S. dadayev, G. Abduraxmanova


Download 0.99 Mb.
Pdf просмотр
Sana26.06.2019
Hajmi0.99 Mb.

 

1

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA 



MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

 

 

 

 

 

 

 

S. DADAYEV, G. ABDURAXMANOVA 

 

 

 

UMUMIY 



PARAZITOLOGIYA 

 

 



O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 

tomonidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya  

etilgan. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

TOSHKENT – 2013 

 


 

2

UO‘K: 576.8 (075) 



KBK 28.083 

D-15 

 

    D-15   S. Dadayev, G. Abduraxmanova. Umumiy parazito- 

logiya. –T.: «Fan va texnologiya», 2013, 384 bеt. 

  

ISBN 978–9943–10–976–6 

 

O‘quv qo‘llanmada parazitologiya fanining maqsad va vazifalari, 

tirik organizmlar o‘rtasidagi turli shakldagi parazit-xo‘jayin munosa-

batlar, parazitlarning kelib chiqishi, odam, mahsuldor hayvonlar va qish-

loq xo‘jalik o‘simliklarida parazitlik qilib katta iqtisodiy zarar keltiruv-

chi vakillarining tuzilishi, ko‘payishi, bioekologik xususiyatlari, qo‘z-

g‘atadigan kasalliklari va ularning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘ri-

sida ma’lumotlar keltirilgan. 

Mazkur o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta 

maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv reja asosida 

tayyorlangan bo‘lib, oliy o‘quv yurtlarining biologiya mutaxassisligi 

magistratura bosqichi talabalari uchun mo‘ljallangan.  

O‘quv qo‘llanmadan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va 

umumiy o‘rta ta’lim maktablarining biologiya o‘qituvchilari hamda Oliy 

o‘quv yurtlarining biologiya yo‘nalishi bakalavr bosqichida ta’lim 

olayotgan talabalar ham foydalanishlari mumkin. 



UO‘K: 576.8 (075) 

KBK 28.083 

 

 

Taqrizchilar: J.A.Azimov – akademik, biologiya fanlari doktori, professor;  

               X.S.Eshova –  biologiya fanlari nomzodi, dotsent.  

 

 



 

 

 

ISBN 978–9943–10–976–6 

 

© S.Dadayev va bosh., 2013. 

© «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2013. 

 

3

 



SO‘Z BOSHI 

 

Parazitizm tabiatda nihoyatda keng tarqalgan bioekologik hodisa 

bo‘lib, hayvon yoki o‘simliklarning turli vakillari orasidagi o‘zaro 

munosabatning o‘ziga xos ko‘rinishidir. Parazitizmda bir organism (pa-

razit) ning boshqa bir organism (xo‘jayin) dan o‘ziga yashash uchun 

makon, oziqa topishi tushuniladi. Xo‘jayin organizmi parazit uchun 

tashqi muhit (endoparazitlar uchun xo‘jayin organizmi birlamchi, tashqi 

muhit ikkilamchi hisoblanadi, xo‘jainlar parazit va tashqi muhit o‘rta-

sida vositachi bo‘lib xizmat qiladi) vazifasini bajaradi va shuning uchun 

parazitning hayoti xo‘jayin organizmining hayoti bilan chambarchas 

bog‘liq. Bu holat esa uzoq evolutsion taraqqiyot davomida shakllangan 

bo‘lib, murakkab morfo-anatomik, fiziologik, biokimyoviy, ekologik, 

genetik munosabatlar va o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. 

Keyingi yillarda parazitologiya fani xalq xo‘jaligining turli tar-

moqlari, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish kabi muhim muam-

molarning tarkibiy qismiga aylanib bormoqda. Uning, ayniqsa, tibbiyot 

parazitologiyasi, veterinariya parazitologiyasi, fitogelmintologiya kabi 

sohalari jadal rivojlanib bormoqda. 

Parazit organizmlar bir hujayrali hayvonlardan, asosan – sarko-

mastigoforalar, apikomplekslar, knidosporidiyalar, mikrosporidiyalar va 

infuzoriyalar tiplari ichida hamda ko‘p hujayrali hayvonlardan – yassi 

chuvalchanglar, to‘garak chuvalchanglar, tikanboshlilar, halqali chuval-

changlar va bo‘g‘imoyoqlilar tiplari tarkibida uchraydi. Ular qishloq 

xo‘jaligiga, birinchi navbatda, madaniy o‘simliklar va chorvachilikka 

katta zarar keltiradi. Parazitlar ta’sirida o‘simliklar hosildorligi va 

chorva mollarining mahsuldorligi keskin kamayadi, hatto ularni nobud 

ham qiladi. Bir qator parazitlar inson salomatligiga ham salbiy ta’sir 

ko‘rsatib, og‘ir kasalliklarni keltirib chiqaradi. 

Parazitar kasalliklar bo‘yicha epidemiologik va epizootologik va-

ziyatlar dunyoning ayrim mamlakatlarida murakkab bo‘lib turibdi.  

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra yer yuzida 

har yili askaridoz bilan 1 mlrd., ankilostomidoz bilan 900 mln., trixose-

falyoz bilan 700 mln. ga yaqin odam kasallanadi. Dunyoning 74 mam-

lakati uchun shistosomoz endemik hisoblanadi, bu mamlakatlar aholi-

sining 200 mln. dan ko‘prog‘i ushbu gelmintoz bilan kasallangan va yana 


 

4

500-600 mln. ga yaqin odamlarning shistosomoz bilan kasallanish xavfi 



bor.  

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdi-ki, parazitar 

kasalliklar sog‘liqni saqlash tizimi va xalq xo‘jaligiga qanchalik iqtiso-

diy zarar yetkazishligiga yaqqol misoldir. Bu esa o‘z navbatida mutaxas-

sislarning parazitologiya fanidan chuqur bilimga ega bo‘lishni taqazo 

qiladi.  

Parazit organizmlar to‘g‘risida oliy o‘quv yurtlarining biologiya 

ixtisosligi bakalavriat bosqichi talabalariga umurtqasizlar zoologiyasi-

dan dars o‘tilganda qisqacha ma’lumotlar beriladi. Lekin bu berilgan 

ma’lumotlar talabalarga keng qamrovli biologiya yo‘nalishi mutaxassisi 

bo‘lib yetishishi uchun yetarli emas.  

Parazitologiya fanining o‘qitilishi talabalarning zoologiyadan ol-

gan bilimlarini yanada mustahkamlashga va biologiya yo‘nalishi 

bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlariga yordam beradi. 



 

Mualliflar. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

5

 



KIRISH 

 

Parazitizm organik olam vakillari (o‘simliklar, hayvonlar) orasida 

uchraydigan o‘zaro munosabatlarning bir ko‘rinishi. Parazit so‘zi 

yunoncha bo‘lib, aniq ma’nosi para – yonida, sites – oziqa, to‘g‘ridan-

to‘gri tekinxo‘r, bitta hayvon boshqa bir hayvon hisobiga yashashi tu-

shuniladi. Qadimgi Rimga bu so‘z Gretsiyadan o‘tgan. Parazit termini-

ning kelib chiqishi Yunonistonda, Perikl davrida, ya’ni miloddan avvalgi 

V asrda mavjud bo‘lgan qonunga asosan, ko‘zga ko‘ringan davlat ar-

boblari keksalik yoshida davlat qaramog‘iga o‘tishgan. Ular uchun 

qurilgan maxsus pansionatlar parasitariya, u yerda yashovchilar esa 

parasitlar deb atalgan. Rim imperiyasi davrida parazit so‘zi o‘zgalar hi-

sobiga yashovchi ma’nosini anglatib, hozirgi kungacha saqlanib qolgan. 

Shu xususiyatdan kelib chiqib, parazit qadimiy tibbiyotda, har qanday 

boshqa organizm hisobiga yashab, oziqlanuvchi organizmlar tushunil-

gan. Parazitlarni parazitologiya fani o‘rganadi.  

Parazitologiya fanining maqsad va vazifalari odamlarda, hay-

vonlarda hamda o‘simliklarda parazitlik qilib hayot kechiradigan hay-

vonlarni tuzilishi, rivojlanishi, tarqalishi, o‘ziga xos biologik va eko-

logik xysusiyatlarini, parazitlar keltirib chiqaradigan kasalliklarni o‘rga-

nish hamda ularga qarshi kurash choralarini to‘g‘ri tashkil qilishdan 

iboratdir.  

Tirik organizmni o‘ziga xos xususiyati bu uni tashqi muhit bilan 

bog‘liqligidir.  Tirik organizmlar o‘rtasida biotik bog‘lanishlar murak-

kab va xilma-xilligi bilan xarakterlanadi va uni asosida oziqa va makon 

bog‘lanishlari yotadi. Shu bog‘lanishlardan biri parazitizm ko‘rinishida 

namoyon bo‘ladi. Demak, organik olamdagi ikkita boshqa-boshqa turga 

mansub organizmlarni bir-biri bilan bo‘lgan munosabatlarini bir ko‘ri-

nishi bu parazitizm hodisasi hisoblanadi. 

Parazitizm tabiatda keng tarqalgan hodisa bo‘lib, uni yuzaga 

chiqish shakllari xilma-xildir. Barcha mikroorganizmlar (virus, bak-

teriya, zamburug‘) parazitlik qilib hayot kechirishga o‘tgan.  

Yuksak o‘simliklar orasida ham parazit formalarni kuzatish mum-

kin (zarpechak, pechak). Hayvonlar orasida ham bir qancha turlari pa-

razitlik qilib hayot kechiradi.  



 

6

Umuman, parazitlarni o‘rganish obyektlariga ko‘ra tibbiyot pa-



razitologiyasi, veterinariya parazitologiyasi, agronomiya parazitologi-

yasi va umumiy parazitologiyaga bo‘linadi. 

Parazitologiya ko‘pgina biologik, tibbiyot va veterinariya sohasi-

dagi maxsus fanlar bilan chambarchas bog‘langan. Parazitlarning tavsifi, 

morfologiyasi, biologik va ekologik xususiyatlarini hamda rivojlanish 

sikllarini o‘rganish bilan zoologiya fani shug‘ullansa, ular qo‘zg‘a-

tadigan kasalliklar patogenezi, klinikasi, diagnostikasi va davolashini 

o‘rganish bilan patologik anatomiya, patologik fiziologiya, immuno-

logiya, virusologiya, mikrobiologiya, terapiya, farmakologiya, epizoo-

tologiya, xirurgiya, biokimyo, veterinariya-sanitariya ekspertizasi, 

zoogigiyena va boshqa fanlar shug‘ullanadi hamda ulardagi tadqiqot 

usullariga tayanadi.  



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

7

 



PARAZITOLOGIYA FANINING QISQACHA  

RIVOJLANISH TARIXI 

 

 

Parazitlar haqidagi ma’lumotlar eramizdan ancha avval paydo 



bo‘lgan. Ebersning mashhur Papirusida odamlarda parazitlik qiladigan 

gelmintlar, jumladan, askarida, teniyalar haqida ma’lumotlar bor.  

 

Eramizgacha yashab o‘tgan yunon vrachi, tibbiyot ilmining 



asoschilaridan biri Gippokrat (460–375-y.y.) odamlarda askarida, 

ostritsa, exinokokk uchrashi haqida ma’lumotlar qoldirgan. Olim fanga 

birinchi bo‘lib «askaridoz», «helmins» atamalarini kiritgan. Lekin u 

parazit chuvalchanglarni va boshqa chuvalchanglarni, hatto 

bo‘g‘imoyoqlilar lichincalari va ilonlarni hammasini ham bir deb 

tushungan. U odamlarda uchraydigan askarida, bolalar gijjasi, yassi 

chuvalchanglarning ayrim turlari bilan birga hayvonlar parazitini 

(exinokokkni) ham aniqlagan. Gippokrat gelmintlarni invazion 

kasalliklarning qo‘zg‘atuvchisi emas, balki o‘z-o‘zidan vujudga 

keladigan biror kasallikning oqibati, deb noto‘g‘ri tushuncha bergan. 

 

Eramizdan avvalgi 384–322-yillarda yashagan yunon faylasufi 



Arestotel qoramollardagi exinokokkoz, cho‘chqalardagi sistiserkoz, 

odam askaridasi va ostritsa to‘g‘risida ma’lumotlar yozib qoldirgan. 

 Eramizdan 

avvalgi 


116—27-yillarda yashagan Rim olimi Varron 

hayvonlarni botqoqlik, to‘qayzorlarda boqqanda og‘iz va nafas yo‘llari 

orqali mol organizmiga ko‘zga ko‘rinmaydigan parazitlar kirib kasallik 

qo‘zg‘atadi deb fikr yuritgan. 

 

Eramizdan avval va eramizning dastlabki yillarida qo‘tir kasal-



ligiga qarshi oltingugurt, gelmintozlarga qarshi piyoz, sarimsoq piyoz va 

boshqa surgi dorilari ishlatilgan. Parazitlar to‘g‘risidagi ayrim ma’lu-

motlar bir qancha olimlarning qo‘lyozmalaridan ham topilgan, ammo 

ular parazitlarni xudo yuborgan ofat deb, bu kasalliklarni «davolash» 

uchun xudoga sig‘inish, iltijo qilish kerakligini aytishgan. 

 Gabustius 

(1549) 

gelmintologiya 



sohasida birinchi qo‘llanmaning 

muallifi hisoblanadi. Olim qo‘llanmada o‘z davrida ma’lum bo‘lgan gel-

mintlarga tavsif bergan va davo xillariga to‘xtalib o‘tgan, jigar qurtiga 

to‘liq tavsif beradi.  

 

Shvetsariyalik vrach K. Gesner (1516–1565)  «Hayvonlar tarixi» 



asarida sodda organizmlar, ildizoyoqlilar haqida dastlabki ma’lumotlar 

 

8

keltiradi. Sodda organizmlarni tuzilishi to‘g‘risida tasavvurga ega 



bo‘lmay turib, o‘zi topgan ildizoyoqlini, juda kichik mollyuska deydi. 

 

Sodda hayvonlarni o‘rganilishda keksa tabiatshunos, gollandiyalik 



mikroskop ustasi Anton van Levengukning (Anton van Leeuwenhoek, 

1632–1723) xizmatlari kattadir. Levenguk sistematik ilmiy tayyorgar-

likka ega bo‘lmasada, buyuk aql, zakovat sohibi bo‘lgan va tabiiy 

fanlarni sevgan.  

 

Levenguk o‘zini ishdan bo‘sh vaqtlarini kattalashtirib ko‘rsatuvchi 



ko‘zgularni shlifovkasiga bag‘ishlaydi. Natijada, oddiy ko‘z bilan ko‘rib 

bo‘lmaydigan mayda jonivorlarni topadi va bu mayda jonivorlarni 

«animalkula» deb ataydi. Olim jahonda birinchi bo‘lib oddiy ko‘z bilan 

ko‘rib bo‘lmaydigan sodda organizmlarni ko‘radi. O‘zini ixtirosi 

to‘g‘risida, o‘sha paytda London qirollik jamiyatiga qarashli ilmiy bi-

limlar markazida xat shaklida e’lon qilib boradi. So‘nggi xati 1723-yilda 

bosib chiqarilgan, shunda olim 91 yoshda edi. 1720-yilda bosib chi-

qarilgan xatida olim, yoshim sakson sakkiz yarimga kirdi, umrimning 

kuziga o‘tdim deb yozgan. Olim o‘z ixtirosi bilan butun biologiya soha-

sida yangi davrni boshlab berdi.  

 

XVII–XVIII asrlarda asosan, parazitlarning morfologik tuzilishi 



o‘rganilgan. XVII asrning o‘rtalariga kelib, Italiya tabiatshunosi F. Redi 

(1626–1698) tadqiqotlar orqali, go‘sht qurtlari o‘z-o‘zidan paydo 

bo‘lmasligini, ular pashshalarni tuxumi ekanligi va bu bilan organizmlar 

Arastu davridan mavjud bo‘lgan o‘z-o‘zidan yaralish qonunini noto‘g‘ri 

ekanligini, ya’ni yo‘qdan bor bo‘lmasligini ilmiy tomondan isbotlab 

berdi.  


 

P. Pallas (1771–1811) mashhur biolog, sayohatchi olim bo‘lib, o‘z 

zamonasini olimlari, olimni tadqiqot uslublarini aniqligini ko‘zda tutib, 

zamonasidan avvalroq tug‘ilib qolgan deb ta’riflashgan. Olim akantose-

fallar, sestodalar va nematodalarning rivojlanish sikllarini o‘rganib, ular 

o‘ziga o‘xshash avlodlardan paydo bo‘lishini ilmiy asoslab bergan. 

 

K.A. Rudolfi (1771–1832) butun hayotini parazit chuvalchanglarni 



o‘rganishga bag‘ishladi. U birinchi marta o‘ziga ma’lum bo‘lgan 981 tur 

parazit chuvalchanglarni to‘rtta sinfga: Trematoda, Cestoda, Nematoda, 

Akantosephala va 30 ta avlodga bo‘ldi. 

 

Nemis olimi G.F.Kyuxenmeyster sestodalarni rivojlanish siklini 



o‘rganib, cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi odam va cho‘chqa paraziti 

ekanligini aniqladi. 

 

Protozoa termini birinchi bo‘lib fanga 1820-yilda Goldfus tomo-



nidan kiritilgan. 

 

9

 



K. Zibold va Kyollekerlar (1845) tomonidan sodda hayvonlar 

olamini shu termin bilan atash taklif qilindi. Sodda hayvonlar XIX asr-

dan to‘liq o‘rganila boshlandi. Bu vaqtga kelib, erkin yashaydigan sodda 

hayvonlar bilan bir qatorda, odam va hayvonlarda parazitlik qiladigan 

sodda hayvonlar to‘g‘risida ham ma’lumotlar to‘plandi. 

 

Parazitologiya fanining taraqqiyotiga mikroskop va mikroskopik 



tadqiqotlarning takomillashuvi yordam berdi, shu tufayli XIX asrda 

parazitologiya fan sifatida shakllandi. Mana shu vaqtdan boshlab para-

zitlarning biologiyasi o‘rganila boshlandi va eksperimental parazitolo-

giyaga asos solindi.  

 

1818-yilda L.Ya. Boyanus mollyuskalar tanasidagi serkariylarni 



trematodalarni lichinkalari bo‘lsa kerak deb faraz qiladi.  

 1827-yilda 

akademik 

K.M. Ber tomonidan bu farazning to‘g‘riligi 

eksperimentlar asosida isbotlandi va kelgusida ma’lum turdagi tremato-

dalarning rivojlanish siklini o‘rganishga imkon berdi. 

 

N.A. Xolodkovskiy odam va hayvonlarda uchraydigan gelmintlar-



ning anatomiyasini, biologik rivojlanish bosqichlarini va sistematikasini 

o‘rganib, rus tilida gelmintlar to‘g‘risida birinchi atlas yozdi. 

 

XIX asrning ikkinchi yarmidayoq turli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi 



bir hujayrali hayvonlar (sodda hayvonlar) topildi. Sodda hayvonlarni 

zamonaviy klassifikatsiyasi R. Leykart (1879) nomi bilan bog‘liq.          

U Sporalilar guruhiga gregarina, koksidiyalarni qo‘shib o‘rganishni 

taklif qildi.  

 

Keyinroq esa hasharotlar va kanalar ba’zi kasalliklarning qo‘z-



g‘atuvchilarini tarqatishdagi ro‘li, shuningdek, faqat odamlarga xos 

bo‘lgan parazitar kasalliklar ham aniqlandi. Bu davrda parazitolo-

giyaning rivojlanishiga rus olimlaridan E.A. Ostrovskiy, A.P. Fedchen-

ko, E.K. Brandt, N.M. Melnikov, I.I. Mechnikov, F.A. Lesh; nemis 

olimlaridan F. Kyuxenmeyster, K. Foxt, R. Leykart; ingliz olimlaridan 

R. Ross, P. Menson, J. Datton, J. Todd; Italiya olimi B. Grassi; fransuz 

olimi Sh. Nikol va boshqalar katta hissa qo‘shdilar. 

 

E.A. Ostrovskiy XIX asrning 50-yillarida exinokokkoz va senuroz 



kasalliklari qo‘zg‘atuvchilarining rivojlanish sikllarini o‘rganib, gelmint-

larni o‘z-o‘zidan rivojlanish qonunini tanqid qiladi. 

 

E.K. Brand XIX asrning 70–80-yillarida odam va hayvonlar pa-



razitlari to‘g‘risidagi kitobni yozadi. 

 

N.M. Melnikov it va uy hayvonlarini burgasi hamda junxo‘rlari 



tasmasimon chuvalchanglar sinfiga kiruvchi Dipyllidium caninum 

turining oraliq xo‘jayini ekanligini aniqladi. 



Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi 

https://kitobxon.com/oz/asar/16

 saytida.

Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси 

https://kitobxon.com/uz/asar/16

 сайтида.

Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно найти на сайте

https://kitobxon.com/ru/asar/16





Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling