S. K. Ganiyev, A. A. Ganiyev, D. Y. Irgasheva ma’lumotlar bazasi
Download 4.8 Mb. Pdf ko'rish
|
1.-GaniyevS..Ganiyev..IrgashevaD.Y.Malumotlarbazasixavfsizligi.
18
Nazorat savollari 1. “Axborot xavfsizligi” tushunchasining tarkibiy qismlarini sanab o ‘ting. 2. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi qanday funksiya- lami amalga oshiradi? 3. Ma’lumotlami tashkil etishning qanday modellarini bilasiz? 4. “Tranzaksiya” tushunchasiga izoh bering. 5. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi strukturasi va komponentlarining o‘zaro bog‘lanishlarini tushuntirib bering. 6. Ma’lumotlar bazasi xavfsizligi modelining tashkil etuv- chilarini sanab o‘ting. 7. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida foydalanishning diskretsion va mandatli cheklash prinsiplarini tushuntiring. 1.2. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining turlari Muloqot tillari bo‘yicha ochiq, yopiq va aralash MBBTlari farq- lanadi. Ochiq tizimlarda ma’lumotlar bazasiga murojaat uchun dasturlaming universal tillari ishlatiladi. Yopiq tizimlar ma’lumotlar bazasi foydalanuvchilari bilan muloqotda xususiy tillardan foyda- lanadi. Arxitekturadagi sathlar soni bo'yicha bir sathli, ikki sathli, uch sathli tizimlar farqlanadi. Umuman, sathlaming katta sonini ajratish mumkin. MBBTning arxitekturaviy sathi deganda mexanizmlari ma’lumotlar abstraktsiyasining qandaydir sathini madadlashga xiz- mat qiluvchi funksional komponent tushuniladi. (Mantiqiy va fizik sath hamda foydalanuvchi “ nigohi” - tashqi sath). (1.6-rasm). Bajariladigan funksiyalari bo‘yicha axborot va operatsion MBBTlari farqlanadi. Axborot MBBTlari axborotni saqlashga va undan foydalanishni tashkil etishga imkon beradi. Murakkabroq ish- lashni bajarish uchun maxsus dasturlar tuzish lozim. Operatsion MBBTlari yetarlicha murakkab ishlashni bajaradi, masalan, bevosita ma’lumotlar bazasida saqlanmagan agregirlangan ko‘rsatkichlami avtomatik tarzda olishga imkon beradi, ishlash algoritmini o‘zgar- tirishi mumkin va h. 19 Qo‘llanishi mumkin boigan soha bo‘yicha universal va ixti soslashtirilgan (muammoga yo‘naltirilgan) MBBTlari farqlanadi. 1.6-rasm. MBBTning arxitekturadagi sathlar sonibo‘yicha tasnifi (uch sathli arxitektura misoli). Maiumotlar bazasini boshqarish tizimlari turli xil maiumot- lami madadlaydi. Turli MBBTdagi joiz ma’lumotlaming turlar na- bori har xil. Undan tashqari, qator MBBTlar ishlab chiqaruvchiga ma’lumotlaming yangi turlarini va bu ma’lumotlar ustida baja- riluvchi yangi amallami qo‘shishga imkon beradi. Bunday tizimlar raa’ lumotlar bazasining kengayuvchi tizimlari deb yuritiladi. Ma’lumotlar bazasining kengayuvchi tizimlari konsepsiya- sining keyingi rivoji - murakkab obyektlami bevosita modellashda yetarlicha qnwatli ifodalash imkoniyatlariga ega boigan maiu motlar bazasining obyektga yo‘naltirilgan tizimi hisoblanadi. Quwati bo‘yicha bitta odam foydalanuvchi va ko‘pchilik foy- dalanuvchi (korporativ) MBBTlari farqlanadi. Bitta odam foydala nuvchi MBBTlar texnik vositalarga qo‘yiladigan talablaming yuqori emasligi, oxirgi foydalanuvchiga moijallanganligi, narxining pastligi bilan xarakterlanadi. 20 Korporativ MBBTlar taqsimlangan muhitda ishlashni, yuqori unumdorlikni, tizimni loyihalashdajamoa ishining madadini ta’min- laydi, rivojlangan ma’murlash vositasiga va yaxlitlikni madadlash- ning keng imkoniyatlariga ega. Ushbu tizimlar murakkab, qimmat, ko‘pgina hisoblash resurslarini talab etadi. Bitta odam foydalanuvchi va korporativ MBBTlaming qiyosiy xarakteristikalari 1.1-jadvalda keltirilgan. Bitta odam foydalanuvchi va korporativ foydalanuvchi MBBTlaming qiyosiy xarakteristikasi 1.1-jadva Mezon Bitta odam foydalanuvchi Korporativ foydalanuvchi Foydalanish osonligi + Dasturiy ta’minot narxi + Ekspluatatsiya narxi + Funksional imkoniyatlari: ma’murlash, Internet/Intranet bi lan ishlash va h. + Ishlash ishonchligi + Madadlanuvchi ma’lumotlar hajmi + Tezkorligi + Masshtablash imkoniyatlari + Geterogen muhitda ishlash + Ikkala sinf tizimlari jadallik bilan rivojlanmoqda, uning ustiga rivojning ba’zi tendensiyalari ushbu sinflarning har biriga taalluqli. Birinchi navbatda, ilovalami ishlab chiqishda yuqori sathli vositalar- dan foydalanish (awal asosan bitta odam foydalanuvchi tizimlarga taalluqli edi), unumdorlflming va funksional imkoniyatlaming o‘si- shi, lokal va global tarmoqlarda ishlash va h. Keng tarqalgan korpo rativ MBBTlariga Oracle, DB2, Sybase, MS SQL Server, Progress va boshqalar taalluqli. Ishlab chiquvchilarga va oxirgi foydalanuvchilarga mo'Ijal- langan MBBTlar farqlanadi. Ishlab chiqaruvchilarga mo‘ljallangan 21 MBBTlar samarali murakkab tizimlami qurishga imkon beruvchi sifatli kompilyatorlarga va sozlashning.rivojlangan vositalariga, lo- yihani hujjatlash vositalariga va boshqa imkoniyatlarga ega bo‘lish- lari shart. Oxirgi foydalanuvchiga mo'ljallangan MBBTlarga qo‘yi- ladigan talablar quyidagilar: interfeysning qulayligi, til vositalari sathining yuqoriligi, yo‘l-yo‘riqlaming intellektual modullarining maviudligi, bexosdan qilingan xatolardan himoyaning yuqoriligi va h.k. MBBTlami avlodlar bo‘yicha ajratish mavjud. Birinchi avlod MBBTlari (XX asming 60-70-yillari) ierarxik va tarmoqli model- larga asoslangan, ikkinchi avlod MBBTlariga relyatsion tizimlar taalluqli. Uchinchi avlod MBBTlari ma’lumotlaming murakkab strukturalarini va ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlovchi rivojlangan vositalami madadlashi, ochiq tizimlarga qo‘yiladigan talablami qondirishi lozim. Download 4.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling