsiz modda qanddan oz-ozdan solib, aralashtirish davom ettiriladi. Bir xiI rangli aralashma hosil bo'lgandan so'ng, tayyor poroshokni 0,21 g dan qilib rotatsion apparatda qadoqlanib mikrotabletka holatiga keltiriladi.
  • Tayyorlanishi: havonchaga rangsiz moddaning qolgan qismi solinib, asta-sekin bir xiI rangli massa hosil bo'iguncha aralashtiriladi. Tayyor poroshokni 0,21 g dan qilib rotatsion apparatda qadoqlanib mikrotabletka holatiga keltiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • 1. Aliyev H.S, Nizomov R. Z " UMUMIY FARMAKOLOGIYA VA RETSEPTURA" Toshkent 2011 "ILM ZIYO", B. 100-120
  • 2. Mahsumov M.N, Aliyev H, Odilov M.A, Musayev N.A "Farmakologiya Asoslari" 200-202 Toshkent 2007, B.45-50
  • 3. Mahmudjonova K.S, Shodmonova SH.N, Shorahimova M.M, Rizayevaning M.M "FARMATSEVTIK TEXNOLOGIYA" Toshkent, 2013 , B. 27 - 46
  • 4. Mirolimov M.M, Abdullayeva H.Q, Mamatmusayeva Z.Y, Azimova N.A "FARMATSEVTIK TEXNOLOGIYA ASOSLARI FANIDAN AMALIY QO'LLANMA" Toshkent 2004, B. 11- 24
  • 5. Mirolimov M.M " FARMATSEVTIK TEXNOLOGIYA ASOSLARI" Toshkent, 2001, B. 50 - 71
  • 6. DAVLAT FARMAKOPEYASI XI Moskva, 1990, B. 150
  • 7. http: //www.pharmi.uz
  • 8. http://www.ziyo.net
  • 9. http://www.google.com
  • 10. http://www.yandex.com

Download 132.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling