Ruza. Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar faniga kirish


Download 1.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/44
Sana19.01.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1101198
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   44
Bog'liq
1-5 mavzu

Устройства и принтеры - tizimga ulangan har bir printerni sozlash 
imkonini beruvchi tizim papkasining darchasi ochiladi;
Taskbar [Панел задач - Masalalar paneli] - bu buyruq yordamida tizimning asosiy menyusi 
va masalalar panelini sozlash mumkin.
5-rasm. Boshqarish panelining umumiy ko‘rinishi
UNIX operatsion sistemasi. UNIX – ko‘p foydalanuvchili, ko‘p vazifali operatsion 
sistema bo‘lib, u dasturlarni va turli foydalanuvchilarning fayllarini yetarlicha kuchli himoya 
vositalarini o‘z ichiga oladi. UNIX-operatsion sistemasi dasturlarning ko‘p qismi C tilida 
yozilgan va mashinaga bog‘liq emas. Bu operatsion sistemaning harakatchanligi va amaliy 
dasturlarni universal EHMga, mini EHMga va turli arxitekturali kompyuterlarga osongina 
o‘tkazilishini ta‘minlaydi. Bu UNIX oilasidagi operatsion sistemaning muhim xususiyati uning 
modulliligini va keng servisli dasturlar to‘plami bo‘lib, ular foydalanuvchi – dasturlovchilar 
uchun qulay operatsion vaziyatni yaratishni ta‘minlaydi. UNIX ierarxik fayli struktura, virtual 
xotira, ko‘p oynali interfeys, ko‘p protsessorli tizimlar, ko‘p foydalanuvchili qiymatlar bazasini 
boshqarish tizimi, bir jinsli bo‘lmagan hisoblash tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu sistema 
ko‘p vazifali hisoblanib, 32 razryadga ega. Bu holat sistemani bir mashina arxitekturasidan 
boshqasiga kam sarf bilan o‘tkazish imkoniyatini beradi. UNIX operatsion sistemasi taqsimlovchi 
ma‘lumotlar bazasiga kirish, lokal tarmoqlar, olis masofadan aloqa qilish va oddiy modem 
yordamida global tarmoqlarga ulanish imkoniyatlarini o‘zida mujassamlashtira oladi.


30 
Operatsion sistemalarda interfeys, foydalanuvchi interfeysi atamalari ishlatiladi. Interfeys- 
bu foydalanuvchining kompyuteri bilan, operatsion sistema bilan, amaliy va boshqa dasturlarni 
o‘zaro aloqasini hamda dialogini ta‘minlovchi vositalar yig‘indisi.
Dasturiy interfeys – hisoblash tizimi doirasida qurilma va dasturlarning o‘zaro ta‘sirini 
ta‘minlovchi vositalar yig‘indisi. Oyna tushunchasi Windows operatsion sistemasida asosiy 
o‘rinni egallaydi. Operatsion sistemaning nomi ham oyna so‘zidan olingan bo‘lib, tizimda 
oynalarga xos interfeys printsipiga ega bo‘ladi.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling