S I n f L a r bayramlar V a tadbirlar


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/63
Sana26.10.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1723069
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   63
Bog'liq
1- 2 sinflar uchun bayramlar va tadbirlar 2017

O'quvchilar:
Rahmat sizga muallim,
Berdingiz bizga ta’lim.
Boshlovchi: — Qani bolajonlar, bayramimizni boshlaymizmi? 
O'quvchilar: — Ha, albatta, boshlaymiz.
1- o'quvchi:
Salom sizga yurak to'ridan, 

Davramizga yig'ilgan do'stlar,
Ko'ksimizga qo'limiz qo'yib,
Deymiz sizga: «Xush kelibsizlar!»
2 - o'quvchi:
Quyoshdek shu’la sochgan,
Bizni erkalab quchgan.
Sizgadir ushbu kalom,
Hamma: Muallimlar, assalom!
(O'quvchilar raqs ijro etishadi).
Boshlovchi: — Bolajonlar, biz qayerda yashaymiz? 
O'quvchilar: — O'zbekistonda.
Boshlovchi: — O'zbekiston qanday davlat?
O'quvchilar: — Mustaqil davlat.
Boshlovchi: — O 'zbekistonning davlat ram zlarini ham 
bilasizmi?
(O'quvchilar davlat ramzlari va Vatan haqida she’rlar aytadilar. 
Barcha o'quvchilar O'zbekiston Respublikasi madhiyasini kuylaydi). 
Boshlovchi: — Rahmat, bolajonlar!
Mana, siz shuncha narsalarni bilib olibsizlar. Qani, ayting-chi, 
buni siz qayerda o'rgandingiz?
Hamma: — Maktabda.
O'quvchi:
Salom senga maktabim,
Bilim olish — maqsadim.
25


Urishtirib harflarni,
Tuzaman ko‘p gaplarni.
Hozircha dars boshlanar,
Qo'lni bering oshnalar.
Qanot bog'lab parvozga,
Ergashamiz ustozga.
(O'quvchilar birma-bir davraga chiqib, maktab, ustozlar haqida 
she’r aytadilar).
Boshlovchi:
Bilsangiz, bor bir kitob,
Kitoblarning bobosi.
Kitobmas go'yo oftob,
Yo'qdir uning bahosi.
Bugun bayram sababkori,
Bilimlar poydevori.
Qani alifbe o'zi,
Ma’noli har bir so‘zi.
Barobar qarsak chalsak,
«Alifbe»ni chaqirsak.
Hamma:
Alifbejon, kelaqol,
Olqishlaymiz quloq sol!
(Davraga «Alifbe» kitobi kirib keladi).
Salom aziz bolalar,
Chiroyli gul-lolalar.
Nimalarni bildingiz,
Qay she’rni yod oldingiz?
(O'quvchilar Alifbe haqidagi she’rlardan o'qib beradilar). 
0 ‘quvchi:
Alifbeni endi men,
Hech qiynalmay o'qiyman.
’ Unli, undosh harflardan,
Ma’noli so‘z to'qiyman.
(O 'g'il bolalar ijrosida o'yin).

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling