С bo’lgan gaz aralashmasidagi ammiak


Download 283.45 Kb.
bet3/11
Sana25.03.2023
Hajmi283.45 Kb.
#1295240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Akmaljon Mehmonaliyev

4
2) Berilgan maxsulot tavsifi
Ammiak – azotning vodorod bilan hosil qilgan eng oddiy birikmasi o‘tkir hidli, rangsiz, zaharli gaz, qaynash temperaturasi 33,35°C, suyuqlanish temperaturasi – 77,7°C. 1 l Ammiakning og‘irligi 0,7713 g, suvda yaxshi eriydi. Ammiakning suvdagi eritmasi kuchsiz asos. U tabiatda sof holda nihoyatda oz miqdorda uchraydi, azotli organik moddalarning parchalanishidan hosil bo‘lib turadi. Ammiak toshko‘mirni quruq haydashda qo‘shimcha mahsulot sifatida olinadi, ammo asosan azot bilan vodoroddan sin-tetik usulda hosil qilinadi: N2+3H2=2NH3 =22 kkal, reaksiya faollovchi ok-sidlar (A12O3, K2O, CaO, SiO2, goho MgO) yordamida suyuqlantirilgan Fe3O4 dan qaytarish usuli bilan olingan temir (katalizator) ishtirokida, 300–1000 atm bosim va 500–550°C temperaturada olib boriladi. Laboratoriyada ammoniy tuzlaridan olinadi. Ammoniy tuzlari, mas, (NH4)2SO4, NH4NO3 ishqoriy metall tuzlariga o‘xshaydi, lekin ishqorlar ta’sir etganida Ammiak ajralib chiqadi. Ammiakning suvdagi eritmasi novshadil spirtdir. Ammiak asosan nitrat kislota olishga sarflanadi. Ammiak ham, ammoniy tuzlari singari qishloq xoʻjaligida o‘git sifatida ishlatiladi. Undan sovituvchi vosita sifatida ham foydalaniladi. Ammiak
O‘zbekistonda – Chirchiq, Farg‘ona va Navoiy kimyo kombinatlarida sintez qilinadi, buning uchun lozim bo‘lgan azot havodan, vodorod esa Buxoro tabiiy gazidan konversiya usuli bilan olinadi.
Ammiak
Molekulasining tuzilishi. Azot vodorod bilan bir necha xil birikma hosil qiladi, ulardan eng muhimi ammiakdir. Ammiak molekulasining elektron formulasi quyidagicha:

H
: N: H


H

Ko'rinib turibdiki, azotdagi to'rtla elektronlar juftidan uchtasi umumiy (bog'lovchi) va bittasi bo'linmagan (bog'lovchi emas). NH3 molekulasining


5
tuzilishi piramida shaklida bo'ladi. Kimyoviy bog'lanish qutbli: musbat zaryad vodorod atomlarida, manfiy zaryad - azot atomida to'plangan. Shu tufayli ammiak molekulalari orasida vodorod bog'lanish hosil bo'ladi. buni shunday tasvirlash mumkin:
Vodorod bog'lanishlar borligi tufayli ammiakning suyuqlanish va qaynash temperaturasi nisbatan yuqori. Bug'lanish issiqligi ham katta bo'ladi, u oson suyuqlikka aylanadi.

Download 283.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling