S a V o L l a r k itob I


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana05.01.2022
Hajmi0.63 Mb.
#220595
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2.02.20.ona tili, tarix, majburiy fanlar 5319096917

 

ASOSIY FANLAR 

ONA TILI VA ADABIYOT 

46.  Qaysi  javobda  egalik  qo‘shimchasi  qo‘shilganda  tovush  o‘zgarishi 

bilan yoziladigan tub so‘zlar qatori berilgan? 

A) tilak, qozoq, qishloq B) nutq, ishtiyoq, tayoq 

C) tuproq, buyruq, shahar D) qiyin, bo‘ya, o‘roq 

47.  Qaysi  javobda  berilgan  so‘zlarning  ma’nolarini  farqlovchi  undosh 

tovushlar  ham  jarangli  yoki  jarangsizligiga  ko‘ra,  ham  til  qismlarining 

harakatiga ko‘ra o‘zaro bir turga mansub emas? 

A) qo‘lla-yo‘lla B) tetik-teshik  

C) baytal-baykal D) sovun-qovun 

48. Barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan javobni belgilang. 

A) notavon, noo‘rin, mahdum B) medalyon, mo’ysafid, narkoz 

C) noshvati, komissar, laberint D) labirint, muysafid, lahta 

49. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar bo‘g‘inga to‘g‘ri ajratilgan? 

A) lan-gar-cho’p, kel-din-giz, ko-tan-gens B) ya-nga, va-tan-ga-do, shtan-

ga 


C) bu-gu-ngi, ta-nga, tang-lay D) tan-gnes, yur-di-ngiz, tun-gi 

50.  Qaysi  javobda  sifat  turkumiga  oid  o‘zaro  ma’nodosh  so‘zlar  juftligi 

berilgan? 

A) buyuk - salobat B) tinchlik - osudalik 




 

~ 4 ~


 

 

C) yaxshi - yomon D) asosiy - muhim 



51. Qaysi javobdagi so‘z birikmasida fe’l bilan shakldosh bo‘la oladigan 

so‘z qatnashgan? 

A) katta uy B) shirin hayot 

C) bo’sh odam D) oqimga qarshi 

52.  Qaysi  javobdagi  ajratib  ko‘rsatilgan  so‘zda  sinekdoxa  usuli  orqali 

ma’no ko‘chishi yuz bergan? 

A) Barglar orasiga tinmasdan sira Oshno yulduzlardan to‘kiladi nur. 

B) Achchiq qayg‘u, poyoni yo‘q o‘y-xayollar ona qalbini poralar edi... 

C) Ular mahallani tanimaydi... 

D) Oyoq sharpasi eshitildi. So‘ng bir bosh ko‘rindi... 

53. Qumri ikkinchi chopiqdan so‘ng ishga chiqmay qo‘ydi. 

Ajratib  ko‘rsatilgan  so‘z  bilan  asosdosh  bo‘la  oladigan  so‘z  qatnashgan 

gapni aniqlang. 

A) Qo‘yaver, – jilmayib choparni to‘xtatdi Valiy. 

B) Hoy chopag‘on bulutlar, Yog‘sangiz-chi duv-duv. 

C) Yuragim chopqir otlar izidek do‘pillaydi. 

D) Chopiqchilar saratonda juda charchashgan edi. 

54. Qaysi gapdagi barcha so‘zlarning asosi shakldoshlik xususiyatiga ega? 

A)  Yor  ko‘zi  oshiq  qonidan  qo‘rqmayotganiga  ajablanayotgani  bejiz 

emas. 


B) Yuzlaridan oqib tushgan terda qonning dami bor. 

C) O‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir. 

D) Tilimni sog‘indim, nechun soqovlik, O‘zga tildan tushunmam  bironta 

so‘zga… 


55.  Qaysi  gapda  asosi  fe’l  bilan  shakldosh  bo‘la  oladigan  sodda yasama 

so‘z qatnashmagan? 

A) - Shu meni ochlikdan va suvsizlikdan qutqarib qoldi, – dedi. 

B) Ayol, sochlari parishon, oyoqlari yalang, yoqasi ochiq, ko‘chaga otildi. 

