S. K. Ganiyev, A. A. Ganiyev, D. Y. Irgasheva ma’lumotlar bazasi
Download 4.8 Mb. Pdf ko'rish
|
1.-GaniyevS..Ganiyev..IrgashevaD.Y.Malumotlarbazasixavfsizligi.
Foydalanmchilami yaratish va yo 'q qilish. Ko‘pchilik foyda
lanuvchi muhitda maiumotlar bazasidan foydalanuvchi - maiu motlar bazasi obyektlarining maium naborí egasi tushunchasi katta ahamiyat kasb etadi. Tizim foydalanuvchilarini ikkita sinfga ajratish mumkin. Har qanday oichamli tizimda doimo superfoydalanuvchilaming ba’zi 7 6 turlari - avtomatik tarzda k o ‘pchilik (yoki barcha) imtiyozlarga ega va o‘zining superfoydalanuvchi maqomini kimgadir imtiyozlar yoki imtiyozlar guruhi yordamida uzata oladigan foydalanuvchilar mav- jud. Ma’lumotlar bazasi m a’muri atamasi bunday superfoy- dalanuvchilar va ulaming imtiyozlari uchun tez-tez ishlatiluvchi atama hisoblanadi. Boshqa foydalanuvchilami ma’lumotlar bazasining ma’murlari yaratadi va ularga bosh lang1 ich imtiyozlami beradi. Foydalanuv chilami faqat ma’murlar yaratadi. Foydalanuvchilarga huquqlami berish va qaytarib olish nafaqat ma’murlar, balki mos huquqlarga ega boshqa foydalanuvchilar tomonidan bajarilishi mumkin. Foydalanuvchilar guruhlarga birlashishlari mumkin. Foydala nuvchilar guruhi - imtiyozlaming bir xil naboriga ega foydalanuv chilar. Umuman, bir foydalanuvchi turli guruhlarda ishtirok etishi mumkin. Har bir foydalanuvchi maxsus identifikatsiya nomiga yoki nomeriga ega (Authorization ID). Aksariyat ekspluatatsiyadagi korporativ MBBTlari SQL - ser- verlari hisoblanadi. Shu sababli SQL - tizimlar misolida foydala nuvchilami boshqarish masalalarini ko‘raylik. Foydalanuvchilami boshqarish jarayonining muayyan shakllari turli MBBTlarda bir-biridan ancha farqlanishi mumkin. Foydala nuvchilami boshqarish jarayoni ishlatiluvchi operatsion tizimga, ma’lumotlar bazasi arxitekturasiga bog‘liq. Shu sababli SQL nmg mos qismida ishlab chiqaruvchi platformasiga ham ko‘proq bog‘- liqlik ko‘zga tashlanadi. Foydalanuvchilami boshqarish jarayonini uchta asosiy bos- qichga ajratish mumkin. Avval maiumotlar bazasida foydalanuv- chini hisobga olish yozuvini yaratish lozim. So'ngra foydalanuv- chiga u maiumot bazasi doirasida, taxminan yechuvchi masalalarga muvofiq imtiyozlar beriladi. Nihoyat, foydalanuvchiga ma’lumotlar bazasidan foydalanish kerak boimaganida uni hisobga olish yozuvi yo‘qotilishi yoki oldin unga berilgan imtiyozlar bekor qilinishi lozim. Maiumotlar bazasi bilan ishlashdan oldin foydalanuvchi, uning ismi va parolini so‘rashdan iborat kirish muolajasi yordamida identifikatsiyalanishi shart. Kirilgandan so‘ng MBBT bilan ishlash seansi harakatga keltiriladi. 77 Imtiyozlami belgilash va bekor qilish. Taqsimlangan ma’lu- motlar bazasi ko‘pchilik foydalanuvchilaming maiumot bazalari bilan ishlashni ko‘zda tutadi. Ammo barcha foydalanuvchilarga ham ma’lumotlar bazasi bilan liar qanday harakatlami bajarishga ruxsat berilmaydi. Shu sababli foydalanuvchilarga imtiyozlar belgilanadi. Maiumotlar bazasida imtiyozlar ikki kategoriyaga boiinadi: tizimli imtiyozlar (system privileges) va obyektli imtiyozlar (object privileges). Tizimli imtiyozlar ma’lumotlar bazasidan umumiy foy- dalanishni nazoratlaydi. Unga jadvallami va boshqa obyektlami ÿaratish hamda ma’lumotlar bazasini ma’murlash huquqi taalluqli. Obyektli imtiyozlar maiumotlar bazasining muayyan obyekti bilan bogiiq. Obyektli imtiyozlar uch qismdan iborat: - imtiyoz qoilanuvchi obyekt; - imtiyoz ruxsat beruvchi amallar; - imtiyozlar beriluvchi foydalanuvchi. Belgilanishi lozim boigan dastlabki imtiyozlardan biri - jadval yaratuvchilari imtiyozlari. Agar barcha foydalanuvchilar tizimda ba- zaviy jadvallami yaratish imkoniyatlariga ega boisalar, maiumot- laming ortiqchaligi, ularning nomuvofiqligi ro‘y berishi mumkin, natijada tizim samarador boimaydi. Jadval yaratgan foydalanuvchi uning egasi hisoblanadi. Bu de- gani, foydalanuvchi o‘zi yaratgan jadvalda barcha imtiyozlarga ega va imtiyozlami boshqa foydalanuvchilarga uzatishi mumkin. Har bir foydalanuvchi SQL muhitida maxsus identifikatsiya nomiga (yoki nomeriga) ega. Imtiyozlar GRANT (BERMOQ) operatori yordamida beriladi va REVOKE (BEKOR QILMOQ) operatori yordamida bekor qili- nadi. GRANT operatori quyidagi sintaksisga ega: GRANT imtiyoz.,...- ON obyekt nomi TO {imtiyoz taqdim etiluvchi foydalanuvchi} [PUBLIS] [WITH GRANT OPTION]; imtiyoz:= {ALL PRIVILEGES} | SELECT ¡DELETE ¡{INSERT [(ustun nomi.,...)]} 78 | {UPDATE [(ustun nomi.,...)]} ¡REFERENCES [(ustun nomi....)]} |USAGE} SQL GRANT operatorini olganida, ushbu operatoming joizli- gini aniqlash maqsadida komanda bergan foydalanuvchining imti- yozlarini tekshiradi. Jadvaldan foydalanuvchi uchun imtiyozlaming quyidagi xillari belgilanishi mumkin: - SELECT — jadvalda so‘rovlami bajarishga ruxsat; - INSERT — jadvalda INSERT (yangi qatomi kiritish) ope ratorini bajarishga ruxsat; - UPDATE - jadvalda UPDATE (hoshiyalar qiymatini yan- gilash) operatorini bajarishga ruxsat; - DELETE - jadvalda DELETE (yozuvlami yo‘qotish) opera torini bajarishga ruxsat; - REFERENCES - tashqi kalitni aniqlashga ruxsat. GRANT operatorining bittasida bir necha imtiyozlar, ulami vergul orqali sanash yoki foydalanuvchiga ushbu jadval uchun bar- cha imtiyozlar berilishini anglatuvchi ALL argumentini ishlatib, bel- gilanishi mumkin. GRANT operatorining bittasida bir vaqtning o‘zida bir necha foydalanuvchiga imtiyozlar, ulami vergul orqali sanash yoki imti yozlar barcha foydalanuvchiga berilishini anglatuvchi PUBLIS argumentini ishlatib, belgilanishi mumkin. Ammo bu imkoniyatdan ehtiyotkorona foydalanish zarur, chunki PUBLIS nafaqat joriy foydalanuvchilarni, balki tizimga keyinchalik kiritilishi mumkin boigan barcha foydalanuvchilarni anglatadi. Faraz qilaylik, foyda lanuvchi Mansurov “ Sotrudnik” jadvalining egasi va u foydalanuv chi Karimovga jadvalga so‘rov yuborishga rozi. Bu holda foydala nuvchi Mansurov quyidagi komandani kiritishi lozim: GRANT SELECT ON Sotrudnik TO Karimov; WITH GRANT OPTION gapi foydalanuvchiga ushbu jadval uchun imtiyozlarni belgilashga imkon yaratadi. Agar, masalan, ko manda quyidagi ko‘rinishni olsa: GRANT SELECT ON Sotrudnik TO Karimov WITH GRANT OPTION: 79 foydalanuvchi Karimov, o‘z navbatida imtiyozlami belgilash huqu- qini boshqa foydalanuvchilarga uzatish imkoniyatiga ega boMadi, ya’ni foydalanuvchi Karimov quyidagi komandani berishi mumkin: GRANT SELECT ON Mansurov Sotrudnik TO Salimov WITH GRANT OPTION: Demak, sxema egasi boMmagan foydalanuvchi jadvalga havo- la qilganida, jadval nomi oldida sxema nomi ko‘rsaliladi. Obyektning aksariyat imtiyozlari bir xil sintaksisdan foydala- nadi. Yuqorida keltirilgan imtiyozlardan UPDATE va REFEREN CES istisno. UPDATE imtiyozlari berilganida yuqorida qoilanilgan sintak sisdan foydalanish mumkin, ya’ni foydalanuvchiga jadvalning barcha ustunlarini yangilash huquqi beriladi. Imtiyoz nomidan keyin qavs ichida ushbu imtiyoz tatbiq etiluvchi ustunlar nomi ko‘rsa- tilishi mumkin. Masalan, UPDATE imtiyozi quyidagi ko‘rinish olishi mumkin: GRANT UPDATE (doljnost, oklad) ON Sotrudnik TO Kari mov; REFERENCES imtiyozi berilganida ham ustunlar nomi beri- ladi. Jadvalni faqat alohida ustunlari bo‘yicha ko'zdan kechirishni cheklash uchun tasawur yaratish mexanizmidan foydalanib, imti- yozni real jadval uchun emas, tasawur uchun belgilash lozim. Jad valni faqat alohida qatorlar bo‘yicha ko'zdan kechirishni cheklash uchun ham tasavvurdan foydalanish mumkin. Imtiyozni bekor qilish REVOKE operatori yordamida amalga oshiriladi. Ushbu komandaning sintaksisi GRANT operatorining sintaksisiga o‘xshash. Masalan, Karimov uchun “Sotrudnik” jadva- lini ko'zdan kechirish imtiyozini bekor qilish quyidagi ko‘rinishga ega: REVOKE SELECT ON Sotrudnik TO Karimov. Muayyan MBBTda yuqorida keltirilgan imtiyozlardan farqli imtiyozlar madadlanishi mumkin. Masalan, ba’zi MBBTda foyda lanuvchilarga indekslami yaratishga imkon beruvchi INDEX imtiyozini berish mumkin. Ammo INDEX obyekti SQL standartida aniqlanmagan va ushbu imtiyozni berish komandasining sintaksisi tizimdan tizimga o‘zgarishi mumkin. 80 Imtiyozni bekor qilish huquqiga kim egalik qilishi SQL stan- dartida aniqlanmagan. Ammo, odatda, imtiyozni bekor qilish, ushbu imtiyozni bergan foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladi. Download 4.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling