S a V o L l a r k itob I
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
2.02.20.ona tili, tarix, majburiy fanlar 5319096917
ASOSIY FANLAR ONA TILI VA ADABIYOT 46. Qaysi javobda egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda tovush o‘zgarishi bilan yoziladigan tub so‘zlar qatori berilgan? A) tilak, qozoq, qishloq B) nutq, ishtiyoq, tayoq C) tuproq, buyruq, shahar D) qiyin, bo‘ya, o‘roq 47. Qaysi javobda berilgan so‘zlarning ma’nolarini farqlovchi undosh tovushlar ham jarangli yoki jarangsizligiga ko‘ra, ham til qismlarining harakatiga ko‘ra o‘zaro bir turga mansub emas? A) qo‘lla-yo‘lla B) tetik-teshik C) baytal-baykal D) sovun-qovun 48. Barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan javobni belgilang. A) notavon, noo‘rin, mahdum B) medalyon, mo’ysafid, narkoz C) noshvati, komissar, laberint D) labirint, muysafid, lahta 49. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar bo‘g‘inga to‘g‘ri ajratilgan? A) lan-gar-cho’p, kel-din-giz, ko-tan-gens B) ya-nga, va-tan-ga-do, shtan- ga
C) bu-gu-ngi, ta-nga, tang-lay D) tan-gnes, yur-di-ngiz, tun-gi 50. Qaysi javobda sifat turkumiga oid o‘zaro ma’nodosh so‘zlar juftligi berilgan? A) buyuk - salobat B) tinchlik - osudalik ~ 4 ~
C) yaxshi - yomon D) asosiy - muhim 51. Qaysi javobdagi so‘z birikmasida fe’l bilan shakldosh bo‘la oladigan so‘z qatnashgan? A) katta uy B) shirin hayot C) bo’sh odam D) oqimga qarshi 52. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda sinekdoxa usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz bergan? A) Barglar orasiga tinmasdan sira Oshno yulduzlardan to‘kiladi nur. B) Achchiq qayg‘u, poyoni yo‘q o‘y-xayollar ona qalbini poralar edi... C) Ular mahallani tanimaydi... D) Oyoq sharpasi eshitildi. So‘ng bir bosh ko‘rindi... 53. Qumri ikkinchi chopiqdan so‘ng ishga chiqmay qo‘ydi. Ajratib ko‘rsatilgan so‘z bilan asosdosh bo‘la oladigan so‘z qatnashgan gapni aniqlang. A) Qo‘yaver, – jilmayib choparni to‘xtatdi Valiy. B) Hoy chopag‘on bulutlar, Yog‘sangiz-chi duv-duv. C) Yuragim chopqir otlar izidek do‘pillaydi. D) Chopiqchilar saratonda juda charchashgan edi. 54. Qaysi gapdagi barcha so‘zlarning asosi shakldoshlik xususiyatiga ega? A) Yor ko‘zi oshiq qonidan qo‘rqmayotganiga ajablanayotgani bejiz emas.
B) Yuzlaridan oqib tushgan terda qonning dami bor. C) O‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir. D) Tilimni sog‘indim, nechun soqovlik, O‘zga tildan tushunmam bironta so‘zga…
55. Qaysi gapda asosi fe’l bilan shakldosh bo‘la oladigan sodda yasama so‘z qatnashmagan? A) - Shu meni ochlikdan va suvsizlikdan qutqarib qoldi, – dedi. B) Ayol, sochlari parishon, oyoqlari yalang, yoqasi ochiq, ko‘chaga otildi. C) Baxtga qarshi, ko‘pchilik aql to‘lganda, ozchilik esa, aql ozayganda olamdan o‘tadi. D) Oqlangan maktab binosi oydinda ko‘kishroq ko‘rinadi. 56. Shoir adabiy suhbat qurganlari, bir g‘azalga ergashib, uning ma’nosini turli shakllarda ifodalab, she’riy bahslashishlar o’tkazganlari haqida yozgan edi. Ushbu gapda ismlar guruhiga mansub nechta sodda yasama so‘z bor? A) 3 ta B) 2 ta C) 5 ta D) 4 ta 57. Qaysi javobdagi gaplar juftligida ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning har birida bittadan qo‘shimcha bor? A) Dostonda Ravshanning dor tagida yig‘lagani tasviri bor. // Ov bahona bir dam olgani chiquvdik-da, bu yoqqa. B) Bir oylab kechikkandan so‘ng Otabek qaytib keldi. // Non to‘g‘risida rejissorlar yuzlab filmlar yaratdilar. C) Bu go’zal o’lka – bizning Vatanimiz. / / Biz bugun jahonda faqirlik mamlakatining podshohimiz. D) Yaxshi topib so‘zlar, yomon qopib so‘zlar. / / Chin inson birovga yaxshilik ko‘zlar. 58. Bunday bolalar hayvoniy qiliqlarga ega bo‘lib, eng muhim insoniy fazilatdan – so‘zlashdan mahrum edilar. Ushbu gapda qatnashgan sodda yasama so‘zlar haqidagi noto‘g‘ri ma’lumotni toping. A) Sodda yasama fe’l otdan yasalgan. B) Fe’ldan yasalgan ot qatnashgan. C) Sodda yasama otlar sifatdan yasalgan. D) Otdan yasalgan sifat qatnashgan. 59. Qaysi gapda ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi mavjud emas? A) Hamdam ikkovini ham bilmadi va yig‘laganicha narigi uyga kirib ketdi.
B) o‘zingni ko‘rsatib qo‘ya olmasang, o‘lib ketganing ming marta yaxshi! C) Turg‘un astoydil tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi. D) U qayerdaligini, nima hodisa yuz berganini payqamay, ancha vaqtgacha qum ustida bo‘zrayib o‘tirdi. 60. Qaysi javobda holat ravishlari berilgan? A) o’ksinib, charchab, quvlashib B) eskicha, mardona, yayov C) qalt-qalt, quvonib, muloyim D) dastlab, yangicha, yana 61. Bir necha qadam qolganda, uyning haybatiga yarashmagan kichkina eshik ochildi-da, shakli ajoyib ko‘zachani ko‘tarib bir kishi chiqdi. Mazkur gapda fe’lning qaysi vazifa shakllari qatnashgan? A) sof fe’l, harakat nomi va ravishdosh B) harakat nomi va ravishdosh C) sifatdosh va harakat nomi D) sof fel, sifatdosh va ravishdosh 62. Oramizda hammaga a’yon go’lgan farq shuki, men nima uchun shu ishni qilayotganimni bilaman. Qaysi javobda ushbu ergashgan qo‘shma gapning ergash gap qismidagi barcha gap bo‘laklari shartli belgilar asosida tartib bilan to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) . B) . C) . . D) . . 63. Keksa ota-onasini rozi qilish uchun o‘sha zahoti ularning huzuriga shoshilibdi. Ushbu gap haqida berilgan qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas? A) Gapda hokim qismi to‘ldiruvchi vazifasida kelgan aniqlovchili so‘z birikmasi qatnashgan. B) Gapda hokim qismi hol vazifasida kelgan aniqlovchili so‘z birikmalari qatnashgan. C) Gapda hokim qismi hol vazifasida kelgan to‘ldiruvchili so‘z birikmasi qatnashgan. D) Gapda hokim qismi kesim vazifasida kelgan to‘ldiruvchili so‘z birikmasi qatnashgan. 64. Bosh gapi egasi (shaxsi) ma’lum gap bo‘lgan to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gapni aniqlang. A) Shuni hamisha yodingizda saqlangki, birovga yolg‘on gapirish eng katta gunohdir. B) Bilingki, jim turib salomat bo‘lish gapirib malomatga qolishdan afzal. C) Boshingga tashvish tushmasa, qaytib kelmasding. D) Sizni suvdan o‘tkazib qo‘ymasam, menga bergan noningiz harom bo‘lg‘ay. 65. Qaysi gapda bir xil ma’no ifodalovchi ikki xil yordamchi so‘z turkumi ishtirok etgan? A) Xuddi shunday holatni temir, oltingugurt, oltin singari so‘zlarda ham kuzatish mumkin. B) Baland cho‘qqilarni, adirlarni, daraxtlarni bosib qolgan qor bu yerda shunday iliq va mayin ko‘rinadiki, go‘yo toqqa qor tushgan emas, mayin oq kigiz yopilgan. C) Hatto zeb-ziynatni yulqib ziyoda, Haykal ham qo‘yingiz bamisli xayol... D) To‘rt mucham sog‘, do‘stlarim bor havas qilgulik, Nolimayman na kelajak, na o‘tmishimdan. 66. Istiqlol sharofati bilan yangicha tafakkur va yangicha fikrlash shakllanmoqda. Yuqoridagi gapda so‘z birikmalari soni nechta? A) 3 B) 4 C) 5 D) 6 67. Sirlaringni ochgil, ayo osmon, menga, Ayla olam holatin ehson menga. Ushbu jumla yuzasidan bildirilgan qaysi hukm noto‘g‘ri? A) besh o‘rinda tobe bog‘lanish ishtirok etgan. B) bir o‘rinda ega ishtirok etgan. C) bir o’rinda moslashuvli so’z birikmasi qatnashgan. D) to‘rt o‘rinda boshqaruvli so‘z birikmasi ishtirok etgan. 