C)  Baxtga  qarshi,  ko‘pchilik  aql  to‘lganda,  ozchilik  esa,  aql  ozayganda 

olamdan o‘tadi. 

D) Oqlangan maktab binosi oydinda ko‘kishroq ko‘rinadi. 

56. Shoir adabiy suhbat qurganlari, bir g‘azalga ergashib, uning ma’nosini 

turli  shakllarda  ifodalab,  she’riy  bahslashishlar  o’tkazganlari  haqida 

yozgan edi. 

Ushbu gapda ismlar guruhiga mansub nechta sodda yasama so‘z bor? 

A) 3 ta B) 2 ta C) 5 ta D) 4 ta 

57.  Qaysi  javobdagi  gaplar  juftligida  ajratib  ko‘rsatilgan  so‘zlarning  har 

birida bittadan qo‘shimcha bor? 

A) Dostonda Ravshanning dor tagida  yig‘lagani tasviri bor. // Ov bahona 

bir dam olgani chiquvdik-da, bu yoqqa. 

B)  Bir  oylab  kechikkandan  so‘ng  Otabek  qaytib  keldi.  //  Non  to‘g‘risida 

rejissorlar yuzlab filmlar yaratdilar. 

C)  Bu  go’zal  o’lka  –  bizning  Vatanimiz.  /  /  Biz  bugun  jahonda  faqirlik 

mamlakatining podshohimiz. 

D)  Yaxshi  topib  so‘zlar,  yomon  qopib  so‘zlar.  /  /  Chin  inson  birovga 

yaxshilik ko‘zlar. 

58.  Bunday  bolalar  hayvoniy  qiliqlarga  ega  bo‘lib,  eng  muhim  insoniy 

fazilatdan – so‘zlashdan mahrum edilar. 

Ushbu  gapda  qatnashgan  sodda  yasama  so‘zlar  haqidagi  noto‘g‘ri 

ma’lumotni toping. 

A) Sodda yasama fe’l otdan yasalgan. B) Fe’ldan yasalgan ot qatnashgan. 

C)  Sodda  yasama  otlar  sifatdan  yasalgan.  D)  Otdan  yasalgan  sifat 

qatnashgan. 

59. Qaysi gapda ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi mavjud emas? 

A)  Hamdam  ikkovini  ham  bilmadi  va  yig‘laganicha  narigi  uyga  kirib 

ketdi. 


B) o‘zingni ko‘rsatib qo‘ya olmasang, o‘lib ketganing ming marta yaxshi! 

C) Turg‘un astoydil tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi. 

D) U qayerdaligini, nima hodisa yuz berganini payqamay, ancha vaqtgacha 

qum ustida bo‘zrayib o‘tirdi. 

60. Qaysi javobda holat ravishlari berilgan? 

A) o’ksinib, charchab, quvlashib B) eskicha, mardona, yayov 

C) qalt-qalt, quvonib, muloyim D) dastlab, yangicha, yana 

61.  Bir  necha  qadam  qolganda,  uyning  haybatiga  yarashmagan  kichkina 

eshik ochildi-da, shakli ajoyib ko‘zachani ko‘tarib bir kishi chiqdi.  

Mazkur gapda fe’lning qaysi vazifa shakllari qatnashgan? 

A) sof fe’l, harakat nomi va ravishdosh B) harakat nomi va ravishdosh 

C) sifatdosh va harakat nomi D) sof fel, sifatdosh va ravishdosh 

62.  Oramizda  hammaga  a’yon  go’lgan  farq  shuki,  men  nima  uchun  shu 

ishni qilayotganimni bilaman. 

Qaysi  javobda  ushbu  ergashgan  qo‘shma  gapning  ergash  gap  qismidagi 

barcha  gap  bo‘laklari  shartli  belgilar  asosida  tartib  bilan  to‘g‘ri 

ko‘rsatilgan? 

A)                                                                                           . 

B)                                                                                           . 

C)                                                                        .                                . 

D)                                    .                                                     . 

63.  Keksa  ota-onasini  rozi  qilish  uchun  o‘sha  zahoti  ularning  huzuriga 

shoshilibdi. 

Ushbu gap haqida berilgan qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas? 

A)  Gapda  hokim  qismi  to‘ldiruvchi  vazifasida  kelgan  aniqlovchili  so‘z 

birikmasi qatnashgan. 

B) Gapda hokim qismi hol vazifasida kelgan aniqlovchili so‘z birikmalari 

qatnashgan. 

C) Gapda hokim qismi hol vazifasida kelgan to‘ldiruvchili so‘z birikmasi 

qatnashgan. 

D)  Gapda  hokim  qismi  kesim  vazifasida  kelgan  to‘ldiruvchili  so‘z 

birikmasi qatnashgan. 

64. Bosh gapi egasi (shaxsi) ma’lum gap bo‘lgan to‘ldiruvchi ergash gapli 

qo‘shma gapni aniqlang. 

A)  Shuni  hamisha  yodingizda  saqlangki,  birovga  yolg‘on  gapirish  eng 

katta gunohdir. 

B) Bilingki, jim turib salomat bo‘lish gapirib malomatga qolishdan afzal. 

C) Boshingga tashvish tushmasa, qaytib kelmasding. 

D)  Sizni  suvdan  o‘tkazib  qo‘ymasam,  menga  bergan  noningiz  harom 

bo‘lg‘ay. 

65. Qaysi gapda bir xil ma’no ifodalovchi ikki xil yordamchi so‘z turkumi 

ishtirok etgan? 

A)  Xuddi  shunday  holatni  temir,  oltingugurt,  oltin  singari  so‘zlarda  ham 

kuzatish mumkin. 

B)  Baland  cho‘qqilarni,  adirlarni,  daraxtlarni  bosib  qolgan  qor  bu  yerda 

shunday iliq va mayin ko‘rinadiki, go‘yo toqqa qor tushgan emas, mayin 

oq kigiz yopilgan. 

C)  Hatto  zeb-ziynatni  yulqib  ziyoda,  Haykal  ham  qo‘yingiz  bamisli 

xayol... 

D)  To‘rt  mucham  sog‘,  do‘stlarim  bor  havas  qilgulik,  Nolimayman  na 

kelajak, na o‘tmishimdan. 

66. Istiqlol sharofati bilan yangicha tafakkur va yangicha fikrlash 

shakllanmoqda. 

Yuqoridagi gapda so‘z birikmalari soni nechta? 

A) 3 B) 4 C) 5 D) 6 

67. Sirlaringni ochgil, ayo osmon, menga,  

Ayla olam holatin ehson menga. 

Ushbu jumla yuzasidan bildirilgan qaysi hukm noto‘g‘ri? 

A) besh o‘rinda tobe bog‘lanish ishtirok etgan. 

B) bir o‘rinda ega ishtirok etgan. 

C) bir o’rinda moslashuvli so’z birikmasi qatnashgan. 

D) to‘rt o‘rinda boshqaruvli so‘z birikmasi ishtirok etgan. 

68. Yorsiz ham bodasiz Makkaga bormoq ne kerak?!  

Ibrohimdin qolg‘on ul eski do‘konni na qilay?! 

Mashrab qalamiga mansub baytda qanday badiiy san’at qo’llangan? 

A) tamsil B) tazod C) ishtiqoq D) talmeh 

69. Gohida qiyinchilikni yengib o‘tishdan ko‘ra uni aylanib o‘tishga yoki 

hiylanayrang ishlatib, o‘z maqsadiga erishishga harakat qiluvchi kimsalar 

bo‘ladi. Ular balki ba’zida niyatlariga yetarlar ham. Biroq bu uzoq davom 

etmaydi. Albatta, biror ishkal bo‘lib, barcha harakatlar chippakka chiqadi. 

Ezopning qaysi masalidan xuddi shunday xulosa chiqarish mumkin? 

A) «Eshak bilan baqalar» B) «Bo‘ri bilan laylak» 

C) «Ustiga tuz ortilgan eshak» D) «Yovvoyi echkilar bilan chopon» 

70. Qaysi asrda «Yashinmachoq», «Oqsuyak» kabi bolalar o’yinlariga xos 

tasvirlar uchraydi? 

A) «Yulduzli tunlar» B) «Dunyoning ishlari» 

C) «Yulduzlar mangu yonadi» D) «Shum bola» 

71.  “  …  bog‘chaning  o‘rtasida  bunyod  topgan.  Ixchamroq  imoratdir. 

Lekin  yoqimli  imoratdir.  Yuqorigi  qavatiga  ko‘p  bezak  beribdilar.  To‘rt 

burchagida  to‘rt  hujrasi  bor.  Bu  to‘rt  hujraga  olib  kiradigan  uy  istirohat 

xonasidir”. 

“Boburnoma” da  uchraydigan ushbu tasvir qaysi imorat haqida? 

A) A.Navoiyning uylari B) Tarabxona C) Unsiya D) Xalosiya 

72.  “Dastlabki  bayt  umumiy  axborot  berishga  yo‘naltirilgan:  qishning 

o‘rniga  bahorning  kelishi  ko‘rsatilgan.  Bunda  muallif  munosabatining 



 

~ 5 ~


 

 

ochiq  ifodalanishi  e’tiborni  tortadi.  Bahorga  nisbatan  olam  navro‘zi 



ifodasi  qo‘llansa,  qishga  nisbatan  bahman  (ayoz,  qahraton,  izg‘irin) 

zamharir (qirovli, qahraton, qattiq sovuq) sifatlashlari tanlangan”. 

Tabiat tasviriga bag’ishlangan ushbu ta’riflar kimning g’azaliga xos? 

A) N.Rabg’uziy B) Ogahiy C) Furqat D) Xo’ja 

73. “…uchta  boyligi  bor  edi.  Biri  -  soy  bo‘yidagi serdaraxt  qishlog‘i;  

ikkinchi    boyligi    -    qishloq  o‘rtasidagi  tepada  o‘mashgan  ikki  xonali 

maktabi  edi;  uning    uchinchi  boyligi  -  qorabayir  oti  edi;  bu  otning  olis 

avlodi  muallimning  otasiga  ham  vaqtida  xizmat  qilgan,  uni  ko‘p  jang-u 

jadallardan omon olib o‘tgan edi. Uchta boyligi  bor  edi”. 

Ushbu ta’riflar qaysi asrda uchraydi? 

A)  Sh.Xolmirzayev  “Ot  egasi”  B)  Sh.Xolmirzayev  “Omon  ovchining 

o’limi” 


C) Sh.Boshbekov “Temir xotin” D) Oybek “Navoiy” 

74.  “Bizning  oilamizda  hech  kim  san’at  yoki  adabiyot  bilan 

shug‘ullanmagan.  Ota-onam  oddiy  xizmatchi  bo‘lishgan.  Men  o‘qigan 

qishloq  maktabida  qiziq  bir  qoida  bor  edi:  chet  tili  o‘qituvchisi  yo‘q 

bo‘lsa,  o‘rniga  ashula  darsi  o‘tilardi,  fizika  muallimi  kelmay  qolsa  ham, 

ko‘pincha  shu  tarzda  “o‘qitilardi”.  Bilmadim,  yo  o‘qituvchilar 

yetishmasmidi, yo ashula muallimimiz shunaqa zo‘rmidi... Endi eslasam, 

ashula  darsini  “Yallama  yorim”dan  boshqasini  bilmaydigan  bir  amaki 

o‘tar ekan”. 

Ushbu tarjimayi hol qaysi adib hayotiga oid?  

A) Sh.Xolmirzayev B) Sh.Rahmon 

C) Sh.Boshbekov D) O’.Sulaymon 

75.  Qaysi  javobda  «Ravshan»  dostoni  qahramoni  Avazxon  haqida  fikr 

yuritilgan? 

A) Go‘ro‘g‘lining tarbiyasini olgan dongdor polvon. ...G‘irotda uch oylik 

yo‘lni yigirma kunda bosib o‘tadi. 

B) …darvozabon bilan do‘st edi, doim darvoza-bonning oldida o‘tirar edi, 

ikkovi... birov-birovining so‘zini tashlamas edi.  

C) Arzrumdan xon Dallini olib qochib, qirq kun shohona to‘ylar berib, o‘z 

rasm-rusumlari bilan oldi. 

D) Uning «asalday shirin» ma’nosini bildiruvchi laqabi bor. 

 


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling