Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar :
1. O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi Qonunining quyidagi moddalarini qanday tushunishingizni yozma ravishda bayon qiling:
7-m o d d a. Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o‘zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi.
8-m o d d a. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e’lon etiladi.
9-m o d d a. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritiladi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi ta’minlanadi.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar :
Til jamiyat taraqqiyotiga qanday ta’sir etadi?
Til va tafakkur, til va nutq tushunchalarini farqlay olasizmi?
Til haqida donolar nimalar deyishgan?
Alisher Navoiyning «Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz» degan hikmatli iborasini tushuntirib bering.
A D A B I Y O T L A R :
1. A b d u l l a ye v M. Ma’naviyat va iqtisodiy tafakkur // O‘zbekiston adabiyoti va san’ati, 2000 yil 28 iyul.
2. V i n o g r a d o v V.V. Stilistika. Teoriya poeticheskoy rechi. Poetika. – M.,1963.
3. N ye ‘ m a t o v H., R a s u l o v R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. – O‘qituvchi, 1995.
4. S o d i q o v A., A b d u a z i z o v A., I r i s q u l o v M. Tilshunoslikka kirish. – O‘qituvchi, 1981.
5. X a y r u l l a ye v M., H a q b e r d i ye v M. Mantiq. – O‘qituvchi,1993.
-12-
2-MAVZU : Savodxonlik va nutq madaniyati asoslari
R e j a :
Nutq madaniyati tushunchasi.
Nutqiy madaniyatni shakllantiruvchi omillar.
Nutqiy savodxonlik o‘lchovlari.
O‘zbek nutqidagi kamchiliklar va ularni tuzatish yo‘llari.
Do'stlaringiz bilan baham: |