68. Yorsiz ham bodasiz Makkaga bormoq ne kerak?! Ibrohimdin qolg‘on ul eski do‘konni na qilay?! Mashrab qalamiga mansub baytda qanday badiiy san’at qo’llangan? A) tamsil B) tazod C) ishtiqoq D) talmeh 69. Gohida qiyinchilikni yengib o‘tishdan ko‘ra uni aylanib o‘tishga yoki hiylanayrang ishlatib, o‘z maqsadiga erishishga harakat qiluvchi kimsalar bo‘ladi. Ular balki ba’zida niyatlariga yetarlar ham. Biroq bu uzoq davom etmaydi. Albatta, biror ishkal bo‘lib, barcha harakatlar chippakka chiqadi. Ezopning qaysi masalidan xuddi shunday xulosa chiqarish mumkin? A) «Eshak bilan baqalar» B) «Bo‘ri bilan laylak» C) «Ustiga tuz ortilgan eshak» D) «Yovvoyi echkilar bilan chopon» 70. Qaysi asrda «Yashinmachoq», «Oqsuyak» kabi bolalar o’yinlariga xos tasvirlar uchraydi? A) «Yulduzli tunlar» B) «Dunyoning ishlari» C) «Yulduzlar mangu yonadi» D) «Shum bola» 71. “ … bog‘chaning o‘rtasida bunyod topgan. Ixchamroq imoratdir. Lekin yoqimli imoratdir. Yuqorigi qavatiga ko‘p bezak beribdilar. To‘rt burchagida to‘rt hujrasi bor. Bu to‘rt hujraga olib kiradigan uy istirohat xonasidir”. “Boburnoma” da uchraydigan ushbu tasvir qaysi imorat haqida? A) A.Navoiyning uylari B) Tarabxona C) Unsiya D) Xalosiya 72. “Dastlabki bayt umumiy axborot berishga yo‘naltirilgan: qishning o‘rniga bahorning kelishi ko‘rsatilgan. Bunda muallif munosabatining
~ 5 ~
ochiq ifodalanishi e’tiborni tortadi. Bahorga nisbatan olam navro‘zi ifodasi qo‘llansa, qishga nisbatan bahman (ayoz, qahraton, izg‘irin) zamharir (qirovli, qahraton, qattiq sovuq) sifatlashlari tanlangan”. Tabiat tasviriga bag’ishlangan ushbu ta’riflar kimning g’azaliga xos? A) N.Rabg’uziy B) Ogahiy C) Furqat D) Xo’ja 73. “…uchta boyligi bor edi. Biri - soy bo‘yidagi serdaraxt qishlog‘i; ikkinchi boyligi - qishloq o‘rtasidagi tepada o‘mashgan ikki xonali maktabi edi; uning uchinchi boyligi - qorabayir oti edi; bu otning olis avlodi muallimning otasiga ham vaqtida xizmat qilgan, uni ko‘p jang-u jadallardan omon olib o‘tgan edi. Uchta boyligi bor edi”. Ushbu ta’riflar qaysi asrda uchraydi? A) Sh.Xolmirzayev “Ot egasi” B) Sh.Xolmirzayev “Omon ovchining o’limi”
C) Sh.Boshbekov “Temir xotin” D) Oybek “Navoiy” 74. “Bizning oilamizda hech kim san’at yoki adabiyot bilan shug‘ullanmagan. Ota-onam oddiy xizmatchi bo‘lishgan. Men o‘qigan qishloq maktabida qiziq bir qoida bor edi: chet tili o‘qituvchisi yo‘q bo‘lsa, o‘rniga ashula darsi o‘tilardi, fizika muallimi kelmay qolsa ham, ko‘pincha shu tarzda “o‘qitilardi”. Bilmadim, yo o‘qituvchilar yetishmasmidi, yo ashula muallimimiz shunaqa zo‘rmidi... Endi eslasam, ashula darsini “Yallama yorim”dan boshqasini bilmaydigan bir amaki o‘tar ekan”. Ushbu tarjimayi hol qaysi adib hayotiga oid? A) Sh.Xolmirzayev B) Sh.Rahmon C) Sh.Boshbekov D) O’.Sulaymon 75. Qaysi javobda «Ravshan» dostoni qahramoni Avazxon haqida fikr yuritilgan? A) Go‘ro‘g‘lining tarbiyasini olgan dongdor polvon. ...G‘irotda uch oylik yo‘lni yigirma kunda bosib o‘tadi. B) …darvozabon bilan do‘st edi, doim darvoza-bonning oldida o‘tirar edi, ikkovi... birov-birovining so‘zini tashlamas edi. C) Arzrumdan xon Dallini olib qochib, qirq kun shohona to‘ylar berib, o‘z rasm-rusumlari bilan oldi. D) Uning «asalday shirin» ma’nosini bildiruvchi laqabi bor.
Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling