Ruzmetova gulnoza ilxamovna
O'zlashmalarning assimilatsiyasi
Download 367.37 Kb. Pdf ko'rish
|
7e501002c1b636e46b15f5b1ecbd8d59 O`ZBEK TILIDAGI INGLIZCHA O`ZLASHMALI IBORALAR
O'zlashmalarning assimilatsiyasi
O'zlashmalar o'zlarining xususiyatlariga qanday moslashgani va ingliz tilidagi muhim o'zgarishlarni tahlil qilish jarayonini boshidan kechirgan. O'zlashgan elementlarning barcha o'zgarishlari ikki katta guruhga bo'linadi. Bir tomondan bu yerda faqat aniq o'zlashgan so'zlarning o'zgarishlari bor. Bu o'zgarishlarning maqsadi o'zlashayotgan til me'yorlariga begona so'zlarni moslashtirish. Masalan, yunoncha pneumatics, psychology, Ptolemy so'zlaridagi (pn), (ps), (pt) kabi undosh birikmalarining kelib chiqishi, (n), (s), (t) ga soddalashtirilgan bo'lib, (ps), (pt), (pn) undosh birikmalari inglizcha (sleep, stop so'zlari) oxirida tez-tez uchraydi, hech qachon dastlabki o'rinda foydalanilmaydi. Lotin o'zlashmalaridagi -ar, -or, -ator suffikslari eski ingliz tilidagi -ere suffiksi o'rnini egallagan. Masalan, L. Caesar - OE. Casere, L. sutor - OE. sutere. Ko'plik -s shaklini oladigan ko'pchilik otlar anologik jihatga ko'ra o'zlashmalarning haqiqiy ko'pliki o'rniga quyidagi tuslanishni afzal ko'radi. Masalan, soviets, bolsheviks, kolkhozes, sputniks so'zlari bu jarayonga misol bo'la oladi. Boshqa tomondan biz bunday o'zgarishlar ham o'zlashma ham mahalliy so'zlar uchun xos xususiyatlar ekanligiga guvoh bo'lamiz. Bu o'zgarishlar berilgan til qonuniyatlariga ko'ra so'z taraqqiyotining natijasidir. Qachonki yuqori darajada tuslangan eski ingliz tili tizimi o'rta davr ingliz tilisini soddaroq tizimga o'zgartirganda dastlabki o'zlashmalar umumiy qonuniyat asosida uyg'unlashadi. Lazu (MnE. Law), feolaza (MnE. Fellow), strat (MnE. Street), disc (MnE dish) singari tuslanuvchi o'zlashmalar ta'sir ostida eski ingliz tili grammatik formalari o'rta davr ingliz tilisiga kelib uchta shaklga ega bo'lgan. Bosh kelishik, egalik kelishigi, birlik va ko'plik shakli (fellow, fellowes, fellowes). Bu ikki jarayon o'rtasidagi farqni aniqlash juda muhim - olinma materialni til normalariga moslashuvi va til qonuniyatlariga ko'ra bu so'zlarning yuksalishidir. (7; 115) Download 367.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling