Qobiliyatlarni sifat faoliyatda o`z imkoniyatlaridan to`laroq foydalana olishni
ko`proq yutuqlar erishishni ko`rsatib beradi. Qobiliyatlar strukturasi yetakchi,
Biror faoliyatning ayniqsa muvaffaqiyatli, mustaqil va original tarzda
bajarilishini taqozo qiladigan qobiliyatlar birikmasi - talant deb ataladi. Ijodiy
faoliyatga qobiliyatli bo`lgan kishilarni talantli kishilar jumlasiga kiritish mumkin.
Talantlilikni yuqori bosqichi geniallik deb ataladi. Ijtimoiy hayotda, fan, adabiyot,
san’at va shu kabi sohalarda prinsipial ravishda yangi bo`lgan biror narsa yaratgan
kishilar geniylar deb hisoblanadilar.
21-shakl
Tabiiy anatomik-fiziologik layoqat nishonalari qobiliyatlarning fiziologik
asosini tashkil qiladi. Keyinchalik qobiliyatga aylanadigan layoqat nishonalarining
majmui - iste’dod deyiladi.
Qiziqishlar qobiliyatlarni rivojlanishda muhim rol o`ynaydi. Faoliyatga
bo`lgan qiziqishni motivatsiya orqali qo`llab-quvvatlash faoliyat maqsadini odam
uchun aktual ehtiyojga aylantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: