S. B. Abbasov cho`llanish muammolari
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geologik omillar.
58 CHO`LLANISHNI VUJUDGA KELTIRUVCHI TABIIY OMILLAR Reja: 1. Cho`llanishni vujudga keltiruvchi geologik omillar. 2. Cho`llanishni vujudga keltiruvchi iqlimiy omillar. 3. Cho`llanishni vujudga keltiruvchi gidrogen omillar. 4. Cho`llanishni vujudga keltiruvchi fitogen omillar. 5. Cho`llanishni vujudga keltiruvchi zoogen omillar. Tayanch iboralar: cho`llanish, zonal, regional va mahalliy, sho`rlanish, botqoqlanish, geologik omil, iqlimiy omil, gidrogen omil, fitogen omil, zoogen omil. Arid landshaft majmualari doirasida cho`llanish jarayonlarini vujudga kelishida, rivojlanishida va tabiiy kuchlar mexanizmini harakatga keltirishda bir qator tabiiy omillar ishtirok etadi. Bular geologik, iqlim, gidrogen, tuproq eroziyasi, tuproqlarning sho`rlanishi va botqoqlanishi, zoogen kabi omillardir. Bu omillar guruhi arid landshaftlarning barqarorlik darajasiga, zonal, regional va mahalliy (lokal) xususiyatlariga qarab, ularning cho`llanishi individual yoki tabaqalashgan holda ham, integrallashgan holda ham ishtirok etishi mumkin. Quyida ana shu omillarning har biriga alohida-alohida to`xtalib o`tamiz. Geologik omillar. Cho`llanish jarayonlarini vujudga keltiruvchi tabiiy omillardan biri geologik omillardir. Bu omillar har bir joyning o`ziga xos geostrukturasini, tektonikasini, yotqiziqlarning litologik va mexanik tarkibini, ularning xususiyatlarini, landshaft majmualarning meliorativ holatini belgilaydi. Landshaft majmualarini shakllanishida asos bo`lib xizmat qilgan tub jinslarning litologik va mexanik tarkibi, geotektonik va strukturali xususiyatlari turli xil tabiiy geografik jarayonlarga moyillik qobiliyatlari bilan barcha tipdagi cho`llanishlarga imkoniyat yaratadi. Masalan, qumoq yotqiziqli cho`l landshaft majmualari jarayonlar tufayli deflyatsiyaga uchrab ko`chma qumlarga va barxanlarga aylanadi, arid iqlimli berk botiq landshaft majmualari geokimyoviy jarayonlar ta’sirida turli xil tuzlar to`planib sho`rxok 59 landshaftlar hosil qiladi, lyossli va gilli yotqiziqlarda suv eroziyasi faollashib jarliklar va buzilgan yerlarni vujudga keltiradi. Shu tariqa arid landshaftlarda cho`llanish jarayonlari keng miqyosda shakllanib va rivojlanib boradi. Arid landshaftlarning cho`llanish jarayoni geotektonik strukturalar bilan ham chambarchas bog`liqdir. Bu yerda geotektonik strukturalar asosan ko`tarilmalar va botiqlardan tashkil topgan. Tektonik ko`tarilmalarning mutlaq balandligi 600-800 m gacha etadi, ayrim joylarda 900 m dan ham oshadi. Bunday tektonik ko`tarilmalar erozion-denudatsion jarayonlarning asosiy makoni hisoblanadi. Tektonik ko`tarilmalarning yonbag`irlari eroziya va denudatsiya jarayonlari tufayli degradatsiyalashib tuproq qoplami yuvilib ketadi, uning tarkibidagi chirindi miqdori kamayadi, o`simlik qoplami siyraklashadi va h.k. Oqibatda arid iqlimli tog` landshaftlarining mahsuldorligi pasayib, cho`l yaylovlarining biomassalari kambag`allashib cho`llanish jarayonlari kuchayib boradi. Tektonik botiqlarda esa aksincha ikkinchi xil tabiiy geografik jarayonlar, ya’ni akkumulyatsiya jarayoni bilan sho`rlanish va botqoqlanish jarayonlari hukmronlik qiladi. Masalan, Zarafshon daryosining Qorako`l deltasi tektonik botiqda akkumulyatsiya jarayoni tufayli vujudga kelgan. Bu yerdagi akkumulyativ yotqiziqlar tektonik struktura bilan uzviy bog`liq holda taqsimlangan. Zarafshonning Qorako`l deltasidagi qalin qumlar aynan tektonik botiqlarda to`plangan. Tuzlarning katta miqdorda to`planishi ham ana shu delta zonasiga to`g`ri keladi. Shuning uchun Zarafshon deltasining quyi qismidagi barcha landshaft majmualarida va ularning tuproq qoplamida sho`rlanish jarayoni, grunt suvlari yer yuzasiga yaqin yotgan joylarda sho`rlanish bilan bir qatorda botqoqlanish jarayoni hukm surib kelmoqda. Yil sayin rivoj topib borayotgan bunday hodisalar Janubi-G`arbiy Qizilqum regionida cho`llanish jarayonlarini faollashtirib, keskin geoekologik vaziyatni vujudga keltirmoqda. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling