S I n f L a r bayramlar V a tadbirlar


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/63
Sana26.10.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1723069
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   63
Bog'liq
1- 2 sinflar uchun bayramlar va tadbirlar 2017

42


1- boshlovchi: — Bugun Qurolli Kuchlar safida bizning 
mard, jasur akalarimiz yigitlik burchini o ‘tashmoqda. Ular tufayli 
yurtimizda osoyishtalik hukmron.
2 - boshlovchi: — Mustaqillik yillarida armiyamiz har jihatdan 
takom illashtirildi. Eng zamonaviy harbiy texnika va asbob- 
uskunalar bilan ta ’minlandi, askarlar uchun barcha shart- 
sharoitlar yaratildi.
1- boshlovchi: — O 'zbekiston Respublikasining Qurolli 
Kuchlari Quruqlikdagi qo'shinlar, Havo hujumidagi mudofaa 
qo'shinlari, Harbiy havo kuchlari, Maxsus qo'shinlar va boshqa 
harbiy tuzilmalardan tashkil topgan.
2 - boshlovchi: — Bundan ko'rinib turibdiki, bizning qudratli 
a rm iy a m iz V a ta n im iz s a rh a d la rin i, m a m la k a tim iz n i har 
tomonlama ishonchli himoya qila oladi.
0 ‘quvchi: Muqaddas burch - Vatanni
Matonat-la asramoq.
Mustaqil yurt - jon-tanni,
Mehr-u ont-la asramoq.
0 ‘quvchi: Ona yurt deb kun-u tun,
Osonmas safda turmoq.
Ozod, obod Vatanda
Ogoh bo'lib ot surmoq.
0 ‘quvchi: — Hadislarda ham Vatanni sevmay turib, uni 
himoya qilib bo'lmaydi, uni yurak-yurakdan sevish shart, bu 
esa tinchlikning asosiy poydevorlaridan biri ekani keltirilgan. 
Zero, Vatanni sevmoq iymondandir.
Maqollar.
1. Vatan — muqaddas, uning har qarichi aziz.
2. Vataning tinch — sen tinch.
3. Tinchlik bilan el ko'karar,
Yom g'ir bilan yer ko'karar.
4. Yurt qo'risang o'zarsan,
Qo'rimasang to'zarsan.
5. El qudrati — chin qudrat,
Vatan tuprog'i qimmat.
1- 
boshlovchi: — Afsuski, Vatanimiz ravnaqini, ozodligini, 
obodligini ko'rolmaydigan yovuz kimsalar ham uchrab turadi. 
Ularning tinch-osuda hayotim izga rahna solish maqsadida 
a m a lg a o s h irg a n b ir q a n c h a te r r o r is t ik h a ra k a tla rid a
vatandoshlarimiz, yurtimiz posbonlari mardlarcha halok bo'ldi. 
Bu insonlar tom ma’noda Vatan himoyachilari edilar. Ularning
43


porloq xotirasi qalbim izda mangu yashaydi. Biz ular bilan 
faxrlanamiz.
0 ‘quvchi: Qoyalar-u dalalardan chegaramiz o'tadi,
Balki biror pastqam yerda dushman pisib yotadi.
Vatanga qasd qilganlar niyatiga yetmaydi,
Mustahkamdir chegaralar, biror g'anim o'tmaydi.
0 ‘quvchi: Chegarani qo'riqlar eng mard yigitlar,
Yuragi olov-u, asli burgutlar.
Sezgirlik, epchillik eng zarur xislat,
Vatanini sevar shunqorlar behad.
1- boshlovchi: — Mustaqil 0 ‘zbekistonimiz Qurolli Kuchlari 
safida xizmat qilish har b ir- farzand uchun sharaf, muqaddas 
burchdir. Botir askar bo'lish uchun chuqur bilim olishimiz, 
sport bilan shug'ullanib, chiniqishimiz zarur. Ana shundagina 
biz chinakam yurt posboni bo'lib yetishamiz.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling