S. A. Kenjayeva tmi annotatsiya
Download 487.9 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqo-zbekiston-respublikasi-davlat-qarzini-boshqarishni-takomillashtirish-yo-llari
O’zbekiston Respublikasi davlat qarzini boshqarishni takomillashtirish yo’llari S.M.Gafurova M.S.G’ulomova M.R.Isakova N.A.Ishmanov S.A.Kenjayeva TMI Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekiston respublikasi davlat qarzini holati va uni samarali boshqarish masalalari o’rganilgan. Kalit so‘zlar: davlat krediti, davlat qarzi, ichki qarz, tasgqi qarz, qisqa va uzoq muddatli qarz. Ways to improve public debt management of the Republic of Uzbekistan S.M.Gafurova M.S.Gulomova M.R.Isakova N.A.Ishmanov S.A.Kenjayeva Tashkent Financial Institute Abstract: This article examines the state of the state debt of the Republic of Uzbekistan and the issues of its effective management. Keywords: public credit, public debt, domestic debt, external debt, short-term and long-term debt. Oʻzbekiston ham 2017-yildan boshlab jahon moliya bozorlariga faol tarzda integratsiyalashuv jarayonlarini boshladi va xalqaro moliya tashkilotlaridan imtiyozli va uzoq muddatli qarzlarni jalb qilishni jadallashtirdi. Oʻzbekiston Respublikasida Davlat qarzi qoldig‘iga qaraydigan boʻlsak, 2022- yilning 1-yanvar holatiga davlat qarzi 26,3 mlrd. AQSH dollarni (shundan, davlat tashqi qarzi - 23,6 mlrd. AQSH dollar, davlat ichki qarzi - 2,7 mlrd. AQSH dollar) yoki yalpi ichki mahsulotga (YaIM) nisbatan 38,0 foizni tashkil etdi. "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 1121 Xalqaro valyuta jamgʻarmasining mamlakatlar iqtisodiyotiga bagʻishlangan hisobotiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining davlat qarzi bugungi kunda “moʻtadil” darajada hisoblanadi. Davlat qarzini maqroiqtisodiy barqaror darajada saqlash va uni samarali boshqarish yuzasidan amalga oshirilayotgan choralar hamda milliy iqtisodiyotning yuqori surʼatlari bilan oʻsishining taʼminlanishi natijasida 2021-yil davomida davlat qarzining YaIMga nisbati barqarorlashishi kuzatildi (1-jadval). 1-jadval Oʻzbekiston Respublikasi davlat qarzining 2019-2021-yillardagi holati 1 Koʻrsatkichlar 2019 2020 2021 Davlat tashqi qarzi 15,6 21,1 23,6 YaIMga nisbatan foizda 27,0% 34,4% 34,0% Oʻzbekiston Respublikasi nomidan jalb qilingan tashqi qarz qoldig‘i 10,7 15,1 17,0 Davlat kafolati ostida jalb qilingan tashqi qarz qoldig‘i 4,9 6,0 6,6 Davlat ichki qarzi 2 2,3 2,7 YaIMga nisbatan foizda 3,5% 3,9% 4,0% Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chiqarilgan davlat qimmatli qog‘ozlari boʻyicha qarz qoldig‘i (trln. soʻmda) 1,3 3,95 4,7 Davlat kafolati ostida jalb qilingan, davlat byudjetiidan qaytariladigan ichki qarz qoldig‘i 1,9 1,8 2,3 Davlat qarzi, jami 17,6 23,4 26,3 YaIMga nisbatan foizda 30,5% 39,0% 38,0% Jadval ma’lumotlaridan koʻrinib turibdiki, 2019-yilda yalpi davlat qarzi 17,6 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan boʻlib, davlat tashqi qarzi YaIMning 27 foizini (15,6 mlrd. AQSH dollari) va ichki qarz miqdori 2 mlrd. AQSH dollari boʻlgan. 2022- yil 1-yanvar holatiga jami davlat qarzi 2,9 mlrd. AQSH dollar ekvivalentiga yoki yil boshiga nisbatan 12,4 foizga oshib, joriy yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasi hukumati nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan qarz qoldig‘i 26,3 mlrd. AQSH dollari ekvivalentini yoki yalpi ichki mahsulotga (YaIM) nisbatan 38,0 foizni tashkil etdi. Xususan, oʻtgan yil davomida davlat tashqi qarzi 2,5 mlrd. AQSH dollariga yoki yil boshiga nisbatan 11,8 foizga oshib, 1-yanvar holatiga 23,6 mlrd. AQSH dollariga yoki YaIMga nisbatan 34,0 foizga yetdi. Shundan: ✓ Hukumat nomidan jalb qilingan tashqi qarz - 17,0 mlrd. AQSH dollari; ✓ Hukumat kafolatlagan tashqi qarz - 6,6 mlrd. AQSH dollari. Davlat ichki qarzi 2,7 mlrd. AQSH dollarini yoki YaIMga nisbatan 4,0 foizni tashkil etdi. Shundan: 1 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat qarzi holati va dinamikasi sharhi ma’lumotlari asosida tayyorlandi. "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 1122 ✓ Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chiqarilgan davlat qimmatli qog‘ozlari boʻyicha qarz qoldig‘i - 4,7 trln. soʻm; ✓ Hukumat kafolatlagan ichki qarz - 2,3 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan. 2-rasm. Oʻzbekiston Respublikasi davlat qarzi dinamikasi (mlrd. AQSH doll.ekv.) 2 Yuqoridagi dinamikaga qaraydigan boʻlsak, 2017-yilda davlat qarzining YaIMga nisbati 18,7 foizni tashkil etgan boʻlsa, bu koʻrsatkich 2022-yil 1-yanvar holatiga deyarli ikki barobarga oshgan holda 38,0 foizni tashkil etmoqda. Xususan, davlat qarzining YaIMga nisbati 2021-yil boshida 39,0 foizdan (I chorak yakunida - 38,6 foiz, II chorakda - 38,5 foiz, III chorakda - 38,4 foiz) 2022-yilning 1-yanvar holatiga 38,0 foizgacha pasaydi. Davlat qarzi 2021-yil davomida 2,9 mlrd. doll.ga oshgan boʻlsada, AQSH dollari hisobida yalpi ichki mahsulot tez suratlarda, yaʼni 9,4 mlrd. AQSH dollarga oʻsganligi tufayli davlat qarzining YaIMga nisbati pasaygan (2-rasm). Endi bevosita davlat tashqi qarzining valyuta tarkibini koʻzdan kechirishimiz kerak. Tashqi qarzlarni rezerv valyutalar boʻyicha diversifikatsiyalash qarzlarni samarali boshqarishning muhim jihatlaridan hisoblanadi (3-rasm). 3-rasm. Davlat tashqi qarzining valyuta takibi (01.01.2022-y. holatiga) 3 2 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat qarzi holati va dinamikasi sharhi ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 3 O‘zbekisto Respublikasining Davlat qarzi holati va dinamikasi sharhi ma’lumotlari asosida tayyorlandi. "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 1123 Oʻzbekiston Respublikasi davlat tashqi qarzi portfeli valyuta tarkibining 71,9 foizi - AQSH dollari, 10,5 foizi - yapon yenasi, 8,4 foizi - SDR (maxsus qarz olish huquqlari), 4,6 foizi - yevro, 1,8 foizi - soʻm, 2,8 foizi - boshqa valyutalardagi tashqi qarz hissasiga toʻgʻri keladi. Shuni taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan qarz mablag‘larini jalb qilishda konservativ yondashuvga va xatarlarni boshqarish tamoyillariga amal qiladi. Davlat tashqi qarzining xalqaro moliya institutlar kesimida taqsimlanishini statistikasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro moliyaviy institutlaridan jalb qilgan tashqi qarz portfeli hajmi 10,9 mlrd. AQSH dollarini yoki davlat tashqi qarzining 46,3 foizini tashkil etib, mazkur kreditlar uzoq muddat (40 yilgacha) hamda imtiyozli foiz stavkalarida taqdim etilgan (2-jadval). 2-jadval Davlat tashqi qarzining kreditorlar kesimida taqsimlanishi (01.01.2022-y. holatiga, mlrd. AQSH dollari) 4 XMI/XHMT Summa Osiyo taraqqiyot banki 5,2 Jahon Banki 4,3 Xitoy davlat taraqqiyot banki va boshqalar 2,2 Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi 2,1 Xitoy Eksimbanki 2,0 Xalqaro investorlar 2,6 Islom taraqqiyot banki 0,9 Yaponiya xalqaro hamkorlik banki 0,6 Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamg‘armasi va boshqalar 1,0 Boshqa xalqaro moliyaviy tashkilotlar 2,7 Xalqaro moliya institutlaridan (XMI) jalb qilingan davlat tashqi qarzi qoldig‘ining asosiy qismi Osiyo taraqqiyot banki (5,2 mlrd. AQSH dollari), Jahon banki (4,3 mlrd. AQSH dollari) va Islom taraqqiyot banki (0,9 mlrd. AQSH dollari) hissasiga toʻg‘ri keladi. Qayd etish joizki, davlat tashqi qarzining manbalari diversifikatsiyasi ta’minlangan boʻlib, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (XHMT) hissasiga davlat tashqi qarzi qoldig‘ining 10,1 mlrd. AQSH dollari yoki 42,6 foizi toʻg‘ri keladi. Oʻzbekiston Respublikasining asosiy kreditorlari Xitoy davlat taraqqiyot banki, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi, Xitoy eksimbanki va boshqa hukumatlarning xorijiy moliya tashkilotlari hissasiga toʻg‘ri kelib, asosan turli investitsion dasturlarni davlat kafolatlari ostida moliyalashtirilishi uchun qarz mablag‘lari jalb etilgan. 4 O‘zbekisto Respublikasining Davlat qarzi holati va dinamikasi sharhi ma’lumotlari asosida tayyorlandi. "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 1124 Kreditorlar oldidagi qarzdorlik boʻyicha xarajatlar davlat korxonalari tomonidan investitsion loyihalarni moliyalashtirish natijasida tushgan mablag‘lar hisobidan soʻndirilishi koʻzda tutilganligini ham alohida qayd etishimiz kerak. 4-rasm. Davlat tashqi qarzining iqtisodiy tarmoqlar kesimida taqsimlanishi, mlrd. AQSh dollarida (01.01.2022-y. holatiga) 5 2021 yil yakunlari boʻyicha jami davlat tashqi qarzining 25 foizi yoki 5,9 mlrd. AQSH dollari davlat byudjetini qoʻllab quvvatlashga, 13,1 foizi yoki 3,1 mlrd. AQSH dollari elektr-energetika sohasiga, 12,3 foizi yoki 2,9 mlrd. AQSH dollari energetika sohasiga, transport va transport infratuzilmasi sohasiga esa tashqi qarzning 11 foizi yoxud 2,6 mlrd. AQSh dollari yoʻnaltirilgan (4-rasm). Oʻzbekiston Respublikasining davlat tashqi qarzi tarkibiga qaraydigan boʻlsak, hukumatning xalqaro investorlardan suveren yevrobligatsiyalar chiqarish orqali jalb qilgan mablag‘lari ham mavjudligiga guvoh boʻlamiz. 2019-yilda ilk bor mamlakatimiz xalqaro reyting agentliklari tomonidan suveren kredit reytingini qoʻlga kiritdi hamda bu oʻz navbatida Oʻzbekistonning xalqaro moliya bozorlarida qatnashish, moliyaviy resurslar jalb qilishda muhim qadam boʻldi. 2019-yilning 13-fevralida umumiy hajmi 1 mlrd. AQSH dollari miqdorida 5 va 10 yil muddatlarda respublikaning ilk suveren xalqaro obligatsiyalari London qimmatbaho qog‘ozlari bozorida (London Stock Exchange) muvaffaqiyatli joylashtirildi va bu xalqaro investorlar tomonidan ijobiy qabul qilindi (3-jadval). Shu oʻrinda alohida taʼkidlash joizki, mamlakatimizda yetarli darajada fiskal zaxiralar mavjudligi va makroiqtisodiy barqarorlik taʼminlanayotgan bir vaqtda suveren xalqaro obligatsiyalarini chiqarishda qoʻshimcha mablag‘larga ehtiyoj yoki byudjet defitsitini qoplash emas, balki quyidagi strategik maqsadlar belgilangan: - mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini xalqaro investorlarga batafsil namoyish etish; - Oʻzbekiston Respublikasi uchun bozorda “benchmark” yaratib, investitsiya loyihalarini mustaqil ravishda moliyalashtirishga oʻtkazish. 5 O‘zbekisto Respublikasining Davlat qarzi holati va dinamikasi sharhi ma’lumotlari asosida tayyorlandi. "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 1125 3-jadval 2019-2021 yillarda Xalqaro moliya bozorlarida joylashtirilgan xalqaro obligatsiya (yevrobond)lar toʻg‘risida ma’lumot 6 № Miqdori Muddati Kupon foizi Joylashtirish sanasi Soʻndirish sanasi 1 2.0 trln. soʻm (~192.5 mln. AQSH doll.) 3 yil 14.5% 25.11.2020 25.11.2023 2 2.5 trln. soʻm (~235.4 mln. AQSH doll.) 3 yil 14.0% 19.07.2021 19.07.2024 3 500 mln. AQSH doll. 5 yil 4.75% 20.02.2019 20.02.2024 4 500 mln. AQSH doll. 10 yil 5.375% 20.02.2019 20.02.2029 5 555 mln. AQSH doll. 10 yil 3.7% 25.11.2020 25.11.2030 6 635 mln. AQSH doll. 10 yil 3.9% 19.07.2021 19.10.2031 3-jadval ma’lumotlaridan koʻrinib turibdiki, hozirgi vaqtgacha Oʻzbekiston Respublikasi jahon moliya bozorlaridagi vaziyatdan kelib chiqib 3 marotaba xalqaro moliya bozorlariga oʻz yevroobligatsiyalarini xorijiy va milliy valyutada chiqardi. Ikkinchi bor Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020-yil 25-noyabrda London Fond birjasiga 10 yillik muddat bilan 555 mln. AQSH dollar va 2 trln. soʻm miqdoridagi milliy valyutadagi suveren xalqaro obligatsiyalarni joylashtirdi. Savdolar ochilgandan soʻng 10 yillik dollardagi transh 3,70 foiz kupon bilan (dastlabki foiz stavkasidan 0,55 foiz past) va 3 yillik oʻzbek soʻmidagi transh 14,50 foiz kupon bilan (dastlabki foiz stavkasidan 0,75 foiz past) sotildi. Moliya vazirligi tomonidan xalqaro obligatsiyalarning, ayniqsa ilk bora milliy valyutada, muvaffaqiyatli joylashtirilishi mamlakatimizda olib borilayotgan tizimli islohotlar xalqaro investorlar tomonidan ijobiy baholanayotganligini va Oʻzbekiston Respublikasining istiqboliga ishonch oshib borayotganligidan dalolat beradi. Shundan soʻng, 2021-yil 12-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasining navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalari ikki transhda: 635 mln. AQSH dollar miqdoridagi 10 yillik obligatsiyalar - 3,9 foiz va oʻzbek soʻmida - 2,5 trln. soʻm miqdoridagi 3 yillik obligatsiyalar - 14,0 foiz stavkasi bilan xalqaro moliya bozorlarida joylashtirildi. Yuqoridagi ma’lumotlardan koʻrinib turibdiki, Oʻzbekiston Respublikasining suveren xalqaro obligatsiyalari jahon moliya bozorlarida katta qiziqish bilan kutib olingan va narxlari ham nominaliga nisbatan yuqoriroq boʻlganligini kuzatishimiz mumkin. Biroq, koronavirus pandemiyasi va global inqiroz sharoitida eng xavfsiz hisoblangan aktivlar narxida ham jiddiy qulashlar sodir boʻldi, shu jumladan koronavirus tarqalishi eng yuqoriga chiqqan paytda, iqtisodiy faollik ongli ravishda pasaygan paytda suveren yevrobondlarimiz narxi ham keskin qulaganini koʻrishimiz mumkin. Shuningdeek, Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi urush ham global miqyosda oziq-ovqat va energiya resurslari narxlarining misli koʻrilmagan darajada koʻtarilishiga, kollektiv g‘arb mamlakatlarining Rossiyaga nisbatan jiddiy iqtisodiy va siyosiy sanksiyalari fonida esa iqtisodiyoti Rossiya bilan bog‘langan mamlakatlar 6 O‘zbekiston Respublikasining Davlat qarzi holati va dinamikasi sharhi ma’lumotlari asosida tayyorlandi. "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 1126 iqtisodiyotiga, xususan Oʻzbekistonning xalqaro obligatsiyalarining narxlarining tushushiga olib keldi (5-rasm). 5-rasm. Oʻzbekiston Respublikasi suveren obligatsiyalarining nominal qiymatiga nisbatan narxlari 7 4-jadval Davlat korxonalari va banklari tomonidan moliya bozorlarda joylashtirilgan korporativ xalqaro obligatsiyalar toʻg‘risida ma’lumot 8 № Emitent Miqdori Muddati Kupon foizi Joylashtirish sanasi 1 “Uzsanoatqurilishbank” ATB 300 mln. AQSH doll. 5 yil 5,75% 02.12.2019 2 “Milliy bank” AJ 300 mln. AQSH doll. 5 yil 4,85% 14.10.2020 3 “Ipoteka bank” ATIB 300 mln. AQSH doll. 5 yil 5,50% 19.11.2020 785 mlrd. soʻm (~75 mln. AQSH doll) 3 yil 16,00% 16.04.2021 4 “UzAuto Motors” AJ 300 mln. AQSH doll. 5 yil 4,85% 04.05.2021 5 “UzNeftgaz” AJ 700 mln. AQSH doll. 7 yil 4,75% 16.11.2021 Koʻrib turganimizdek, davlat korxonalari va banklari tomonidan xalqaro meʼyorlar va talablar asosida oʻz moliyaviy hisobotlarining shaffofligini taʼminlash, “Fitch”, “S&P” va “Moodyʻs” xalqaro reyting agentliklari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan holda xalqaro kredit reytingini olinishi natijasida 2019-2021-yillarda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB, “Milliy bank” AJ, “Ipoteka bank” ATIB, “UzAuto Motors” AJ va “OʻzNeftegaz” AJ tomonidan umumiy hajmi qariyb 2 mlrd. AQSH dollarlik mablagʻlar xalqaro obligatsiyalar chiqarish orqali jahon bozoridan jalb qilindi (4-jadval). Xorijiy tajribadan koʻrinib turibdiki, qarzlarni maqroiqtisodiy darajada xavfsiz darajada saqlab turish muhim ahamiyat kasb etadi. Qarzlarni samarali boshqarishda ularga cheklov qoʻyish amaliyoti mavjud boʻlib, qudratli AQSHda ham Kongress tomonidan har yili davlat qarziga limit (debt ceiling) belgilanadi. Xususan, Oʻzbekistonda ham davlat tashqi qarziga limit belgilash amaliyoti 2020-yilda paydo boʻldi va shu yil uchun tashqi qarz bitimlari 5,5 mlrd. 7 “Bloomberg” terminali ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 8 www.mf.uz – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi. "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 1127 AQSH dollaridan oshmasligi qonun bilan belgilandi. Eng e’tiborli jihati, Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangan Qonunlarda 2021-yil va 2022-yil uchun limitlar hajmi kamayish tendensiyasini kuzatishimiz mumkin hamda mos ravishda 5 va 4,5 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi (6-rasm). 6-rasm. Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va davlat kafolati ostida imzolangan tashqi qarz bitimlari hajmi 9 Rivojlangan davlatlar tajribasiga qaraydigan boʻlsak, ularning davlat qarzining juda katta ulushi oʻz valyutasida va oʻz fuqarolariga berilganiga guvoh boʻlamiz. Shu jihatdan Oʻzbekistonda ham birinchi navbatda ichki qimmatli qog‘ozlar bozorimizni jozibadorligin oshirish va an’anaviy banklarga raqobatbardosh boʻla oladigan erkin va foydali platforma yaratish biz uchun oʻta muhim boʻlgan masaladir. Bu yoʻnalishda davlat qimmatli qog‘ozlarining chiqarila boshlangani va ularning nafaqat yuridik shaxslarga balki rezident jismoniy va norezident investorlarga sotilayotgani nafaqat milliy valyutamizning jahon bozoriga chiqishga yordam beradi, balki fuqarolar uchun muqobil investitsiya imkoniyatlarini ham yaratadi (7-rasm). Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2018-yilda ilk bor 3 ta auksionda 597,1 mldr.soʻm, 2019-yilda 15 ta auksionda 1550 mldr.soʻm, 2020-yilda 22 ta auksionda 5024 mldr.soʻm va 2021-yilda 64 ta auksionda 4866,3 mlrd.soʻm (sof 4144,4 mldr.soʻm) davlat qimmatli qogʻozlari joylashtirildi. Oʻzbekiston Respublikasining “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonunida 2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chiqariladigan davlat qimmatli qogʻozlarining cheklangan sof hajmi 6,0 trln. soʻm miqdorida belgilandi. 9 O‘zbekisto Respublikasining Davlat qarzi holati va dinamikasi sharhi ma’lumotlari asosida tayyorlandi. "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 1128 7-rasm. 2018-2022-yillarda davlat qimmatli qog‘ozlarining joylashtirilish hajmlari (mlrd. soʻmda) 10 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PF-6207-son “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21- fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasining davlat gʻaznachilik majburiyatlari va obligatsiyalarini muomalaga chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-dekabrdagi 1016-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi 82-sonli Qarori tasdiqlandi. Ushbu qarorga muvofiq davlat qimmatli qogʻozlarini Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari (shu jumladan, jismoniy shaxslar) va norezidentlari sotib olishlari mumkinligi belgilanmoqda. Shu vaqtga qadar, DQQni jismoniy shaxslar va norezidentlar oʻrtasida joylashtirilishi nazarda tutilmagan edi. Qayd etish joizki, Moliya vazirligi tomonidan davlat qarzi portfelini diversifikatsiyalash va valyuta xatarlarini pasaytirish maqsadida DQQ chiqarish hajmini oshirish va ikkilamchi bozorni rivojlantirish choralari koʻrilmoqda. Davlat ichki qarzlarini ham diversifikatsiyalash maqsadida xalqaro ekspertlar tavsiyasiga binoan DQQ bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari doirasida 2021-yilda ilk marotaba 5 yillik DQQ (100 mlrd. soʻm hajmda 14 foiz yillik kupon toʻlovi bilan) va 2022-yilda 10 yillik DQQ (10 mlrd. soʻm hajmda 15 foiz yillik kupon toʻlovi bilan) muomalaga chiqarildi. Davlat qimmatli qog‘ozlarining jozibadorligini oshirish maqsadida Xalqaro Valyuta Fondi bilan hamkorlikda yangi mexanizmlar, inflyatsiyaga bog‘langan DQQlarni chiqarish amaliyoti joriy qilinmoqda. Bundan tashqari, Oʻzbekistonda davlat qimmatli qog‘ozlari bozori xorijiy investorlar va jismoniy shaxslar uchun ochib berilmoqda. Yana e’tiborli jihati shundaki, davlat qimmatli qog‘ozlarining joylashtirilishi muddatlar boʻyicha ham diversifikatsiya qilinib, uzoq muddatli 5 va 10 yillik obligatsiyalar ham sotilmoqda. 10 www.mf.uz – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi. "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 1129 Davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarishdan olingan tushumlar: ✓ davlat byudjeti taqchilligini qoplash uchun; ✓ mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi boʻyicha chora-tadbirlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilanadigan yirik investitsiya loyihalari va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun yoʻnaltiriladi. DQQ chiqarish grafigini oldindan eʼlon qilish amaliyoti joriy etildi va shu grafikka asosan auksionlar har hafta seshanba kunining birinchi yarmida oʻtkazib kelinmoqda hamda hozirgi paytda tijorat banklari ushbu davlat qimmatli qog‘ozlarining asosiy xaridori boʻlib, savdolar Oʻzbekiston Respublikasining valyuta birjasida onlayn auksionlarda qizg‘in takliflar asosida oʻrtacha tortilgan daromadlilik va boshqa muhim koʻrsatkichlar aniqlanib kelmoqda (5-jadval). 5-jadval 2022-yil yanvar-mart oylaridagi davlat qimmatli qog‘ozlarining joylashtirilishi toʻg‘risida ma’lumot 11 Joylashtirish davri Muomala davri E’lon qilingan DQQning umumiy hajmi (mlrd. soʻm) Oʻrtacha tortilganlik daromadlik Sotilgan DQQning hajmi (mlrd. soʻm) 11.01.2022 6 oy 50,0 12,98% 50,0 18.01.2022 6 oy 50,0 12,82% 50,0 25.01.2022 5 yil 200,0 14,50% 200,0 25.01.2022 10 yil 200,0 15,00% 10,0 01.02.2022 12 oy 200,0 14,00% 200,0 01.02.2022 6 oy 50,0 13,98% 50,0 08.02.2022 6 oy 50,0 13,83% 50,0 15.02.2022 6 oy 50,0 13,99% 49,2 22.02.2022 2 yil 300,0 13,98% 271,0 22.02.2022 6 oy 50,0 13,98% 50,0 Jadval ma’lumotlaridan koʻrinib turibdiki, 2022-yilning dastlabki uch oyida 2018-yilgi auksionlarning sonidan 3 marotaba koʻproq, ya’ni 10 ta auksionda jami 980,2 mlrd. soʻmlik davlat qimmatli qog‘ozlari sotilganini koʻrishimiz mumkin. Auksionlarda davlat qimmatli qog‘ozlarining oʻrtacha tortilgan daromadliligi 13-14 foizni tashkil etib, asosan tijorat banklari uchun likvid mablag‘lar sifatida ishlatilmoqda. Bu yildan boshlan rezident fuqarolar va norezident investorlarga ham ushbu qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va ikkilamchi bozorda savdo qilish orqali passiv daromadga ega boʻlishlari uchun imkoniyat yaratilmoqda. Davlat qimmatli qog‘ozlarining muddatlari boʻyicha tarkibida 1 yilgacha boʻlgan qimmatli qog‘ozlarning ulushi mutloq dominantlikni, ya’ni barcha DQQning 65,4 foizini egallab turgan boʻlsa, keyingi oʻrinlarda mos ravishda 2 yillik obligatsiyalar (15,4 foiz) va 3 yillik obligatsiyalar (9,8 foiz) ni tashkil etgan (8-rasm). 11 www.mf.uz – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi. "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 1130 8-rasm. Davlat qimmatli qog‘ozlarining soʻndirish muddati boʻyicha tarkibi (01.01.2022-y. holatiga) 12 Davlat ichki qarz qoldig‘ining yana bir qismini hukumat kafolatlagan ichki qarz tashkil etishidan xabarimiz bor. Davlat tomonidan ichki mablagʻni jalb qilish Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlaridan mablagʻlarni jalb etish boʻlib, bu mablagʻlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining qarz oluvchi yoki qarz oluvchi-rezidentlarning kreditlarini (qarzlarini) toʻlashga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga keladi. 6-jadval Davlat kafolatlagan ichki qarzi qoldigʻi (01.07.2019-y. holatiga, mln. AQSH dollari) 13 № Qarzdor tashkilot nomi Qarzdorlik qoldig‘i 1 “Oʻzbekneftgaz” AJ 1 473,7 2 “Oʻzbekenergo” AJ 832,5 3 “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ 598,9 4 “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 597,3 5 “Oʻzbekiston havo yoʻllari” AJ 521,2 6 “Navoiyazot” AJ 408,9 7 Navoiy kon-metallurgiya kombinati 343,8 8 “Oʻzkimyosanoat” AJ 97,6 9 “Toshshahartransxizmat” uyushmasi 39,2 10 Milliy teleradiokompaniyasi 25,4 11 Suv xoʻjaligi vazirligi 21,3 12 “Oʻzbekgidroenergo” AJ 18,7 13 “Xorazm trolleybus boshqarmasi” davlat tashkiloti 1,9 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ichki qarzining salmoqli ulushini Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va Taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan davlat ulushiga ega korxonalarga ajratilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kafolatlangan xorijiy valyutadagi kreditlar tashkil etadi. Mazkur kreditlar iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini, shu jumladan rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilgan. 6-jadval ma’lumotlaridan koʻrishimiz mumkinki, davlat tomonidan ichki qarz eng katta miqdordagi kafolat “Oʻzbekneftegaz” AJga berilgan boʻlib, uning hajmi qariy 1,5 12 O‘zbekisto Respublikasining Davlat qarzi holati va dinamikasi sharhi ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 13 www.mf.uz – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi. "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 1131 mlrd. AQSH dollariga teng. “Oʻzbekenergo” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJga mos ravishda 832,5 mln. AQSH dollari va 598,9 mln. AQSH dollari hajmidagi kafolatlar berilganini koʻrishimiz mumkin. Eng kam kafolat berilgan davlat ulushi bor korxonalarga esa “Oʻzbekgidroenergo” AJ (18,7 mln. AQSH dollari) va “Xorazm trolleybus boshqarmasi” davlat tashkiloti (1,9 mln. AQSH dollari) misol boʻlishi mumkin. Davlat ichki qarzi boʻyicha limitlar oʻrnatish davlat qarzining barqarorligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan 2021-yilda ichki majburiyatlar boʻyicha davlat kafolati taqdim etilmaganligi ayni muddao boʻldi deyishimiz mumkin, chunki davlat ulushi mavjud korxonalarga kafolatlar berish amaliyoti ularni izlanishdan, raqobat bilan yuzlashishdan toʻsib turadi hamda zarar bilan ishlayotgan boʻlsa ham bizni orqamizda davlat bor degan notoʻg‘ri steriotipni shakllanishiga olib kelishi mumkin. Natijada, davlat korxonalari va banklari oʻz loyihalarini moliyalashtirish uchun, transformatsiya jarayonlariga muvofiq, jahon moliya bozorlarida davlat kafolatisiz mablagʻ jalb qilishga oʻtkazilmoqda. Download 487.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling