S. K. Ganiyev, A. A. Ganiyev, D. Y. Irgasheva ma’lumotlar bazasi
Ma’lumotlar bazasi serverining Master tashkil etilishi
Download 4.8 Mb. Pdf ko'rish
|
1.-GaniyevS..Ganiyev..IrgashevaD.Y.Malumotlarbazasixavfsizligi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’lumotlarni tirajlash.
Ma’lumotlar bazasi serverining Master tashkil etilishi.
Odatda klaster tarkibida uzellar-kompyuterlar tomonidan birgalikda ishlatiluvchi bir necha diskli qismtizim va komponentlar orasidagi ortiqcha bog‘lanishlar bo‘ladi. Tashqi nuqtayi nazaridan klaster bir butun kabi ko‘rinadi, bir necha uzellaming mavjudligi esa unum- dorlikning va buzilishlarga barqarorlikning oshishiga sabab boMadi. Ma’lumotlarni tirajlash. Axborot xavfsizligi nuqtayi nazari dan tirajlashga ma’lumotlaming foydalanuvchanligini oshirish vosi- tasi sifatida qarash ¡rumkin. San-Fransisko shahridagi baqqol xusu- sidagi hikoya afsona boMib qoldi. Baqqol halokatli yer qimir- lashidan so‘ng boshqa shahardan oldinroq tirajlangan axborotni olib, bazasini 16 daqiqada tikladi. INGRES MBBT tirajlashning rivojlangan imkoniyatini taqdim etadi. Informix OnLine-DS 7.Ida ma’lumotlami asosiy serverdan to‘laligicha ikkilamchi serverga akslantirishdan iborat tirajlash modeli madadlanadi. 5.1-rasm. Asosiy serverga yozish va undan o‘qish mumkin, ikkilamchi serverdan faqat o'qiladi. 120 Tirajlashli Informix OnLine-DS serverlárining konfiguratsi- yasida bitta asosiy va qator ikkilamchi serverlar ajratiladi. Asosiy serverda o‘qish va ma’lumotlami yangilash amalga oshiriladi, bar- cha o‘zgarishlar esa ikkilamchi serverlarga iizatiladi. Ikkilamchi serverlardan faqat o‘qish mumkin (5.1-rasm). Asosiy server buzil ganida, ikkilamchi server avtomatik ravishda yoki qo‘lda o‘qish va yozish rejimiga o‘tkaziladi (5.2-rasm). Asosiy server buzilganida, mijozlami ochiq-oydin qayta yo‘naltirish madadlanmaydi, ammo u ilovalar doirasida amalga oshirilishi mumkin. 5.2-rasm. Asosiy server buzilganida, ikkilamchi server o‘qish va yozish rejimiga o‘tkaziladi. Asosiy server tiklanganidan so‘ng ushbu server ikkilamchi serverga aylanishi mumkin, endi o‘qish-yozish rejimida ishlovchi avvalgi ikkilamchi serverga asosiy server maqomi beriladi va unga ulangan mijozlar ishlarini davom ettiradilar. Shu tariqa ma’lumot- lardan uzluksiz foydalanish ta’minlanadi. Tirajlash axborotni tranzaksiya jumalidan (mantiqiy jumaldan) asosiy serveming tirajlash buferiga uzatish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Undan axborot ikkilamchi serveming tirajlash buferiga o'tkaziladi. Bunday o‘tkazish sinxron yoki asinxron rejimida sodir boMishi mumkin. Sinxron rejim ma’lumotlar bazasining to‘liq muvofiqligini kafolatlaydi, ya’ni asosiy serverda qaydlangan birorta ham tranzaksiya, xatto asosiy server yanglishganida ham ikkilamchi serverda qaydlanmay qolmaydi. Asinxron rejim mutlaqo muvo- 121 fiqlikni ta’minlamaydi, ammo tizimning ishchi xarakteristikalarini yaxshilaydi. Tirajlashning qo‘shimcha ijobiy samarasi - qaror qabul qilishni madadlovchi katta hajmli resursli ilovalami, asosan, ikkilamchi ser- verga o‘tkazish imkoniyati. Bu holda ular parallel ishlash vosita- laridan maksimal foydalanib, asosiy serverda to‘plangan tranzak- siyalami operativ ishlovchi ilovalarga xalaqit qilmasdan, ishlanishi mumkin. Bunga ma’lumotlaming foydalanuvchanligini oshiruvchi omil sifatida ham qarash mumkin. Server va mijozlar orasidagi kommunikatsiyalarni himoya- lash. Server va mijozlar orasidagi kommunikatsiyalarni himoyalash muammosi nafaqat MBBTlarga, balki barcha taqsimlangan tizim- larga taalluqli. Tabiiyki, bu yerda, masalan, OSF konsemining taqsimlangan hisoblash muhitidagi (Distributed Computing Envi ronment, DCE) kabi umumiy yechimlar qidiriladi. MBBT ishlab chiqaruvchilariga o‘zining dasturiy mahsulotlarini ushbu muhitga “yuklash” qoladi (masalan, Informix kompaniyasi Informix- DCE/Netni amalga oshirib, shu ishni bajardi). Informix-DCE/Net Informixning barcha instrumental vositalari hamda har qanday ilovalar yoki ODBC interfeysidan foydalanuvchi mustaqil ta’minotchilardagi instrumental komplekslari uchun DCE serverlaridan foydalanishni tashkil etadi (5.3-rasm). Xavfsizlik serveri DCE muhitida mijoz-serveming o‘zaro alo- qalarini amalga oshirishdagi muhim komponent hisoblanadi. Ushbu server taqdim etadigan asosiy fiinksiyalar — Kerberos vositalari amalga oshiruvchi autentifikatsiya, avtorizatsiya (vakolatlami tek- shirish) va shifrlash. Masalan, mijoz-serveming har bir ilovasi uchun ma’mur himoyaning quyidagi beshta sathidan birini berishi mumkin: - faqat mijozning server bilan ulanganligi aniqlanganidagina uzatiluvchi ma’lumotlar himoyalanadi; Download 4.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling