Layoqat nishonlari va qobiliyat. Ko`pgina olimlari qobiliyatlar tug`ma
bo`ladi va avloddan-avlodga o`tib turadi, deb hisoblaydilar. Unchalik qobiliyatli
bo`lmagan ko`pchilik kishilar orasida layoqatli kishilar oilalari kam bo`ladi, bu
oilalardagi kishilarnig qobiliyatlari avloddan-avlodga o`tib keladi. Lekin
qobiliyatlar to`g`risida bunga butunlay qarama-qarshi bo`lgan nuqtai nazar ham
mavjud, bu nuqtai nazar tug`ma sifatlarni butunlay inkor qiladi va hamma narsa
tarbiyaga, shart-sharoitga bog`liq deb hisoblaydi. Ana shu nuqtai nazarni ham
to`g`ri deb hisoblab bo`lmaydi. Qobiliyatlar miya va sezish organlarining
tuzilishiga bog`liq, ular har-xil kishilarda tug`ilgan vaqtidayoq turlicha bo`ladi.
Qobiliyatlarni rivojlantirish uchun jiddiy mehnat qilishning ahamiyati katta.
Qobiliyat - avvalo sabr-toqatga ko`paytirilgan mehnat, mehnat va yana bir karra
mehnatdir. Mehnatga bo`lgan ehtiyojni tarbiyalash uchun ishga qiziqish va unga
odatlanish katta ahamiyatga egadir. Layoqat bilan qobiliyatni bir-biridan farqlay
olish lozim. Layoqat bu odamni faoliyatga bo`lgan intilish, qobiliyat esa ushbu
faoliyatni bajara olish imkonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |