Ruza. Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar faniga kirish


Vista 2007 nomi bilan sotuvga chiqarildi. 6. Windows XP, UNIX operatsion sistemalarining vazifalari va foydalanuvchi


Download 1.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/44
Sana19.01.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1101198
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44
Bog'liq
1-5 mavzu

Vista 2007 nomi bilan sotuvga chiqarildi.
6. Windows XP, UNIX operatsion sistemalarining vazifalari va foydalanuvchi 
interfeyslari.  
Windows XP operatsion sistemasining asosiy vazifasi axborotlarni qayta ishlash 
jarayonlarini boshqaradi va apparat vositalari bilan foydalanuvchi o‘rtasidagi o‘zaro aloqani 
ta‘minlashdan iborat. Operatsion sistemalarning asosiy vazifalaridan yana biri axborotlarni 
kiritish va chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, foydalanuvchilar tomonidan yechiladigan 
amaliy masalalarning bajarilishini boshqarishdir. Operatsion sistemalar kerakli dasturni 
kompyuter xotirasiga yuklaydi va uning bajarilishi jarayonlarini nazorat qiladi, normal 


26 
hisoblashlarga xalaqit beruvchi vaziyatlarni tahlil qilib, yuzaga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf 
qilish haqida ko‘rsatmalar beradi. Windows (inglizcha Windows -darchalar, derazalar degan 
ma’noni anglatadi) Microsoft (MS) firmasining dastur mahsuli bo’lib, maxsus tayyorgarlikka ega 
bo’lmagan kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan amaliyot tizimdir. Uning asosiy 
maqsadi - kompyuterdan foydalanishni iloji boricha sodda va o’rganish uchun oson, shu bilan 
birga, foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish holiga keltirishdir. Mazkur
talablarga javob beruvchi
MS Windows amaliyot tizimi 1995 yil avgust oyida ishlatila boshlangan bo’lsa, uning ruscha 
varianti 1995 yilning sentabridan Rossiyada qo’llanila boshlandi.
Amaliyot tizim sifatida MS Windows quyidagi afzalliklarga ega:
– o’zlashtirishda nihoyatda oddiy va imkoniyatlaridan foydalanish ko’lami qulay;
– u yuqori samaradorlikka ega va mazkur xususiyati bilan Windowsning istalgan avvalgi 
lahjalaridan keskin farqlanadi. Xususan, Microsoft firmasi yangi 32 razryadli yadroni tatbiq etish 
bilan samaradorlik va ishonchlilikni keskin oshirishga erishdi;
– iste’molchi atigi bitta dasturiy ta’minot mahsulotini xarid qilib, qator muhim 
imkoniyatlarni qo’lga kiritadi: universal tarmoq mijoziga aylanadi, elektron pochtadan foydalana 
oladi, multimedia vositalaridan bahra oladi va hokazo;
- sodda, dasturlar majmui barkamol va yuqori unumlilikka ega.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling