S. A. Karimov, sh. M. Maxmatmurodov, O. N. Karimova


Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar


Download 458.9 Kb.
bet42/75
Sana03.09.2023
Hajmi458.9 Kb.
#1672374
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   75
Bog'liq
Rivojlantirish instituti s. A. Karimov, sh. M. Maxmatmurodov, O.-www.hozir.org

Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar :
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi Farmonini o‘rganib, undan shu matn uslubiga xos bo‘lgan so‘z va iboralarni toping hamda grammatik qurilishini tushuntirib bering.
-125-
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI


F A R M O N I
Hamza nomidagi o‘zbek davlat akademik drama teatriga

«Milliy teatr» maqomini berish to‘g‘risida
Mamlakatimizda professional teatr san’atini yanada rivojlantirish, Vatanimizning boy tarixi, ajdodlarimizning o‘lmas merosini, mustaqillik yillarida erishgan ulkan yutuqlarimizni, bugungi zamonaviy qahramonlar siymosini aks ettiruvchi badiiy barkamol asarlar yaratishni rag‘batlantirish, xalqimiz ma’naviyatini yanada yuksaltirish, yosh avlod qalbi va ongiga ezgulik g‘oyalarini singdirishda teatr san’atining rolini yanada kuchaytirish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, «O‘zbekteatr» ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi, atoqli san’at namoyandalari va keng jamoatchilikning takliflarini inobatga olib, Hamza nomidagi O‘zbek davlat akademik drama teatriga «Milliy teatr» maqomi berilsin va u «O‘zbek Milliy akademik drama teatri» deb atalsin.

2. Quyidagilar O‘zbek Milliy akademik drama teatrining asosiy vazifalari etib belgilansin:

- buyuk ma’naviy merosimiz, betakror qadriyatlarimiz, o‘zbek milliy teatri an’analarini izchil davom ettirish, ularni yangi davr talablari asosida boyitib borish va rivojlantirish, bu sohadagi ilg‘or uslublarni milliy ruh bilan uyg‘unlashtirgan holda teatr san’atiga tatbiq etish;

- milliy istiqlol g‘oyalariga hamohang, badiiy jihatdan yuksak, xalqchil sahna asarlari yaratish asosida o‘zbek milliy teatr san’ati taraqqiyotiga hissa qo‘shish;

- xalqimiz, avvalo yoshlarimiz qalbida milliy g‘urur, milliy iftixor tuyg‘ularini shakllantirish, ularni ona-Vatanga muhabbat, umumbashariy qadriyatlarga hurmat, gumanizm g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash;

- iste’doli san’atkorlar, yosh aktyorlar, dramaturg va rejessyorlar, sahna san’ati mutaxassislarining salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarish uchun o‘ziga xos ijodiy maktab bo‘lib xizmat qilish;

- mamlakatimiz miqyosida o‘tkaziladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish, jahonning ilg‘or va nufuzli teatrlari bilan ijodiy muloqot va amaliy hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, xalqaro festivallarda o‘zbek teatri yutuqlarini munosib ravishda namoyish etish.

3.O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi va «O‘zbekteatr» ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi Adliya vazirligi bilan birgalikda
-126-
bir oy muddat ichida O‘zbek Milliy akademik drama teatrining Nizomini ishlab chiqib, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda «O‘zbekteatr» ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi bir oy muddatda O‘zbek Milliy akademik drama teatri xodimlari mehnatiga haq to‘lashning yangi tarif me’yorlarini ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlasin.

5. Ushbu Farmon ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.Sultonov zimmasiga yuklatilsin.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri,2001 yil 21 sentyabr



Download 458.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling