Realist tip - 0-18 ball: Siz realist insonni sevib qolibsiz! U hamma narsani to`g`ri baholashga harakat qiladi. Hayotda juda kup narsani - butun tabiat va olamdagi bo`layotgan voqea-hodisalarni bilgisi deb biladi. Intuitsiya uning g`ashini keltiradi. Voqealarni aniq tahlil qila olmagan va noto`g`ri xulosa chiqarganlardan nafratlanadi.
Maslahat: unga turli to`qima voqealarni gapirib, ichki tuyg`ularini uyin qilib jig`iga tegmang, uni o`zingizdan uzoqlashtirasiz. Agar o`zingizni aqlli insonlardek tutsangiz, yutasiz, sizga ishonib, siz bilan faxrlanib yuradi.
Pragmatik tip - 19-30 ball: Siz tanlagan odamning pragmatikligi aniq. Butun dunyo va o`zi muloqot qiladigan hamma odamlarni u uchta rangga ajratgan. Yorqin rang - o`zi uchun eng kerakli insonlar, qora rang - uning baxti, tinchligi va omadiga taxdid soluvchi insonlar, betaraf rang - hayotidan o`rin ololmaganlar. Agar unga sayohatlar haqida gapirsangiz, bamaylixotir "busiz ham yashasa bo`ladi", deydi. Agar unga kechroq uchrashishni taklif qilsangiz, «judayam qorong`i, umuman odamlar yo`q joymi...» deya ensasini qotiradi. U bilan bir umr yashay olishingizga ko`zingiz yetmasa, tezroq bir qarorga keling.
Romantik tip - 31-42 ball: Sizga ajoyib romantik inson nasib qilibdi. Kamdan-kam uchraydigan holat! Hayotda hamma narsa u uchun his-tuyg`uga limmo-lim. Yomg`irli ob-havoda yalangoyoq sayr qilishni xush kuradi, ko`lingizdan ushlab olib, dengiz shovqini va qushlar sayrashini soatlab eshitib
o`tirishga ham tayyor. Unga hayotda hamma narsa, xattoki, siz ham sirli tuyulasiz. SHuning uchun u bilan g`aroyib mavzularda suhbat quring. Qanchalar sirli bo`lsangiz, shunchalar sevimli yorga aylanaverasiz yaxshi ishlaydilar.
Diqqatning mohiyati
D I Q Q A T
Diqqatning fiziologik D x asoslari: i u
Do'stlaringiz bilan baham: |