Ruza. Jadval muharrirlaridan iqtisodiy masalalarni yechish jarayonida foydalanish
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
5-MA\'RUZA (2)
5 –MA’RUZA. JADVAL MUHARRIRLARIDAN IQTISODIY MASALALARNI YECHISH JARAYONIDA FOYDALANISH REJA: 1. Elektron jadvallar haqida umumiy tushuncha 2. MS Excel 2010 dasturi menyulari tavsifi 3. MS Excel 2010 dasturida funksiyalar bilan ishlash 4. MS Excel 2010 dasturida diagrammalar hosil qilish 5. MS Excelda iqtisodiy masalani yechish usullari Ko’pchilik hollarda qayta ishlanadigan ma’lumotlarni jadvallar ko’rinishida tasvirlaymiz. Shuning uchun jadval katakchalarining bir qismiga boshlang’ich ma’lumotlar va boshqa qismiga esa hosil qilinadigan hosilaviy ma’lumotlar yoziladi. Masalan: o’quvchilarning kunlik tergan paxtasi uchun mehnat haqini hisoblash talab qilinsin, u holda terilgan paxta miqdori – A, bir birlik (1 kg) paxta uchun to’lanadigan ish haqi bahosi (so’mda) –B, boshlang’ich ma’lumot sifatida va har bir o’quvchining bir kunlik jami tergan paxtasi uchun ish haqi miqdori (summasi) hosilaviy ma’lumotlar bo`lib hisoblanadi. Katta hajmli tekshirish natijalarini jadval ko’rinishida tasvirlash maqsadga muvofiqdir. Ma’umotlarni jàdval ko’rinishida tasvirlash ularni tahlil qilishni ancha soddalashtiradi. Shuning uchun ko’pchilik hollarda hisob-kitoblar samaradorligi va sifatini oshirish uchun avtomatlashtirilgan hisoblashlarni joriy qilish maqsadga muvofiqdir. Jadval ko’rinishida tasvirlanadigan masalalarni yechish uchun maxsus amaliy programmalar paketlar i ishlab chiqilgan bo’lib, ular elektron jadvallar deb ataladi. Elektron jadvallar avvalo iqtisodiy masalalarni yechish uchun mo’ljallangan, lekin uning yordamida muhandislikka doir masalalarni bajarishda ham, masalan, formulalar bo’yicha hisob-kitob muvaffaqiyatli ishlatilmoqda. MS Excelda tayyorlangan har bir hujjat (ma’lumotli jadval) ixtiyoriy nom va .XLSX kengaytmadan iborat fayl bo’ladi. Excelda odatda bunday fayl “Ish kitobi” (Workbook) deb yuritiladi. Microsoft Excel ning asosiy ish sohasi - bu “Ish kitobi” bo’lib, u bir yoki bir nechta ish varaqlardan iborat. Ish varag’ida buxgalter (hisobchi) kitobi kabi, sonlar, matnlar, arifmetik ifodalar, hisoblar qator va ustunlarda joylashgan bo’ladi. MS Excelning buxgalter kitobidan asosiy farqi barcha hisob ishlarini uning o’zi bajaradi, lekin ma’lumotlarni kiritish foydalanuvchi zimmasida qoladi. MS Excelda asosiy tarkibiy elementi – yacheyka (cell) joylashgan. Har bir yacheykaga son Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling