S kurbaniyazov, R. Q. Turniyazov
Ideal gaz qonunlari. Ideal gazning holat tenglamasi
Download 5.33 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boyl-Mariott qonuni
4.2. Ideal gaz qonunlari. Ideal gazning holat tenglamasi
Tabiatda jismlar har xil gaz, suyuq, qattiq, plazma va Boze-Eynshteyn kondensat agregat holatlarda bo’lishi mumkin. Molekulyar fizika bo’limida moddalarning xossalarini o’rganish odatda gazlardan boshlanadi. Gazlar shartli ravishda ideal va real gazlarga bo’lanidi. Gazlarning xossalarini o’rganish ideal gazlarning xossalarini o’rganishdan boshlanadi. Agar gaz quyidagi shartlarni qanoatlantirsa, bunday gazga ideal gaz deyiladi: Gaz molekulalari elastik sharlardan iborat bo’lib, moddiy nuqtalar deb hisoblanadi. Molekulalar orasida ta’sir kuchlari hisobga olmaydigan darajada kichik. Molekulalar o’rtasida ta’sir kuchlari faqat ular o’zaro to’qnashgan paytda yuzaga keladi. Molekulalarning to’qnashishlari markaziy va mutloq elastik deb qaraladi. Shunday qilib, ideal gaz modeli yetarlicha siyraklangan va past bosimga ega gaz deb tasavvur etiladi. Har xil mamlakatlarning ko’p sonli olimlari ideal gazlarning xossalarini o’rganib o’zlarining qonunlarini ochganlar. Ular izotermik, izobarik, izoxorik, jarayonlar bilan bog’langan. Ularga Boyl-Mariott, Gey-Lyussak va Sharl qonunlari misol bo’ladi. Boyl-Mariott qonuni: Harorat o’zgarmas bo’lganda berilgan gaz massasi bosimining hajmga bog’lanishiga izotermik jarayon deyiladi. Ingliz olimi Boyl va fransuz olimi Mariott bir-biridan mustaqil ravishda ularning nomlari bilan ataluvchi qonunni kashf qilganlar. Berilgan gaz massasining harorati o’zgarmas bo’lganda uning bosimi hajmiga teskari proporsional. Bunga Boyl-Mariott qonuni deyiladi. Bu qonunning mohiyatini anglash uchun silindr, porshen va ma’lum midordagi gaz bilan quyidagicha tajriba o’tkazamiz. Silindrda porshenning vaziyatini o’zgartib (37-rasm) bosim va hajmni o’lchab quyidagi P1V1=P2V2=P3V3=P4V4 xulosaga kelamiz. Uni quyidagi ko’rinishda ham yozish mumkin: (194) Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, izotermik jarayonda (t=const) bosimning hajmga ko’paytmasi har doim o’zgarmas kattalikdir, ya’ni pV=const. Bu qonun grafik jihatdan izoterma deb ataluvchi egri chiziq-giperbola ko’rinishida tasvirlanadi (38-rasm). Download 5.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling