S. A. Karimov, sh. M. Maxmatmurodov, O. N. Karimova


Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar


Download 458.9 Kb.
bet13/75
Sana03.09.2023
Hajmi458.9 Kb.
#1672374
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   75
Bog'liq
Rivojlantirish instituti s. A. Karimov, sh. M. Maxmatmurodov, O.-www.hozir.org

Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar :
1.Quyidagi gapdan noto‘g‘ri qo‘llangan grammatik vositani toping va uni ma’quli bilan almashtiring: Ana shu azamatlarning g‘ayrat-himmatlari tufayli kanalda hozirgachayoq 300 ming kubometrga yaqin tuproq ishlari bajarib qo‘yildi. Biz govmishlarni sershira yemishlar bilan boqib, ularni qishdan betalofatsiz olib chiqdik.
2.Quyidagi gapdan noto‘g‘ri qo‘llangan leksik vositani toping va uni ma’quli bilan almashtiring: Juda ham ingichka hislar bilan o‘ralgan bunday sodda-nafis misralarni o‘qib yuqorida aytilgan fikrlarni qayta takrorlagim keldi. Sulaymon Safoyev bemor - Zulayhoni qanday davolash haqida fikrga sho‘ng‘iganida birdan telefon jiringladi.
3.Quyidagi gap mantiqi buzilgan holatni aniqlang va uni tahrir qiling: Darslardan uzrsiz sabablar bilan qoluvchi yoki uy vazifasini bajarmaydigan o‘quvchilar butunlay tugatiladi. Uxlashdan oldin uch soat ovqatlanish kerak.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar :

  1. «Nutqning to‘g‘riligi» deganda nimani tushunasiz?

  2. Nutq aniqligi talablarini tushuntirib bering.

  3. Nutqning mantiqiyligi tildan boshqa yana nimalarga bog‘liq?

  4. O‘zbek tilining tozalik darajasini izohlang.

5. Tilning ta’sirchan vositalarini badiiy adabiyot matnidan olingan misollar asosida ko‘rsating.

-43-
A D A B I Y O T L A R



1. B e g m a t o v E. O‘zbek nutqi madaniyati masalalari // O‘zbek tili va adabiyoti, 1980, 4-son.

2. Q o‘ n g‘ u r o v R.Q., K a r i m o v S.A, Q u r b o n o v T.I. O‘zbek tilining funksional stillari. – Samarqand, SamDU nashri, 1984.

3. Qo‘ n g‘ u r o v R., K a r i m o v S., Q u r b o n o v T. Nutq madaniyati asoslari, P qism. – Samarqand, SamDU nashri, 1986.

4.Sh o m a q s u d o v A. O‘zbek tili stilistikasi. –T., O‘qituvchi, 1983.


Download 458.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling