Ruza. Dialog mikroprotsesorli elektr markazlashtirish tizimining tuzilmaviy sxemasi va ishlash tamoyillari


DIALOG MIKROPROTSESORLI ELEKTR MARKAZLASHTIRISH TIZIMINING HAMDA ULARNING ISHLASH TAMOYILLARI


Download 437.03 Kb.
bet2/2
Sana27.01.2023
Hajmi437.03 Kb.
#1130499
1   2
Bog'liq
5-ma\'ruza

5.2.DIALOG MIKROPROTSESORLI ELEKTR MARKAZLASHTIRISH TIZIMINING HAMDA ULARNING ISHLASH TAMOYILLARI

Ishlab turgan temir yo’l uchastkalarida dispetcherlik markazlashtirish tizimlarini loyihalash murakkabligi bekatlardagi turli elektr markazlashtirish tizimlari bilan, ayrim bekatlarda “Dialog” tizimining liniyaviy punkti, boshqaruvchi relelar va relelar qaytaruvchilari uchun qo’shimcha stativ o’rnatish imkoniyati bo’lmagan holatlarda ham bog’lanish kerakligidan iborat.


Zamonaviy mikroprosessorli texnikaga asoslangan dispetcherlik markazlashtirish tizimlarini loyihalash hususiyatlari bir vaqt davomida ) parallel ravishda) loyiha ishlari olib borish va tizim dasturini yaratishdan iborat. Dasturni yaratish uchun uzoq masofadan boshqarish (TU) buyruqlari, uzoq masofadan signallashtirish (TS) signallarining tasdiqlangan jadvallari, bekatlar va peregonlarning tekshirilgan sxematik planlari, “Dialog” apparaturasi bilan bog’langan elektr markazlashtirish tuzilishlarining prinsipial sxemalari ishlatiladi. TU buyruqlarini bajarish va monitorlar ekranlarida ma’lumotlarni tasvirlash algoritmlari ishlab chiqarilganda elektr markazlashtirish tizimlarining turli sxemalar hususiyatlari hisobga olinishi kerak. Poyezdlar dispetcherining ishi uchastka bekatlaridagi elektr markazlashtirishlar turiga bog’liq bo’lishi kerak emas.

Boshqariladigan ob’yektga (elektr markazlashtirishning ijrochi relesi) oraliqdagi boshqarish relesi yoki bevosita modul chiqishidan ta’sir qilish mumkin. Odatta boshqaradigan relelar TU buyrug’ini alamga oshirish uchun elektr markazlashtirish sxemalarining bir necha joyida birdaniga ta’sir qilish kerak bo’lganda ishlatiladi.
Modulning har bir boshqaradigan chiqishining vazifasi ushbu bekatning liniyaviy punkti uchun tuzilgan TU buyruqlari jadvali asosida loyiha ishlari olib borilganda aniqlanadi.
BM mashinasini nazorat qilinadigan ob’yektlar bilan ulash. Ob’yektlar holati interfeysli tok chiqishlari modullari va kirishlar modullari yordamida nazorat qilinadi. Tok chiqishlari moduli 31 so’rov chiqishiga ega, kirish moduli esa diskret ob’yektlar holatini nazorat qilish uchun mo’ljallangan 16 signal chiqishiga ega.
Bekatta bitta tok chiqishlari moduli va kirish moduli nazorat qiladigan ob’yektlar soni 496 ga teng, ikkinchi kirishlar moduli ishlatilsa esa 1008 ga teng bo’lishi mumkin.
TS kodlari jadvali tuzilganda nazorat signallari 16 chiqishdan iborat guruhlarga yig’iladi. Ular tok chiqishlari modulida bitta chaqiruv chiqishiga ega bo’lgan nazorat etiladigan ob’yektlar relelarining kontakt guruhlari sxemalari orqali malga oshiriladi. Guruhlarning bir xil chiqishlari diodli ulash bloklari (BDK) orqali parallel ravishda ajratilganBu har bir so’rov taktida bitta so’rov etiladigan kontakt guruhga yig’ilgan ob’yektlar holatini nazorat qilishga imkoniyat beradi.
BDK yagona korpusda (qutida) bajarilgan va ikkita kontakt guruhini ulash uchun mo’ljallangan 32 signal kirishiga ega. Blok bajarilishi uni stativlarda NMSh turidagi relelar o’rniga qo’yishga imkoniyat beradi. Bloklar o’rnatish joyi va ularning soni loyihalash paytida aniqlanadi. BDKning bir xil chiqish bloklarining parallel ravishdagi ulanishi stativlar klemmali panellarida amalga oshiriladi.


NAZORAT SAVOLLARI



  1. DIALOG mikroprosesorli dispetchetrlik markazlashtirish tizimining markaziy post qurilmalari ishlash tamoyillari.

  2. DIALOG mikroprosesorli dispetchetrlik markazlashtirish tizimining chizikli post qurilmalari, hamda ularning ishlash tamoyillari.

  3. BM mashinasini nazorat qilinadigan ob’yektlar bilan ulash.

Download 437.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling