Ruzmetova gulnoza ilxamovna
Boshqa turkumdagi iboralar
Download 367.37 Kb. Pdf ko'rish
|
7e501002c1b636e46b15f5b1ecbd8d59 O`ZBEK TILIDAGI INGLIZCHA O`ZLASHMALI IBORALAR
2.2.3. Boshqa turkumdagi iboralar
Ikki barrel, bir blok sigaret, uch yillik blokada, iqtisodiy blokada, siyosiy blokada, alohida boks, yangi drenaj, ekspress avtobus, ekspress poyezd, ekspress kema, yangi eskalator, yangi fayl, ovozsiz film, yangi film, milliy folklor, rangli kartrij, yangi kokteyl, ikki qavatli kottej, issiq pidjak, yozlik pijama, yangi pikap, birinchi raund, rangli slayd, standart hujjatlar, standart qog'ozlar, standart nav, standart binolar, standart salomlashish, standart so'z, yangi stend, yangi supermarket, har xil tonerlar, 240 vatt, 320 vatt quvvatli, vegitrianlik kursi, xuligan qiz, mevali yogurt, mazali yogurt. Biz mazkur misollarni matbuot sahifalari va jonli til jarayonini izchil kuzatish orqali yig'dik. Ushbu misollar leksikologiya fanlarini o'qitishda muhim asos bo' lib xizmat qiladi . XULOSA Ishimizga xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, o'zbek xalqi o'z milliy tiliga kirib kelayotgan yangi o'zlashmalarni samimiy qabul qilish bilan bir qatorda ularga ijodiy ham yondashgan. O'zlashmalar bilan o'z ona tili qonun-qoidalariga asoslangan holda yangi- yangi iboralar yasagan. Hatto ayrimlari ko'chma ma'no kashf etishgan. Misollar tahlili shuni ko'rsatadiki, iboralar avvalo erkin asosda keyin esa turg'unlashib borishgan. Erkin iboralar: mazali yogurt, yozlik pajama, nozik formatli slayd. Turg'un iboralar: mevali yogurt, milliy folklor, yangi fayl, tender e'lon qilmoq, rangli salayd, biznes qilmoq, lizingga olmoq. So'zlarning ma'no munosabatiga ko'ra birikishiga ko'ra iboralar quyidagi guruhlarga bo'linadi: a) otli iboralar: reyting tizimi, ping-pong g'oliblari, akvalanglar kiyimi. b) felli iboralar: buklet tayyorlatmoq, biznesda g'olib chiqmoq. c) boshqa iboralar: standard so'z, mevali yogurt E'tiborlisi shundaki, xalqimiz inglizcha o'zlashmalar bilan ko'chma ma'nodagi til birliklarini yasab ulgurishgan. Masalan: kompyuter ishlamadi, reytingga ega bo'lmoq, falonchining reytingi katta. O'zlashmalarning tadrijiy, daraja-badaraja iboralarga aylanish xususiyatlari bo'yicha shunday xulosaga kelish mumkinki, tilimizga yangi kirib kelgan til birliklari avvalo ot (nomen) sifatida (fermer, lizing, biznes, kompyuter) qabul qilingan. Keyin ular asta- sekin milliy tilimizga moslashib shaxs-son, kelishik va so'z yasovchi qo'shimchalar olishgan ( fermerlar uyushmasi, bizneschilar maktabi, lizing markazi), biroq turlanish so'zlarga jon kirgazmaydi. Zero, narsa va hodisani faoliyatini, harakati va holatini bildirish uchun albatta o'zlashmalar fel bilan birikishlari kerak. Bu ma'noda ham aytib o'tishi joizki, bizning inventarimizdagi o'zlashmalarning deyarli barchasi bilan felli birikmalar milliy tilimiz lug' at tizimiga asoslangan holda yangi-yangi iboralar yasalgan. Bularning hammasi qabul qilingan o'zlashmalar va ular vositasida yasalgan iboralar orqali milliy tilimizning rivojlangan lug'at tizimining boyigani va ifoda qudratini yana oshib borayotgani yaqqol dalildir. Biz ishimizda yangilik qilmadik, biz bor narsalarni yig' dik va baholi qudrat lug' at tuzdik va chop qildik. Download 367.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling