S hududida odam paleolit davridan yashab keladi. Mil av. 2ming yillikning 1-yarmida mayda shahardavlatlar vujudga kelgan. Mil av. 15-a da S. ning koʻp qismini Misr, 14-a da Xett podshoxligi egallab olgan, 12-a
Download 5.19 Kb.
|
Qadimgi Suriya
S. hududida odam paleolit davridan yashab keladi. Mil. av. 2ming yillikning 1-yarmida mayda shahardavlatlar vujudga kelgan. Mil. av. 15-a.da S.ning koʻp qismini Misr, 14-a.da Xett podshoxligi egallab olgan, 12-a. boshlarida S. ozodlikka erishsada, 8-a. oxirida Ossuriyata, 7-a. oxirida esa Yangi Bobil podshoxligi, 6-a. oʻrtalarida Axomaniylarga qaram boʻldi. Mil. av. 333 y. Iskandar Maqsuniy (Aleksandr) davlati tarkibiga kirdi, bu davlat barbod boʻlgach, salavkiylar davlatining viloyatiga aylandi. Mil. av. 1-a.da Armaniston podshosi Tigran II S.ni bosib oldi, 64 y. Rim, mil. 4-a. oxiridan Vizantiya viloyatiga aylandi. Mil. 633—40 yillarda Arab xalifaligi, 1516 yilda Usmonli turk imperiyasi zabt etdi va S. 1818 yilgacha Turkiya tarkibida boʻldi. 1832—40 yillarda Misr qoʻshinlari tomonidan bosib olindi. 1840 y. S.da Yana turklar hukmronligi tiklandi. 1918 y. okt.da S.ni ingliz qoʻshinlari bosib oldi. 1919 y. Angliya Fransiya kelishuviga binoan inglizlarning oʻrnini fransuzlar egalladi. 20y.larda milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1928 y. Taʼsis majlisiga saylov oʻtkazildi, 1930 y. mayda S. respublika deb eʼlon qilindi, ammo Fransiya mandati saqlanib krldi, bu mandat 1943 y.dek.da bekor qilindi. 1946 y. 17 apr.dagina toʻla mustaqillikka erishdi. 1958 y. S. Misr bilan yagona davlat — Birlashgan Arab Respublikasi (BAR)ga birlashdi, ammo 1961 y. 28 sent.da uning tarkibidan ajralib chiqdi va oʻzini Suriya Arab Respublikasi (SAR) deb eʼlon qildi. 1963 y. 8 martda davlat toʻntarishi boʻlib, S. Arab sotsialistik uygʻonish partiyasi (Baas) hokimiyatni qoʻlga oldi, 1971 y. 12 martdan Hafiz Asad prezident boʻldi. 1967 y. iyunda S.ga Isroil hujum qilib, mamlakat hududining bir kismini (Gʻulon tepaliklarini) bosib oldi. 1973 y. okt.da S. boshka arab davlatlari qatori harbiy harakatlarda qatnashib, Isroil tomonidan bosib oligan yerlarning bir qismini qaytarib olishga muvaffaq boʻldi. S— 1945 yildan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1991 y. 28 dek.da tan olgan va 1992 y. 24 apr.da diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 17 apr, — Chet el koʻshinlari chikarib yuborilgan kun Download 5.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling