S. A. Kenjayeva tmi annotatsiya


Download 487.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana06.05.2023
Hajmi487.9 Kb.
#1435319
  1   2
Bog'liq
o-zbekiston-respublikasi-davlat-qarzini-boshqarishni-takomillashtirish-yo-llari



O’zbekiston Respublikasi davlat qarzini boshqarishni 
takomillashtirish yo’llari 
 
S.M.Gafurova 
M.S.G’ulomova 
M.R.Isakova 
N.A.Ishmanov 
S.A.Kenjayeva 
TMI 
 
Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekiston respublikasi davlat qarzini holati va 
uni samarali boshqarish masalalari o’rganilgan. 
Kalit so‘zlar: davlat krediti, davlat qarzi, ichki qarz, tasgqi qarz, qisqa va uzoq 
muddatli qarz. 
 
Ways to improve public debt management of the Republic of 
Uzbekistan 
 
S.M.Gafurova 
M.S.Gulomova 
M.R.Isakova 
N.A.Ishmanov 
S.A.Kenjayeva 
Tashkent Financial Institute 
 
Abstract: This article examines the state of the state debt of the Republic of 
Uzbekistan and the issues of its effective management. 
Keywords: public credit, public debt, domestic debt, external debt, short-term 
and long-term debt.
 
Oʻzbekiston ham 2017-yildan boshlab jahon moliya bozorlariga faol tarzda 
integratsiyalashuv jarayonlarini boshladi va xalqaro moliya tashkilotlaridan imtiyozli 
va uzoq muddatli qarzlarni jalb qilishni jadallashtirdi.
Oʻzbekiston Respublikasida Davlat qarzi qoldig‘iga qaraydigan boʻlsak, 2022-
yilning 1-yanvar holatiga davlat qarzi 26,3 mlrd. AQSH dollarni (shundan, davlat 
tashqi qarzi - 23,6 mlrd. AQSH dollar, davlat ichki qarzi - 2,7 mlrd. AQSH dollar) yoki 
yalpi ichki mahsulotga (YaIM) nisbatan 38,0 foizni tashkil etdi. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1121


Xalqaro valyuta jamgʻarmasining mamlakatlar iqtisodiyotiga bagʻishlangan 
hisobotiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining davlat qarzi bugungi kunda “moʻtadil” 
darajada hisoblanadi. 
Davlat qarzini maqroiqtisodiy barqaror darajada saqlash va uni samarali 
boshqarish yuzasidan amalga oshirilayotgan choralar hamda milliy iqtisodiyotning 
yuqori surʼatlari bilan oʻsishining taʼminlanishi natijasida 2021-yil davomida davlat 
qarzining YaIMga nisbati barqarorlashishi kuzatildi (1-jadval). 
1-jadval 
Oʻzbekiston Respublikasi davlat qarzining 2019-2021-yillardagi holati
1
Koʻrsatkichlar 
2019 
2020 
2021 
Davlat tashqi qarzi 
15,6 
21,1 
23,6 
YaIMga nisbatan foizda
27,0% 
34,4% 
34,0% 
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan jalb qilingan tashqi qarz 
qoldig‘i
10,7 
15,1 
17,0 
Davlat kafolati ostida jalb qilingan tashqi qarz qoldig‘i
4,9 
6,0 
6,6 
Davlat ichki qarzi

2,3 
2,7 
YaIMga nisbatan foizda 
3,5% 
3,9% 
4,0% 
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chiqarilgan davlat qimmatli 
qog‘ozlari boʻyicha qarz qoldig‘i (trln. soʻmda) 
1,3 
3,95 
4,7 
Davlat kafolati ostida jalb qilingan, davlat byudjetiidan 
qaytariladigan ichki qarz qoldig‘i
1,9 
1,8 
2,3 
Davlat qarzi, jami
17,6 
23,4 
26,3 
YaIMga nisbatan foizda 
30,5% 
39,0% 
38,0% 
Jadval ma’lumotlaridan koʻrinib turibdiki, 2019-yilda yalpi davlat qarzi 17,6 
mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan boʻlib, davlat tashqi qarzi YaIMning 27 foizini 
(15,6 mlrd. AQSH dollari) va ichki qarz miqdori 2 mlrd. AQSH dollari boʻlgan. 2022-
yil 1-yanvar holatiga jami davlat qarzi 2,9 mlrd. AQSH dollar ekvivalentiga yoki yil 
boshiga nisbatan 12,4 foizga oshib, joriy yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston 
Respublikasi hukumati nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan qarz qoldig‘i 
26,3 mlrd. AQSH dollari ekvivalentini yoki yalpi ichki mahsulotga (YaIM) nisbatan 
38,0 foizni tashkil etdi. Xususan, oʻtgan yil davomida davlat tashqi qarzi 2,5 mlrd. 
AQSH dollariga yoki yil boshiga nisbatan 11,8 foizga oshib, 1-yanvar holatiga 23,6 
mlrd. AQSH dollariga yoki YaIMga nisbatan 34,0 foizga yetdi.
Shundan:
✓ Hukumat nomidan jalb qilingan tashqi qarz - 17,0 mlrd. AQSH dollari;
✓ Hukumat kafolatlagan tashqi qarz - 6,6 mlrd. AQSH dollari.
Davlat ichki qarzi 2,7 mlrd. AQSH dollarini yoki YaIMga nisbatan 4,0 foizni 
tashkil etdi.
Shundan:
1
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat qarzi holati va dinamikasi sharhi ma’lumotlari asosida 
tayyorlandi. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1122


✓ Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chiqarilgan davlat qimmatli qog‘ozlari 
boʻyicha qarz qoldig‘i - 4,7 trln. soʻm;
✓ Hukumat kafolatlagan ichki qarz - 2,3 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan. 
2-rasm. Oʻzbekiston Respublikasi davlat qarzi dinamikasi (mlrd. AQSH doll.ekv.)
2
Yuqoridagi dinamikaga qaraydigan boʻlsak, 2017-yilda davlat qarzining YaIMga 
nisbati 18,7 foizni tashkil etgan boʻlsa, bu koʻrsatkich 2022-yil 1-yanvar holatiga 
deyarli ikki barobarga oshgan holda 38,0 foizni tashkil etmoqda. Xususan, davlat 
qarzining YaIMga nisbati 2021-yil boshida 39,0 foizdan (I chorak yakunida - 38,6 foiz, 
II chorakda - 38,5 foiz, III chorakda - 38,4 foiz) 2022-yilning 1-yanvar holatiga 38,0 
foizgacha pasaydi. Davlat qarzi 2021-yil davomida 2,9 mlrd. doll.ga oshgan boʻlsada, 
AQSH dollari hisobida yalpi ichki mahsulot tez suratlarda, yaʼni 9,4 mlrd. AQSH 
dollarga oʻsganligi tufayli davlat qarzining YaIMga nisbati pasaygan (2-rasm).
Endi bevosita davlat tashqi qarzining valyuta tarkibini koʻzdan kechirishimiz 
kerak. Tashqi qarzlarni rezerv valyutalar boʻyicha diversifikatsiyalash qarzlarni 
samarali boshqarishning muhim jihatlaridan hisoblanadi (3-rasm). 
3-rasm. Davlat tashqi qarzining valyuta takibi (01.01.2022-y. holatiga)
3
2
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat qarzi holati va dinamikasi sharhi ma’lumotlari asosida 
tayyorlandi. 
3
O‘zbekisto Respublikasining Davlat qarzi holati va dinamikasi sharhi ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1123


Oʻzbekiston Respublikasi davlat tashqi qarzi portfeli valyuta tarkibining 71,9 
foizi - AQSH dollari, 10,5 foizi - yapon yenasi, 8,4 foizi - SDR (maxsus qarz olish 
huquqlari), 4,6 foizi - yevro, 1,8 foizi - soʻm, 2,8 foizi - boshqa valyutalardagi tashqi 
qarz hissasiga toʻgʻri keladi.
Shuni taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati xalqaro moliya 
tashkilotlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan qarz mablag‘larini jalb qilishda 
konservativ yondashuvga va xatarlarni boshqarish tamoyillariga amal qiladi.
Davlat tashqi qarzining xalqaro moliya institutlar kesimida taqsimlanishini 
statistikasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro moliyaviy institutlaridan 
jalb qilgan tashqi qarz portfeli hajmi 10,9 mlrd. AQSH dollarini yoki davlat tashqi 
qarzining 46,3 foizini tashkil etib, mazkur kreditlar uzoq muddat (40 yilgacha) hamda 
imtiyozli foiz stavkalarida taqdim etilgan (2-jadval). 
2-jadval 
Davlat tashqi qarzining kreditorlar kesimida taqsimlanishi (01.01.2022-y. holatiga, 
mlrd. AQSH dollari)
4
XMI/XHMT 
Summa
Osiyo taraqqiyot banki 
5,2 
Jahon Banki 
4,3 
Xitoy davlat taraqqiyot banki va boshqalar 
2,2 
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi 
2,1 
Xitoy Eksimbanki 
2,0 
Xalqaro investorlar 
2,6 
Islom taraqqiyot banki 
0,9 
Yaponiya xalqaro hamkorlik banki 
0,6 
Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamg‘armasi va boshqalar 
1,0 
Boshqa xalqaro moliyaviy tashkilotlar 
2,7 
Xalqaro moliya institutlaridan (XMI) jalb qilingan davlat tashqi qarzi 
qoldig‘ining asosiy qismi Osiyo taraqqiyot banki (5,2 mlrd. AQSH dollari), Jahon 
banki (4,3 mlrd. AQSH dollari) va Islom taraqqiyot banki (0,9 mlrd. AQSH dollari) 
hissasiga toʻg‘ri keladi. 
Qayd etish joizki, davlat tashqi qarzining manbalari diversifikatsiyasi 
ta’minlangan boʻlib, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (XHMT) hissasiga davlat 
tashqi qarzi qoldig‘ining 10,1 mlrd. AQSH dollari yoki 42,6 foizi toʻg‘ri keladi. 
Oʻzbekiston Respublikasining asosiy kreditorlari Xitoy davlat taraqqiyot banki, 
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi, Xitoy eksimbanki va boshqa hukumatlarning 
xorijiy moliya tashkilotlari hissasiga toʻg‘ri kelib, asosan turli investitsion dasturlarni 
davlat kafolatlari ostida moliyalashtirilishi uchun qarz mablag‘lari jalb etilgan. 
4
O‘zbekisto Respublikasining Davlat qarzi holati va dinamikasi sharhi ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1124


Kreditorlar oldidagi qarzdorlik boʻyicha xarajatlar davlat korxonalari tomonidan 
investitsion loyihalarni moliyalashtirish natijasida tushgan mablag‘lar hisobidan 
soʻndirilishi koʻzda tutilganligini ham alohida qayd etishimiz kerak. 
4-rasm. Davlat tashqi qarzining iqtisodiy tarmoqlar kesimida taqsimlanishi, mlrd. 
AQSh dollarida (01.01.2022-y. holatiga)
5
2021 yil yakunlari boʻyicha jami davlat tashqi qarzining 25 foizi yoki 5,9 mlrd. 
AQSH dollari davlat byudjetini qoʻllab quvvatlashga, 13,1 foizi yoki 3,1 mlrd. AQSH 
dollari elektr-energetika sohasiga, 12,3 foizi yoki 2,9 mlrd. AQSH dollari energetika 
sohasiga, transport va transport infratuzilmasi sohasiga esa tashqi qarzning 11 foizi 
yoxud 2,6 mlrd. AQSh dollari yoʻnaltirilgan (4-rasm). 
Oʻzbekiston Respublikasining davlat tashqi qarzi tarkibiga qaraydigan boʻlsak, 
hukumatning xalqaro investorlardan suveren yevrobligatsiyalar chiqarish orqali jalb 
qilgan mablag‘lari ham mavjudligiga guvoh boʻlamiz. 2019-yilda ilk bor 
mamlakatimiz xalqaro reyting agentliklari tomonidan suveren kredit reytingini qoʻlga 
kiritdi hamda bu oʻz navbatida Oʻzbekistonning xalqaro moliya bozorlarida 
qatnashish, moliyaviy resurslar jalb qilishda muhim qadam boʻldi. 
2019-yilning 13-fevralida umumiy hajmi 1 mlrd. AQSH dollari miqdorida 5 va 
10 yil muddatlarda respublikaning ilk suveren xalqaro obligatsiyalari London 
qimmatbaho qog‘ozlari bozorida (London Stock Exchange) muvaffaqiyatli 
joylashtirildi va bu xalqaro investorlar tomonidan ijobiy qabul qilindi (3-jadval). Shu 
oʻrinda alohida taʼkidlash joizki, mamlakatimizda yetarli darajada fiskal zaxiralar 
mavjudligi va makroiqtisodiy barqarorlik taʼminlanayotgan bir vaqtda suveren xalqaro 
obligatsiyalarini chiqarishda qoʻshimcha mablag‘larga ehtiyoj yoki byudjet defitsitini 
qoplash emas, balki quyidagi strategik maqsadlar belgilangan:
- mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini xalqaro investorlarga batafsil namoyish 
etish;
- Oʻzbekiston Respublikasi uchun bozorda “benchmark” yaratib, investitsiya 
loyihalarini mustaqil ravishda moliyalashtirishga oʻtkazish. 
5
O‘zbekisto Respublikasining Davlat qarzi holati va dinamikasi sharhi ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1125


3-jadval 
2019-2021 yillarda Xalqaro moliya bozorlarida joylashtirilgan xalqaro obligatsiya 
(yevrobond)lar toʻg‘risida ma’lumot
6
№ 
Miqdori 
Muddati 
Kupon foizi 
Joylashtirish sanasi 
Soʻndirish sanasi 

2.0 trln. soʻm 
(~192.5 mln. AQSH doll.) 
3 yil 
14.5% 
25.11.2020 
25.11.2023 

2.5 trln. soʻm 
(~235.4 mln. AQSH doll.) 
3 yil 
14.0% 
19.07.2021 
19.07.2024 

500 mln. AQSH doll. 
5 yil 
4.75% 
20.02.2019 
20.02.2024 

500 mln. AQSH doll. 
10 yil 
5.375% 
20.02.2019 
20.02.2029 

555 mln. AQSH doll. 
10 yil 
3.7% 
25.11.2020 
25.11.2030 

635 mln. AQSH doll. 
10 yil 
3.9% 
19.07.2021 
19.10.2031 
3-jadval ma’lumotlaridan koʻrinib turibdiki, hozirgi vaqtgacha Oʻzbekiston 
Respublikasi jahon moliya bozorlaridagi vaziyatdan kelib chiqib 3 marotaba xalqaro 
moliya bozorlariga oʻz yevroobligatsiyalarini xorijiy va milliy valyutada chiqardi. 
Ikkinchi bor Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020-yil 25-noyabrda London 
Fond birjasiga 10 yillik muddat bilan 555 mln. AQSH dollar va 2 trln. soʻm 
miqdoridagi milliy valyutadagi suveren xalqaro obligatsiyalarni joylashtirdi. Savdolar 
ochilgandan soʻng 10 yillik dollardagi transh 3,70 foiz kupon bilan (dastlabki foiz 
stavkasidan 0,55 foiz past) va 3 yillik oʻzbek soʻmidagi transh 14,50 foiz kupon bilan 
(dastlabki foiz stavkasidan 0,75 foiz past) sotildi. Moliya vazirligi tomonidan xalqaro 
obligatsiyalarning, ayniqsa ilk bora milliy valyutada, muvaffaqiyatli joylashtirilishi 
mamlakatimizda olib borilayotgan tizimli islohotlar xalqaro investorlar tomonidan 
ijobiy baholanayotganligini va Oʻzbekiston Respublikasining istiqboliga ishonch oshib 
borayotganligidan dalolat beradi. Shundan soʻng, 2021-yil 12-iyul kuni Oʻzbekiston 
Respublikasining navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalari ikki transhda: 635 mln. 
AQSH dollar miqdoridagi 10 yillik obligatsiyalar - 3,9 foiz va oʻzbek soʻmida - 2,5 
trln. soʻm miqdoridagi 3 yillik obligatsiyalar - 14,0 foiz stavkasi bilan xalqaro moliya 
bozorlarida joylashtirildi. 
Yuqoridagi ma’lumotlardan koʻrinib turibdiki, Oʻzbekiston Respublikasining 
suveren xalqaro obligatsiyalari jahon moliya bozorlarida katta qiziqish bilan kutib 
olingan va narxlari ham nominaliga nisbatan yuqoriroq boʻlganligini kuzatishimiz 
mumkin. Biroq, koronavirus pandemiyasi va global inqiroz sharoitida eng xavfsiz 
hisoblangan aktivlar narxida ham jiddiy qulashlar sodir boʻldi, shu jumladan 
koronavirus tarqalishi eng yuqoriga chiqqan paytda, iqtisodiy faollik ongli ravishda 
pasaygan paytda suveren yevrobondlarimiz narxi ham keskin qulaganini koʻrishimiz 
mumkin. Shuningdeek, Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi urush ham global miqyosda 
oziq-ovqat va energiya resurslari narxlarining misli koʻrilmagan darajada 
koʻtarilishiga, kollektiv g‘arb mamlakatlarining Rossiyaga nisbatan jiddiy iqtisodiy va 
siyosiy sanksiyalari fonida esa iqtisodiyoti Rossiya bilan bog‘langan mamlakatlar 
6
O‘zbekiston Respublikasining Davlat qarzi holati va dinamikasi sharhi ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1126


iqtisodiyotiga, xususan Oʻzbekistonning xalqaro obligatsiyalarining narxlarining 
tushushiga olib keldi (5-rasm). 
5-rasm. Oʻzbekiston Respublikasi suveren obligatsiyalarining nominal qiymatiga 
nisbatan narxlari
7
4-jadval 
Davlat korxonalari va banklari tomonidan moliya bozorlarda joylashtirilgan 
korporativ xalqaro obligatsiyalar toʻg‘risida ma’lumot
8
№ 
Emitent 
Miqdori 
Muddati 
Kupon 
foizi 
Joylashtirish 
sanasi 

“Uzsanoatqurilishbank” ATB 
300 mln. AQSH doll. 
5 yil 
5,75% 
02.12.2019 

“Milliy bank” AJ 
300 mln. AQSH doll. 
5 yil 
4,85% 
14.10.2020 

“Ipoteka bank” ATIB 
300 mln. AQSH doll. 
5 yil 
5,50% 
19.11.2020 
785 mlrd. soʻm (~75 
mln. AQSH doll) 
3 yil 
16,00% 
16.04.2021 

“UzAuto Motors” AJ 
300 mln. AQSH doll. 
5 yil 
4,85% 
04.05.2021 

“UzNeftgaz” AJ 
700 mln. AQSH doll. 
7 yil 
4,75% 
16.11.2021 
Koʻrib turganimizdek, davlat korxonalari va banklari tomonidan xalqaro 
meʼyorlar va talablar asosida oʻz moliyaviy hisobotlarining shaffofligini taʼminlash, 
“Fitch”, “S&P” va “Moodyʻs” xalqaro reyting agentliklari bilan hamkorlikni yoʻlga 
qoʻygan holda xalqaro kredit reytingini olinishi natijasida 2019-2021-yillarda 
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB, “Milliy bank” AJ, “Ipoteka bank” ATIB, “UzAuto 
Motors” AJ va “OʻzNeftegaz” AJ tomonidan umumiy hajmi qariyb 2 mlrd. AQSH 
dollarlik mablagʻlar xalqaro obligatsiyalar chiqarish orqali jahon bozoridan jalb qilindi 
(4-jadval). Xorijiy tajribadan koʻrinib turibdiki, qarzlarni maqroiqtisodiy darajada 
xavfsiz darajada saqlab turish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Qarzlarni samarali boshqarishda ularga cheklov qoʻyish amaliyoti mavjud boʻlib, 
qudratli AQSHda ham Kongress tomonidan har yili davlat qarziga limit (debt ceiling) 
belgilanadi. Xususan, Oʻzbekistonda ham davlat tashqi qarziga limit belgilash 
amaliyoti 2020-yilda paydo boʻldi va shu yil uchun tashqi qarz bitimlari 5,5 mlrd. 
7
“Bloomberg” terminali ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 
8
www.mf.uz – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1127


AQSH dollaridan oshmasligi qonun bilan belgilandi. Eng e’tiborli jihati, Oliy Majlis 
tomonidan tasdiqlangan Qonunlarda 2021-yil va 2022-yil uchun limitlar hajmi 
kamayish tendensiyasini kuzatishimiz mumkin hamda mos ravishda 5 va 4,5 mlrd. 
AQSH dollarini tashkil etdi (6-rasm). 
6-rasm. Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va davlat kafolati ostida imzolangan 
tashqi qarz bitimlari hajmi
9
Rivojlangan davlatlar tajribasiga qaraydigan boʻlsak, ularning davlat qarzining 
juda katta ulushi oʻz valyutasida va oʻz fuqarolariga berilganiga guvoh boʻlamiz. Shu 
jihatdan Oʻzbekistonda ham birinchi navbatda ichki qimmatli qog‘ozlar bozorimizni 
jozibadorligin oshirish va an’anaviy banklarga raqobatbardosh boʻla oladigan erkin va 
foydali platforma yaratish biz uchun oʻta muhim boʻlgan masaladir. Bu yoʻnalishda 
davlat qimmatli qog‘ozlarining chiqarila boshlangani va ularning nafaqat yuridik 
shaxslarga balki rezident jismoniy va norezident investorlarga sotilayotgani nafaqat 
milliy valyutamizning jahon bozoriga chiqishga yordam beradi, balki fuqarolar uchun 
muqobil investitsiya imkoniyatlarini ham yaratadi (7-rasm). 
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2018-yilda ilk bor 3 ta 
auksionda 597,1 mldr.soʻm, 2019-yilda 15 ta auksionda 1550 mldr.soʻm, 2020-yilda 
22 ta auksionda 5024 mldr.soʻm va 2021-yilda 64 ta auksionda 4866,3 mlrd.soʻm (sof 
4144,4 mldr.soʻm) davlat qimmatli qogʻozlari joylashtirildi. Oʻzbekiston 
Respublikasining “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti 
toʻgʻrisida”gi Qonunida 2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi nomidan 
chiqariladigan davlat qimmatli qogʻozlarining cheklangan sof hajmi 6,0 trln. soʻm 
miqdorida belgilandi. 
9
O‘zbekisto Respublikasining Davlat qarzi holati va dinamikasi sharhi ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1128


7-rasm. 2018-2022-yillarda davlat qimmatli qog‘ozlarining joylashtirilish hajmlari 
(mlrd. soʻmda)
10
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PF-6207-son 
“Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini 
taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-
fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasining davlat gʻaznachilik majburiyatlari va 
obligatsiyalarini muomalaga chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 
2018-yil 14-dekabrdagi 1016-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish 
toʻgʻrisidagi 82-sonli Qarori tasdiqlandi. Ushbu qarorga muvofiq davlat qimmatli 
qogʻozlarini Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari (shu jumladan, jismoniy shaxslar) 
va norezidentlari sotib olishlari mumkinligi belgilanmoqda. Shu vaqtga qadar, DQQni 
jismoniy shaxslar va norezidentlar oʻrtasida joylashtirilishi nazarda tutilmagan edi. 
Qayd etish joizki, Moliya vazirligi tomonidan davlat qarzi portfelini 
diversifikatsiyalash va valyuta xatarlarini pasaytirish maqsadida DQQ chiqarish 
hajmini oshirish va ikkilamchi bozorni rivojlantirish choralari koʻrilmoqda.
Davlat ichki qarzlarini ham diversifikatsiyalash maqsadida xalqaro ekspertlar 
tavsiyasiga binoan DQQ bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari doirasida 2021-yilda 
ilk marotaba 5 yillik DQQ (100 mlrd. soʻm hajmda 14 foiz yillik kupon toʻlovi bilan) 
va 2022-yilda 10 yillik DQQ (10 mlrd. soʻm hajmda 15 foiz yillik kupon toʻlovi bilan) 
muomalaga chiqarildi. 
Davlat qimmatli qog‘ozlarining jozibadorligini oshirish maqsadida Xalqaro 
Valyuta Fondi bilan hamkorlikda yangi mexanizmlar, inflyatsiyaga bog‘langan 
DQQlarni chiqarish amaliyoti joriy qilinmoqda. Bundan tashqari, Oʻzbekistonda 
davlat qimmatli qog‘ozlari bozori xorijiy investorlar va jismoniy shaxslar uchun ochib 
berilmoqda. Yana e’tiborli jihati shundaki, davlat qimmatli qog‘ozlarining 
joylashtirilishi muddatlar boʻyicha ham diversifikatsiya qilinib, uzoq muddatli 5 va 10 
yillik obligatsiyalar ham sotilmoqda. 
10
www.mf.uz – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1129


Davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarishdan olingan tushumlar:
✓ davlat byudjeti taqchilligini qoplash uchun;
✓ mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi boʻyicha chora-tadbirlar, 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilanadigan yirik 
investitsiya loyihalari va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun yoʻnaltiriladi. 
DQQ chiqarish grafigini oldindan eʼlon qilish amaliyoti joriy etildi va shu 
grafikka asosan auksionlar har hafta seshanba kunining birinchi yarmida oʻtkazib 
kelinmoqda hamda hozirgi paytda tijorat banklari ushbu davlat qimmatli 
qog‘ozlarining asosiy xaridori boʻlib, savdolar Oʻzbekiston Respublikasining valyuta 
birjasida onlayn auksionlarda qizg‘in takliflar asosida oʻrtacha tortilgan daromadlilik 
va boshqa muhim koʻrsatkichlar aniqlanib kelmoqda (5-jadval). 
5-jadval 
2022-yil yanvar-mart oylaridagi davlat qimmatli qog‘ozlarining joylashtirilishi 
toʻg‘risida ma’lumot
11
Joylashtirish davri 
Muomala 
davri 
E’lon qilingan DQQning 
umumiy hajmi (mlrd. 
soʻm) 
Oʻrtacha 
tortilganlik 
daromadlik 
Sotilgan DQQning 
hajmi (mlrd. soʻm) 
11.01.2022 
6 oy 
50,0 
12,98% 
50,0 
18.01.2022 
6 oy 
50,0 
12,82% 
50,0 
25.01.2022 
5 yil 
200,0 
14,50% 
200,0 
25.01.2022 
10 yil 
200,0 
15,00% 
10,0 
01.02.2022 
12 oy 
200,0 
14,00% 
200,0 
01.02.2022 
6 oy 
50,0 
13,98% 
50,0 
08.02.2022 
6 oy 
50,0 
13,83% 
50,0 
15.02.2022 
6 oy 
50,0 
13,99% 
49,2 
22.02.2022 
2 yil 
300,0 
13,98% 
271,0 
22.02.2022 
6 oy 
50,0 
13,98% 
50,0 
Jadval ma’lumotlaridan koʻrinib turibdiki, 2022-yilning dastlabki uch oyida 
2018-yilgi auksionlarning sonidan 3 marotaba koʻproq, ya’ni 10 ta auksionda jami 
980,2 mlrd. soʻmlik davlat qimmatli qog‘ozlari sotilganini koʻrishimiz mumkin. 
Auksionlarda davlat qimmatli qog‘ozlarining oʻrtacha tortilgan daromadliligi 13-14 
foizni tashkil etib, asosan tijorat banklari uchun likvid mablag‘lar sifatida 
ishlatilmoqda. Bu yildan boshlan rezident fuqarolar va norezident investorlarga ham 
ushbu qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va ikkilamchi bozorda savdo qilish orqali passiv 
daromadga ega boʻlishlari uchun imkoniyat yaratilmoqda. 
Davlat qimmatli qog‘ozlarining muddatlari boʻyicha tarkibida 1 yilgacha boʻlgan 
qimmatli qog‘ozlarning ulushi mutloq dominantlikni, ya’ni barcha DQQning 65,4 
foizini egallab turgan boʻlsa, keyingi oʻrinlarda mos ravishda 2 yillik obligatsiyalar 
(15,4 foiz) va 3 yillik obligatsiyalar (9,8 foiz) ni tashkil etgan (8-rasm). 
11
www.mf.uz – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1130


8-rasm. Davlat qimmatli qog‘ozlarining soʻndirish muddati boʻyicha tarkibi 
(01.01.2022-y. holatiga)
12
Davlat ichki qarz qoldig‘ining yana bir qismini hukumat kafolatlagan ichki qarz 
tashkil etishidan xabarimiz bor. Davlat tomonidan ichki mablagʻni jalb qilish 
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlaridan mablagʻlarni jalb etish boʻlib, bu mablagʻlar 
boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining qarz oluvchi yoki qarz oluvchi-rezidentlarning 
kreditlarini (qarzlarini) toʻlashga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga keladi. 
6-jadval 
Davlat kafolatlagan ichki qarzi qoldigʻi (01.07.2019-y. holatiga, mln. AQSH 
dollari)
13
№ 
Qarzdor tashkilot nomi 
Qarzdorlik qoldig‘i 

“Oʻzbekneftgaz” AJ 
1 473,7 

“Oʻzbekenergo” AJ 
832,5 

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ 
598,9 

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 
597,3 

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” AJ 
521,2 

“Navoiyazot” AJ 
408,9 

Navoiy kon-metallurgiya kombinati 
343,8 

“Oʻzkimyosanoat” AJ 
97,6 

“Toshshahartransxizmat” uyushmasi 
39,2 
10 
Milliy teleradiokompaniyasi 
25,4 
11 
Suv xoʻjaligi vazirligi 
21,3 
12 
“Oʻzbekgidroenergo” AJ 
18,7 
13 
“Xorazm trolleybus boshqarmasi” davlat tashkiloti 
1,9 
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ichki qarzining salmoqli ulushini Oʻzbekiston 
Respublikasining Tiklanish va Taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan davlat ulushiga ega 
korxonalarga ajratilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan 
kafolatlangan xorijiy valyutadagi kreditlar tashkil etadi. Mazkur kreditlar iqtisodiyotni 
rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini, shu jumladan rivojlanish davlat dasturlarini 
moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilgan. 
6-jadval ma’lumotlaridan koʻrishimiz mumkinki, davlat tomonidan ichki qarz eng 
katta miqdordagi kafolat “Oʻzbekneftegaz” AJga berilgan boʻlib, uning hajmi qariy 1,5 
12
O‘zbekisto Respublikasining Davlat qarzi holati va dinamikasi sharhi ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 
13
www.mf.uz – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1131


mlrd. AQSH dollariga teng. “Oʻzbekenergo” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya 
kombinati” AJga mos ravishda 832,5 mln. AQSH dollari va 598,9 mln. AQSH dollari 
hajmidagi kafolatlar berilganini koʻrishimiz mumkin. Eng kam kafolat berilgan davlat 
ulushi bor korxonalarga esa “Oʻzbekgidroenergo” AJ (18,7 mln. AQSH dollari) va 
“Xorazm trolleybus boshqarmasi” davlat tashkiloti (1,9 mln. AQSH dollari) misol 
boʻlishi mumkin. 
Davlat ichki qarzi boʻyicha limitlar oʻrnatish davlat qarzining barqarorligini 
saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan 2021-yilda ichki majburiyatlar 
boʻyicha davlat kafolati taqdim etilmaganligi ayni muddao boʻldi deyishimiz mumkin, 
chunki davlat ulushi mavjud korxonalarga kafolatlar berish amaliyoti ularni 
izlanishdan, raqobat bilan yuzlashishdan toʻsib turadi hamda zarar bilan ishlayotgan 
boʻlsa ham bizni orqamizda davlat bor degan notoʻg‘ri steriotipni shakllanishiga olib 
kelishi mumkin. Natijada, davlat korxonalari va banklari oʻz loyihalarini 
moliyalashtirish uchun, transformatsiya jarayonlariga muvofiq, jahon moliya 
bozorlarida davlat kafolatisiz mablagʻ jalb qilishga oʻtkazilmoqda. 

Download 487.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling