S-elementlar


Download 324.33 Kb.
bet1/14
Sana30.01.2024
Hajmi324.33 Kb.
#1810816
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1-2


s-elementlar
15.1.Vodorod
Vodorod(Hudrogenium). XV1 asrning birinchi yarmida nemis shifokori Parasels tomonidan kashf etilgan. 1776 yilda ingliz olimi G.Kavendesh uning xossalarini va boshqra gazlardan farqini o’rgandi. 1783 yilda A..Lavuaze vodorodni birinchi marta suvdan oldi va suv ham vodorod va kisloroddan tashkil topishini ko’rsatdi.
Vodorodni qayn. harorati -252o S , suyuql. harorati - 259,2 oS . Vodorodni 3 ta izotopi bor: 11H- protiy. 21H - deyteriy, va 31H - tritiy.
Tabiatda 99,985 % protiy va 0,015 % deyteriy bo’ladi. 31H – tritiy tabiatda nihoyatda kam uchraydi, faqat atmosferaning yuqori qatlamlarida, koinot nurlari ta’sirida va yadro reaksiyalarida hosil bo’ladi. Tritiyning yarim emirilish davri 12,42 yil,radiuoaktiv izotop.
Hozirgi paytda deyteriy turli dorivor moddalarning farmakokinetikasini tekshirishda radioaktiv nishon sifatida qo’llaniladi. Shu maqsadda o’zidan - zarrachalar tarqatadigan tritiy ham ishlatiladi.Tritiy organizmdagi suvning umumiy miqdorini aniqlashda kerak bo’ladi. Ayniqsa fermentlar mexanimini tekshirishda, turli kasalliklani tahlil qilishda foydalaniladi.
H atomi yadrosi birgina protondan iborat, atom massasi 1,00797 vodorod atomi musbat va manfiy zaryadlangan ionlar hosil qilishi mumkin.
Ho - 1e = H+ -1305 kJ Ho +1e = H- +76,1 kJ
H+ bu, yadro, ya’ni erkin proton. H- inert gaz geliyning elektron qavatiga o’xshash. H- anchagina beqaror.
Molekulyar vodorod metallarda (Fe, Ni, Pt va Pd) yaxshi eriydi. Bir litr palladiy 900 l vodorodni eritishi ma’lum. Bu jarayonda palladiyni hajmi kattalashadi.
Tabiatda uchrashi.Vodorod tabiatda keng tarqalgan kimyoviy element. Yer sharida uning miqdori 1 %( atmosfera, litosfera va gidrosfera). U torpf va qo’ng’ir ko’mir tarkibiga, neft, suv, tuproq va boshqalarni tarkibida bor. Erkin holda vodorod juda kam uchraydi. Vodorod eng ko’p tarqalgan kimyoviy element. U quyoshning yarmini, yulduzlarning asosiy qismini tashkil etadi. U ko’p planetalar atmosferasida, kometalarda, gaz va tumanlarda bor.
Quyosh sistemasida vodorod asosida quyidagi termoyadro reaksiysi boradi:
411H 24He +2 oe

Download 324.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling