80 4-§. NODIRA
Lutfiyning «Xoh inon, xoh inonma» radifli g‘azalidan olingan quyidagi baytda qaysi badiiy san'atdan foydalanilgan?
Yoqub bikin ko‘p yig'idin qolmadi sensiz Nuri basarim, xoh inon, xoh inonma.
A) irsoli masal B) talmeh
C) husni ta'lil D) tajnis
Quyidagi tuyuqning muallifi kim?
Yo qoshingdin necha bir o‘q ko‘z tutay, Otki, o‘rusig‘a oning ko‘z tutay.
Necha ko'rgach o'zga mahvashlar qoshin, Yangi Oy ko'rgan kishidek ko‘z tutay.
A) Nodira B) Atoyi
C) Navoiy D) Lutfiy
Tajnis va qofiya bilan bog'liq to‘g‘ri ma'lumotlarni toping.
Tajnis qofiyaga olinganda unda ishtirok etayotgan so‘zlarning o‘zi qofiya vazifasini o'taydi, ya'ni ma'nosi har xil bo'lgani uchun bu yerda tajnis tarkibidagi so‘zlarning takrorlanishi qofiya o'rnida qabul qilinadi;
She'rda tajnis hosil qilish uchun o'zaro shakldosh so'zlar yoki so'zlar turkumi faqat qofiyada, ya'ni satr oxirida kelishi shart emas;
Har qanday matnda shakldosh so'zlar yoki so'zlar turkumini qo'llash tajnis san'atini hosil qilaveradi, shuning uchun tajnis nasriy asarlar uchun ham xos badiiy san'at hisoblanadi.
A) faqat 1 va 3 B) faqat 1 va 2
C) faqat 2 va 3 D) 1,2, 3
59. Nodira ijod qilgan davrda Qo'qon adabiy muhitida qaysi tillarda >adiiy asarlar yaratish qariyb teng darajada edi?
o'zbek va fors-tojik tillarida
arab va turk tillarida
Ikki tilda asarlar yaratish teng darajada emas, balki o‘zbek tilida asarlar yaratish yaqqol ustunlik qilardi.
Ikki tilda asarlar yaratish teng darajada emas, balki fors-tojik tilida asarlar yaratish yaqqol ustunlik qilardi.
0. Nodiraning «Eshit» radifli g'azali nechta baytdan iborat?
A) 5. baytdan B) 6 baytdan
C) 7 baytdan D) 8 baytdan
Do'stlaringiz bilan baham: |