S. a b d I r a s I l o V, N. T o L i p o V, >N. O r ip o V a


eng  to ‘q joy  esa  qora  bo'lm aydi.  Kuchli  t o ‘yingan  yorqin


Download 68.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana08.11.2017
Hajmi68.25 Kb.
#19699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

eng  to ‘q joy  esa  qora  bo'lm aydi.  Kuchli  t o ‘yingan  yorqin 
ranglar  ham  kamdan-kam  uchraydi.  Natyurmortdagi  qizil 
pom idorni  odatda  yorqinligi  b o ‘yicha  toza  qirmizi  rangda 
emas,  balki  uni  50%ga  sustroq  tusda  berish  ma'qul.  Hat- 
toki  bahorgi  o ‘t - o ‘lanlarni  tasvirlashda  juda  ehtiyotkor 
b o ‘lish  lozim .  U ning  yorqinligini  shunday  kuchaytirib 
tasvirlash  m um k ink i,  natijada  u  tabiiy  k o ‘rinishdan 
boshqacha  b o ‘lib  chiqib  q  oladi.  Shuning  uchun,  ishga 
kirishishdan  avval,  umumiy  tus  va  ranglar  kuchini  ani- 
qlab  o lish   kerak:  m unosab atlarn i  qanday  b o ‘yoqlar 
y ig ‘indisida  bajarish  —  och  yoki  t o ‘q,  yorqinlikning 
(to'yinganlik)  qanday  chegarasida  boMishini  ham  aniqlash 
m uhim.  Qisqa  qilib  aytganda,  naturaning  um um iy  tus  va 
rang  holatini  bilish  kerak.  Bunday  holatni  saqlab  qolish 
u c h u n   b alk i  ran glar  m u n o s a b a tin i  c h e g a r a la n g a n  
b o ‘yoqlarda  tasvirlashga  to ‘g ‘ri  keladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Ishni  eng  och ,  to ‘q  va  yorqin  tuslardan  boshlaganda 
palitradagi  barcha  ranglardan,  shu  bilan  birga  eng  yorqin 
va  keskin  bo'yoqlardan  foydalanish  shart  em as.
Yorug‘—soya  va  rang  munosabatlarini  aniqlashda  um u- 
miydan  xususiyga  qarab  borish  lozim.  A w a lo   asosiy  obyekt 
oralig'idagi  tus  farqlarini  topish  muhim:  natyurmortda, 
m asalan,  stol  yuzasi  va  fon  oralig‘idagi  k o ‘za,  choynak 
va  ko'zaga  tushayotgan  yorug'lik  va  b.  M anzarani  tasvir- 
lashda  a w a lo   osm on  va  em ing  alohida jism larini  bir-biri­
ga  va  ularning  yaxlitligida  b o ‘lgan  rang  munosabatlarida 
aniqlash  kerak.  Inson  qomati  tasviri  yoki  portret  ham 
xuddi  shu  tariqa  bajariladi.
Rassom larning  amaliy  tajribasida  shunday  bir  jum - 
lalar  mavjud:  "katta  yorug‘lik",  "katta  soya",  "katta  shakl", 
"katta  ranglar  munosabati".  Bulardan  m aqsad  natura 
obyektini  yaxlit  ko'rish  va  ularni  barqaror  qilib  tasvir- 
lashdir.
Naturani  yaxlit  idrok  etganda,  yorug'lik  tikka  ta’sir 
etayotgan joydagi  narsalar  yagona  bir  qism ni  tashkil  etadi
N. Kasatkin.  «Raqibalan 
77
www.ziyouz.com kutubxonasi

va  undagi  dog‘lar  kuchliligi  bo'yicha  soya  qismidagiga  teng 
kela  olmaydi.  Xuddi  shularni  shaxsiy  va  tushayotgan  soya- 
larga  moslash  mumkin:  ular  tus  bo'yicha  yarim  soya  bilan 
yaxshi  chiqishadi,  yarim  soya  esa  tasvirning  yorug‘lik  qism- 
laridagi  kuchga  teng  kelolm aydi.  Soyadagi  refleks  yarim 
soyadan  och  bo'la  olmaydi,  ammo  shaxsiy  soyaning  um u­
miy  tusiga  b o ‘ysunadi.  Obyektdagi  ushbu  katta  shakllar 
yoki  buyumlar  guruxi  tusi  va  rangining  t o ‘g ‘ri  saqlanishi 
tasvirga  yaxlitlik  va  yoritilishining  to ‘g ‘ri  boMishiga  turtki 
b o ‘ladi.
U m um iy  ranglar  munosabati  va  navbatdagi  ishning 
davomi  naturaga  hos  koloritni  hisobga  olgan  holda  borishi 
kerak.  Naturadan  kam  ishlagan  tajribasiz  rassomlar  u  yoki 
bu  natyurmort  ranglavha  etyudini,  manzarani  yoki  por- 
tretni  tasvirlayotganda  har  doim   ham  undagi  yaxlitlik  va 
b o ‘y o q l a r  
birligini  muvaffaqiyatli  bajara  olishm aydi.  N atu­
radan  ishlash  jarayonida  har  bir  aniq  holatda  koloritni 
tushunib  yetish,  tusli  va  rangli  holat  xususiyatini  ko‘rsata 
bilishlari  zarur.  Hamma  gap  natura  b o‘yoqlaridagi  um u­
miy  tus,  rang  holati  va  kolorit  birligini  k o‘rish  va  tushu­
nib  yetishdadir.
Yirik  ko'rinishdagi  tus  m unosabatlarini  aniqlab  o l- 
gandan  s o ‘ng,  yorug‘-soya  qism larini  m odellashtirishga 
ya'ni,  har  bir  buyum ning  yorug  soyasi,  yarim -soya, 
shaxsiy  hamda  tushayotgan  soyalarini  topgan  holda  hajmli 
shaklini  rang-barang  qilib  tasvirlashga  o ‘tish  m um kin. 
Shuni  yodda  tutish  kerakki,  buyum larning  ustki  qismi 
ham  rang  tusi  b o ‘yicha,  ham  yorug‘ligi  b o 'y ich a ,  ham 
t o ‘yinganligi  b o ‘yicha  tushayotgan  yorug‘lik  nurining 
oraliq  masofasiga,  sinish  burchagiga  hamda  atrofida  o ‘rab 
turgan  buyum larning  reflekslariga  va  kontrast  m unosa- 
batlariga  bog‘liq  holda  o ‘zgaradi.  Yorug‘likka,  yarim-soya- 
ga  yoki  soyada  yonm a-yon  turgan  qandaydir  ikkita  yuza 
jism laridagi  narsalarda  bir  xil  yoritilish  sharoiti  mavjud 
emas.  Buyum ni  barcha  qism ini  palitrada  topilgan  rang 
bilan  unga  och   yoki  t o ‘q  rangni  q o ‘shib  ishlash  m um ­
kin  em as.  Buyum ning  har  bir  b o ‘lagi  uchun  yangi  va
www.ziyouz.com kutubxonasi

yana  yangi  b o ‘yoq  qorishm alarini  topish  kerak.  Odatda 
lokal  (buyum )  rangi  yarim -soyada  sezilarliroq,  chunki 
yarim -soya  yorug‘lik  manbaining  asosiy  va  aks  etayotgan 
tom onlaridan  ancha  sust  ta ’sir  etadi.  Buyum ning  xajmli 
shaklini  jozibadorligi  va  natura  qo‘yilm asining  yaxlitligini 
t o ‘g ‘ri  anglash  u ch u n ,  issiq  tuslar  bilan  y o n m a -y o n  
aralash  kontrast  kuchida  inson  ko'zi  sovuq  rangni  ko‘radi, 
bir  rang  boshqasiga  qo'shim cha  bo'lgan  rangni  his  qila- 
di.  Buning  natijasida  naturadagi  sovuq  ranglarga  issiq 
ranglar  hamisha  yo'ldoshdir.  Agar  biz  buyum ning  sirtida 
zarg'aldoq  rangni  ko‘rsak,  yonida  esa  albatta  havo  rang­
ni  sezam iz.
Issiq  va  sovuq  tuslar  tasvir  oxangdorligini  oshiradi, 
naturadagi  tabiiy  ko‘rinishni  nam oyon  etadi.
Buyumning  katta  shaklini  m odellashtirayotib,  mayda 
boMaklarini  chiza  turib,  shuni  yodda  tutish  kerakki,  katta 
shaklning  ham  yoritilgan,  ham  soyadagi  yuzasida  joy- 
lashgan  ko‘plab  kichik  shakllarda  aniqlanadigan  tusni 
oshirib  yubormaslik  kerak.  Yorug‘likda  yoki  soyada  joy- 
lashgan  mayda  shakl  tuslarining  yaqinligini  ilg‘ab  olish 
uchun,  ish  jarayonida  atrof  muhitga  bog'liq  b o ‘lmagan 
buyumlarga  e'tibor  berish  shart  emas.  Aytib  o ‘tganimizdek 
buyumlarni  yaxlit  ko‘rib,  doim o  ularni  o ‘zaro  solishtirib 
turish  zarur.  Buyumning  och  qismini  tasvirlay  turib,  qaysi 
nuqtada  u  yorug'ligi  va  rangining  eng  quyuqligi  va  qayerda 
kamroq  nam oyon  b o ‘lishini,  so ‘ngra  esa  xajmli  shaklning 
qolgan  qismida  topilgan  tus  bilan  taqqoslab  aniqlash  kerak. 
Eslatib  o ‘tam iz,  ranglarni  uch  xususiyat  b o ‘yicha  taqqos- 
laymiz:  y o r u g iig i,  rang  tusi  va  t o ‘yinganligi.  Agar  biror 
bir  rang  y o ru g iig i  bo'yicha  to ‘g ‘ri  topilib,  boshqa  xu- 
susiyatlari  aniq  b o‘lmasa,  bu  rangni  t o ‘g ‘ri  deb  bo'lm ay- 
di  —  munosabatlar  rang  tusi  va  to ‘yinganligi  b o ‘yicha 
ham  aniqlangan  b o ‘lishi  kerak.  Buyumlarni  solishtirib 
o ‘xshashligini  yoki  ularning  orasidagi  farqlarini  aniqlash 
shunday  holatda  yengillashadiki,  agar  havorang  buyumni 
boshqa  bir  tusi  o ‘zgacharoq  buyum  bilan  solishtirsak. 
Bunday  taqqoslash  bizni  sinchiklab  qarashim izni  charx-
www.ziyouz.com kutubxonasi

laydi  hamda  ulardagi  rang  tusini  aniq  ko‘rishga  ko‘mak 
beradi.
Buyumlarni  rangi  bo'yicha  taqqoslashda  yana  bir  ho- 
latni  hisobga  olish  zarur.  Ketma-ketlikdagi  rang  kontrasti 
tufayli,  kulrangning  nozik  tusi  uni  nima  bilan  qiyosla- 
shim izga  bog‘liq  b o iib ,  goh  issiq,  goh  sovuq  bo'lgan 
holda  tuyuladi.  Agar  kulrangni  qizil  rang  bilan  solishtirsak 
u  sovuq  tusda,  havorang  bilan  taqqoslasak  issiq  tusda 
ko‘rinadi.  Shu  sababli  buyumning  nozik  tusini  aniqlashda 
xolis  rangni  xolis  bilan,  issiqni  issiq  bilan,  sovuqni  so ­
vuq  bilan,  och  rangni  och  bilan,  to ‘q  rangni  to'q  bilan 
o ‘zaro  solishtirish  kerak.
Tasvirlanayotgan  buyumlarni  nafaqat  asosiy  yuqorida 
qayd  etilgan  rangning  uchta  xususiyati  b o ‘yicha,  balki 
tashqi  ko‘rinishining  aniqligi  bo'yicha  ham  taqqoslash  zarur. 
Tasvirlanayotgan  buyumlarning  chegarasi  ham m a  joyda 
ham  bir  xil  aniq  ko‘rinmaydi.  Bir  xil  joyda  buyum ning 
silueti  yaxshi  ko‘rinadi,  boshqa  joyda  esa  fon  bilan  birikib 
ketadi.  Buyumdan  tushayotgan  soyalar  chegarasi  hamma 
joyda  bir  xil  emas.  Ish  jarayonida  doim o  m unosabatlar 
bilan  fikrlash  kerak:  matoda  tasvirlanayotgan  bir  necha 
buyumlarni  naturadagi  xuddi  shu  gurux  buyumlari  bilan 
qiyoslab  borish  maqsadga  muvofiq.  Faraz  qilam izki,  bir- 
inchi  ko‘rinishdagi  buyumlar  guruxining  ranglari  ikkinchi 
ko‘rinishdagi  buyumlar  rangiga  nisbatan  juda  ham  yorqin 
va  t o ‘q  tusdadir.  Ularning  naturadagi  bu  farqlarini  sez- 
gach,  "palitra"da  ranglarni  alohida  bitta  em as,  balki  bir- 
daniga  bir  necha  rangni  munosabatlarda  tanlash  zarurdir.
Havaskor  rassom  manzara  lavhani  tasvirlayotganda  old 
ko‘rinishdan  boshlashi  ma'qul.  Agar  rang  qatlamlarini  orqa 
k o‘rinishdan  q o ‘ya  boshlasa,  uning  rang  va  tus  kuchlarini 
oshirib  yuborib,  birinchi  ko‘rinishni  bo‘rttirib  ko‘rsatishga 
b o ‘yoqlarning  kuchi  yetmaydi.
M atoning  t o ‘liq  yuzasi  b o‘yoqlar  bilan  butkul  qop- 
lanib,  m unosabatlar  t o ‘g ‘ri  olinm aguncha,  haqiqiy  ja- 
rangdor  b o ‘yoqlarni,  yorug‘lik  kuchini  va  tasvirlanayot­
gan  buyumlar  moddiyligini  his  qilib  bo‘lmaydi.  Palitradagi
www.ziyouz.com kutubxonasi

yorqin  b o ‘yoq,  hali  matodagi  yorqin  tus  emas.  Buyum ­
larning  yoritilishi  va  materialliligi  munosabatlarning  to ‘g ‘ri 
olinishiga  bog'liq,  aks  holda  yon  atrofdagi  tuslar  to'g'ri 
topilm asa  qaysidir  bir  rangning  jarangdorligiga  erishib 
b o ‘lmaydi.
Rangtasvir  ishlash  jarayonida  ranglar  m unosabatini 
to ‘g ‘ri  aniqlash  bilan  birga,  shuni  yoddan  chiqarmaslik 
kerakki,  biz  faqat  oddiy  rang  dog'lari  bilan  em as,  balki 
aniq  bir  shakl  ustida  ham  ish  olib  borayapmiz.  Ranglar 
m unosabatini  izlashdan  m aqsad,  to ‘g ‘ri  topilgan  rang 
tuslari  bilan  naturani,  uning  xajmli  shaklini  to ‘g ‘ri  top - 
ish  demakdir.  Agar  rang  buyum ning  fazoviy  joylashuvi, 
materialliligi  va  aniq  shaklini  ifoda  etmas  ekan,  u  tasvirda 
o lz  ma’nosini  y o ‘qotadi.  Och  va  to'q,  rangli  va  rangsiz 
bo‘yoq  surtmalari  ma'lum  bir  buyum  shakliga  va  obyektga 
tegishli  boMsagina,  m ateriallilik,  ranglar  uyg‘unligi  va 
koloritni  yaratadi.
Manzaraning  fazoviy  kengligini,  masalan,  faqat  havo 
perspektivasi  tufayli  ranglar  o'zgarishini  ko'rsatib  beruv- 
chi  rangli  d og‘lar  em as,  balki  yer  yuzasida  joylashgan 
narsalar  va  obyektlar:  daraxtlar,  qurilishlar,  t o ‘g ‘ri  to ‘rt- 
burchakli  va  notekis  maydonlarni  o ‘lchamlari  va  chiziqlar 
aniqligi  ranglarda  o ‘zgarib  manzaraning  fazoviy  uzoqlash- 
ishini  yaratadi.  T og‘larni,  m asalan,  ikkinchi  va  o lis  ko‘- 
rinishda  umumiy  rang  dog'Iarida  ifoda  etish  mumkin  emas. 
Rang  bilan  ularning  relefini  va  o'sim liklar  tuzilishini  tas- 
virlash  kerak.
Ishning  yakunida  natyurmort,  manzara  yoki  portret- 
ning  u  yoki  bu  joylari  kerakli  yorqinlikni  olm ay  qolgan 
b o ‘lishi  mumkin  yoki  aksincha,  xaddan  tashqari  tusi  va 
rangi  b o ‘yicha  kuchli,  um um iy  rang  tusidan  "ajralib" 
ko'rinishi  mumkin.  Yoritilgan  joylar  tusi  b o‘yicha  o ‘ta 
keskin  b o ‘lib,  qog‘oz  yoki  m ato  yuzasidan  "chiqib"  keti- 
shi  m um kin.  Ba’zan,  soyali  joylar  sezilarli  mayda  detal- 
larga  ega  b o ‘lib,  maydalashib  k o‘rinadi.  Bu  holatlarning 
hammasida  ham 
um um lashtirish  masalasi  hal  etiladi: 
mayda  boMaklarning  keskin  chegaralari  m ayinlashtiriladi,
www.ziyouz.com kutubxonasi

buyumlarning  rangdorligi  kuchaytiriladi  yoki  xiralashtiri- 
ladi,  keskin  tuslar  ochlashtiriladi  yoki  to ‘qlashtiriladi.
Umumlashtirish  bosqichida  naturaga  yaxlitligicha  qar­
ash,  hamma  narsani  birdaniga  ko'rish,  ya'ni  "tikilib  qar­
ash"  kerak.  Buyumlar  guruxining  barchasi  tarqoq  b o ‘lib 
tuyuladi,  am m o  shu  paytda  tus  m unosabatlarini,  natura 
yaxlitligini  tezroq  tushunish  mumkin.  Navbatm a-navbat 
naturaga  ham ,  etyudga  ham  yaxlit  qarash  kerak,  shunda 
qayerda  qanday  xatoga  y o ‘l  q o ‘yilganligini  ilg‘ab  olish 
mumkin.  Butunligicha,  yaxlitligicha  ko‘ra  olish  qobiliya- 
ti,  ishni  umumiydan  xususiyga  qarab  va  undan  yana  umum- 
lashtirishga  tom on  boriladi.  Ish  jarayonida  yaxlit  ko‘rish — 
rangtasvir  ishlash  m ahoratining  asosidir.  Faqatgina  shu 
malakaga  ega  b o‘lgan  rassom,  naturani  obrazli  ko‘rinishini 
to ‘g ‘ri  ifoda  etishi,  undagi  asosiy  va  har  bir  b o ‘lakning 
o ‘z  o ‘rnini  topishini,  ishning  yakuniy  darajasini  hamda 
kompozitsiyaviy  markazga  bo'ysundirishni  samarali  bajara 
oladi.
Tasvirdagi  qismlar  yig‘indisi  yaxlitga  teng  emas,  chunki 
yaxlitlik  —  bu  qismlar  yig‘indisiga  yaxlitlik,  birlik,  shu 
qism larning  bir-biriga  b o ‘ysunganligi  va  jam langanligi 
q o ‘shiladi.  Akademik  E.A.  Kibrik  tasvirlashning  yaxlitligi 
haqida  shunday  yozgan:  "Yaxlitlik  qonuniga  bo‘ysunmasdan 
turib  naturadan  na  qalamda,  na  rangda  tasvirlash  m um ­
kin  em as.  Shakl  ham ,  rang  ham  o ‘z - o ‘zidan  mavjud 
b o ‘lmaydi,  faqat  yaxlitlik  qismi  kabi  yaxlitlikka  nisbatan 
b o ‘ladi".
www.ziyouz.com kutubxonasi

8
M A N Z A R A
Q

M anzaraning  rangtasviri  —  rangtasvir  dasturining  ke- 
rakli  b o ‘limi  bo‘lib,  rassom-pedagoglarni  tayyorlash  jara- 
yonida  muhimdir.
Tabiat  benihoya  jozibali  va  g o ‘zaldir.  Quyosh  nuri  va 
atrof  muhit  cheksiz  turli  ranglarni  hosil  g'iladi.
Manzara  tasviriy  san'atning  eng  hissiyotli  janrlaridan 
biri  hisoblanadi.  G o ‘zal  manzara  asarlar  o ‘zining  nafo- 
satli  ta ’siri  bilan  insonni  ma’naviy  boyitishga  erishadi.
Ona  tabiat  q o ‘ynida  b o ‘lish  ijodiy  fikrlar  tug‘ilishi  va 
ruhlanishni  o'zgarmas  manbai  hisoblanadi.  Rassom  biror 
bir  joyni  tasvirlashda  o ‘sha  m uhitni  chuqur 
0
‘rganmay, 
tahlil  etm ay  hayolan  tasvirlasa  bu  ish  soxta  chiqib  tom o- 
shabinni  o ‘ziga  jalb  eta  olm aydi.  M untazam  ijod  etish 
rassomni  nozik  sezishga  va  tabiatni  m a’lum  holatini  rangli 
va  tusli  xususiyatlarini  to ia q o n li  yetkazishga  o'rgatadi.
Dala  am aliyotida  ijod  qilish  xona  ichkarisidagi  ishlash 
sharoitidan  farqlanadi.  Kuchli  yorugMikni  hosil  qiluvchi 
yorug‘likning  ko‘pligi,  reflekslarni  turli-tum anligi,  m an­
zara  obyektlarini  kuzatuvchidan  yiroqligi,  yoritilishning 
tezlik  bilan  almashuvi,  yil  fasli  va  ob-havoning  turli  h o- 
lati  —  buning  hammasi  yosh  rassomga  yangi  va  odatlan- 
magan  sharoitdir.
M anzara  etyudining  m uhim   afzalligi  —  tabiatning 
m a’lum  holatini,  yoritilganligini,  havoiy  muhit  ta’sirini 
m a’noli  m akonni  yetkazishdir.  Manzara  tasvirini  bunday 
sifatlariga  rassom  havo  perspektiva  qonuniyatlariga  amal 
qilish,  rang  munosabatlari  bilan  ishlash  usuli,  um um iy
www.ziyouz.com kutubxonasi

tus  va  rang  holatini  to ‘g ‘ri  topish  yordamida  erishadi. 
Manzara  obyektlari  va  narsalarni  rang,  o c h -to ‘qligi  va 
to ‘yinganligi  bo'yicha  taqqoslash,  solishtirish,  ularning 
naturadagi  farqlarini  belgilash  —  bular  etyudning  rangli 
munosabatlarini  to ‘g ‘ri  ifodalashda  asos  qilib  olinadi.
Manzara  etyudini  mahoratli  tasvirlash  —  demak  uning 
rang  munosabatlarini  naturada  ko'rinayotganday  o ‘xshatib 
bajarishdir.  Bunday  talablar  natyurmortning  rangli  tas- 
virida  ham  asos  b o ‘lgan.  Manzara  etyudining  birinchi 
m ash qlaridanoq  naturani  xaqqoniy  tasvirlash  uchun 
rangning  o c h - to ‘qligi  va  t o ‘yinganligi,  rang  m unosabat­
larini  aniq  topish  m uhim ligini  tushunish  kerak.
Manzarani  kuchli  quyosh  nuri  bilan  yoritilganlik  dara- 
jasini  rassom  teng  ravishda  palitraning  bo‘yoqlar  doirasiga 
o ‘tkazadi,  s o ‘ngra  tom osh ab in   etyuddagi  k o'rin ish n i 
absolyut  yorqinlikda  emas,  balki  naturaga  teng  ravishda 
etyuddagi  rang  m unosabatlarini  o ‘rnatilganligi  tufayli 
qabul  qiladi.
Manzarada  yoritilish  darajasi  kuch  jihatdan  ham,  rang 
jihatdan  ham juda  tez  o ‘zgaruvchandir.  U  yil  fasllariga  qar- 
ab,  bulutli  havo,  yorug‘lik  nurlarini  tushish  burchagiga 
(ertalab,  kunduzi,  kechqurun)  qarab  o ‘zgaradi.  Kunning 
qoq  peshindagi  yoritilishni  ertalabki  va  kechkiga  qaraganda 
yuz  barobar  kuchlidir.  Shuning  uchun  etyuddagi  tus  mu- 
nosabatlari  m a’lum  tusli  va  rangdorlik  darajasida  saqlanib 
turishi  kerak.  Ayrim  holatda  rang  munosabatlarini  ifodalashda 
palitraning  och  va  yorqin  b o ‘yoqlari  (quyoshli  kun), 
boshqasida  esa  kam  to ‘yingan  quyuq,  qoramtir  b o‘yoqlar 
qoMlaniladi  (bulutli  kun).  Shunday  qilib  etyud  tasvirlashda 
yoritilish  kuchi  va  umumiy  tusni  hisobga  olish  kerak.  Bun- 
ga,  avvalambor  barcha  narsalarni  yorqinligi,  ranglarni 
to‘yinganligi  bo'ysunishi  zarur.  Shuning  uchun  etyudni  tas- 
virlashga  kirishishdan  oldin  quyidagi  masalani  yechish  zarur: 
naturaning  etyudida  ko'proq  yorqin,  to ‘q  va  to ‘yingan 
dog'lar  rang  va  yorug'lik  kuchi  jixatdan  qanday  b o‘ladi. 
Shular  atrofida  etyudning  barcha  narsalari  va  obyektlari 
rang  munosabatlarida  qurilgan  bo'lishi  kerak.
www.ziyouz.com kutubxonasi

K o ‘z n in g   m oslash u vi  deb  a ta lu v c h i  (y o ru g 'lik k a  
ko'zning  sezuvchanligining  ko‘tarilishi  va  pasayishi)  nat­
ura  (tabiat)  har  xil  yoritilishda  turli  taassurotlarni  yuzaga 
keltirishi  m umkin.  Masalan,  quyosh  nurlarida  kuzatilgan 
tabiat  to ‘satdan  bulutlar  bilan  qoplanganda  barcha  ranglar 
o ‘zgarib  to'qroq  b o iib   ko'rinadi.
Manzara  etyudlarini  bajarish  jarayonida  taqqoslash  va 
m unosabatlar  bilan  ishlayotganda  naturani  yaxlit  ko'rish 
kerak,  aks  holda  naturaning  tus  va  rang  m unosabatlarini 
t o ‘g ‘ri  aniqlash  va  etyudning jozibador  ko'rinishiga  erish- 
ish  mumkin  emas.
Rangtasvir  ishlash  jarayonida  manzara  obyektlari  va 
narsalarni  yaxlit  ko‘rib  turish  m uhim .  Am aliy  ishlash 
vag'tida  birinchi  ko‘rinishni  yorq‘in  ranglarda,  keyingi 
ko'rinishlarni  esa  xiraroq  ishlash  kerak.  Faqat  yaxlit  ko'rish 
orqali  m anzaraning  perspektiv  oM chamlarini,  ularning 
turli  ko‘rinishdagi  rang  munosabatlarini  to ‘g ‘ri  aniqlash 
hamda  tasvirlashga  erishish  mumkin.
N aturaning  rang  m unosabatlarini  ifo d alayotgan d a 
ranglar  birdamligini  ham  nazarda  tutish  kerak,  u  esa  yori­
tilish  spektr  tizim ini  yaratadi.  Ertalab  naturada  oltinsi- 
mon  pushti  b o ‘yoqlar,  kechqurun  esa  sariq  zarg‘aldoq, 
bulutli  kunda  esa  neytral  kum ushsimon  ranglar  ustun  ke- 
ladi.  0 ‘rmonda  yashil  issiq  ranglar doim  ustun  turadi.  Oydin 
kechada  kulrang-xavorang  va  yashil  ranglar  kuzatiladi.
Naturadan  ishlash  jarayonida  rassom  rang  m unosabat­
larini  m utanosibligi,  umumiy  rang  va  tus  holatining  vaz- 
m inligini  kuzatib  qolm ay,  rang  koloriti  va  ranglar  gar- 
m oniyasini  yaxlitligiga  erishishi  kerak.
Kolorit  hissiyotining  tomoshabinga  ta’sir  kuchi  shun- 
da  nam oyon  b o ‘ladiki,  kartinadagi  narsalar,  obyekt  yoki 
voqea  m a’lum  yoritilish  sharoitlarida  kolorit  holatini 
haqqoniy  ifodalay  olsa.  "Kim  men  uchun  haqiqiy  kolorist 
hisoblanadi?"  —  deb  D.  Didro  o ‘zi  javob  beradi:  "Tabiat 
ranglarini  t o ‘g ‘ri  yoritilganligini  tasvirlay  olib  kartinada 
uyg‘unlikka  erisha  olgan  rassomgina".
www.ziyouz.com kutubxonasi

Plener  sharoitida  munosabatlar  bilan  ishlash  uslubi 
ko‘pchilik  m etodik  adabiyotlarda  m uallif tom onidan  yoki 
e ’tiborga  olinm aydi  yoki  aniq  tushuncha  berilm aydi, 
ko'pincha  umuman  n o to‘g ‘ri  "munosabatlar"  tushuncha- 
Download 68.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling