S kurbaniyazov, R. Q. Turniyazov
Download 5.33 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sharl qonuni
Gey-Lyussak qonuni: Bosim o’zgarmas bo’lganda berilgan gaz massasi hajmining haroratga bog’lanishiga izobarik jarayon deyiladi. Gey-Lyussak qonuni quyidagicha ta’riflanadi. Berilgan gaz massasi hajmning nisbiy o’zgarishi o’zgarmas bosimda haroratga to’g’ri proporsional. (195)
Bu yerda V0-00C haroratdagi gaz hajmi. α= -gaz hajmining termik koeffitsiyenti. Grafik jihatdan bu qonun izobara deb ataluvchi to’g’ri chiziq bilan tasvirlanadi. 39-rasmda bosimning har xil qiymatlaridagi izobaralar ko’rsatilgan. Sharl qonuni: O’zgarmas hajmda berilgan gaz massasi bosimining haroratga bog’lanishiga izoxorik jarayon deyiladi. Sharl qonuni quyidagicha ta’riflanadi. Berilgan gaz massasining nisbiy o’zgarishi o’zgarmas hajmda haroratga to’g’ri proporsional: (196) Bu yerda β-bosimning termik koeffitsiyenti .Grafik jihatdan bu qonun izoxora deb ataluvchi to’g’ri chiziq bilan tasvirlanadi (40-rasm). Keyingi ikkita grafik shuni ko’rsatadiki, tekshirishlar 00C dan boshlanadi. 00C dagi tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, gaz o’z xossalarini ma’lum past haroratlargacha saqlaydi, undan past haroratlarda esa gaz boshqa agregat holatlar suyuq yoki qattiq holatga o’tadi. Grafik jihatdan bu aytilganlar quyidagicha tasvirlanadi. Bu to’g’ri chiziqlarning t o’q bilan kesishish nuqtasi – 2370C ga to’g’ri keladi. Bu nuqta yangi haroratlar shkalasining boshlanishiga mos keladi. t=-2370C da molekulalarning ilgarilanma harakati to’xtaydi. Shuning uchun t=-2370C ga haroratning mutloq nol qiymati deb yuritiladi. Mutloq noldan boshlangan haroratga mutloq harorat deyiladi. Shunga asoslanib , , Bu tenglamani quyidagicha tasavvur etish mumkin: (197) T1haroratdagi hajmni V1,T2 haroratdagi hajmni esa V2 deb belgilaymiz. Yuqorida keltirilgan (197) ga ko’ra, quyidagini yozish mumkin: (198) (199) Bu ifodalarning nisbati (200) Bunday bog’lanishning grafigi 43-rasmda berilgan Izobarik jarayonda gazning berilgan massasinig hajmi uning mutloq haroratiga to’g’ri proporsional. Bu Gey-Lyussak qonuni. Sharl qonuni ham shunga o’xshash ravishda (201) Izoxorik jarayonda berilgan gaz massasining bosimi uning mutloq haroratiga to’g’ri proporsional. Bunday bog’lanishning grafigi 44-rasmda berilgan. Ideal gaz juda aniqlik bilan Boyl-Mariott va Sharl qonunlariga bo’ysunadi. Download 5.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling