S kurbaniyazov, R. Q. Turniyazov
Gazlar molekulyar-kinetik nazariyasining asosiy tenglamasi
Download 5.33 Mb.
|
4.3. Gazlar molekulyar-kinetik nazariyasining asosiy tenglamasi
Ideal gazning holat tenglamasi. Yuqorida ko’rib o’tilgan izojarayonlar gazning holatini ifodalovchi parametrlar V, P yoki T ning birortasi o’zgarmas bo’lgan hollar uchun tegishli bo’ladi. Gazda ham bosim, ham hajm, ham harorat birdaniga o’zgarganda hosil bo’ladigan umumiy holatga to’g’ri keluvchi jarayonni qaraymiz. Gazning birinchi holatini ifodalovchi parametrlar V1, P1 va T1 yangi holatiga mos parametrlar esa V2, P2 va T2 bo’lsin. Agar gazning birinchi holatidan ikkinchi holatiga ketma-ket o’tilsa, harorat T1 ni o’zgartmas saqlab bosimni P1 dan P2 gacha o’zgartiramiz. Bu vaqtda hajm V gacha o’zgaradi. U holda Boyl-Mariott qonuniga asosan, Bundan (202) Shundan so’ng bosim P2 ni doimiy saqlab haroratni T1 dan T2 gacha ko’taramiz. U holda gazning hajmi V dan V2 gacha o’zgaradi. Gey-Lyussak qonuniga asosan, Bundan (203) (202) va (203) larning chap tomonlari teng bo’lganligidan ularning o’ng tomonlari ham tengligi kelib chiqadi. yoki (204) ya’ni gaz bosimining hajmiga ko’paytmasining mutloq haroratga nisbati berilgan gaz massasi uchun doimiy qiymatidir. Bunga Klapeyron qonuni deb ataladi. (205) B– solishtirma gaz doimiysi. Bu tenglamaning kamchiligi shundan iboratki, B ning qiymati har xil gazlar uchun har xildir. D.I.Mendeleyev Klapeyron va Avogadro qonunlarini umumlashtirib bu kamchilikni bartaraf etdi. Avogadro qonuni quyidagicha ta’riflanadi: bir xil harorat va bosimlarda har qanday gazning bir mol miqdori bir xil hajmni egallaydi. Normal sharoitda bu hajm 0,02241m3 ga teng. B va T larning bir xil qiymatlarida hamma gazlarning bir moli bir xil Vμ hajmga ega bo’ladi, binobarin, B doimiylik ham har xil gazlar uchun bir xil qiymatga ega bo’ladi. B ning qiymatini R orqali belgilab quyidagiga ega bo’lamiz: (206) R ga gaz universal doimiysi deb ataladi: R=8,31 (207) Bu tenglamaga 1 mol gaz uchun Klapeyron-Mendeleyev tenglamasi deyiladi. Gaz hajmi uning massasiga proporsional bo’lgani uchun Bu yerda μ-gazning molyar massasi, V-m massali gazning hajmi. Bu yerdan ni (206) ga qo’yib quyidagini olamiz. (208) Bu tenglamaga istalgan gaz massasi uchun ideal gazning holat tenglamasi deyiladi. bo’lgani uchun (208) dan quyidagi tenglamaga kelamiz. (209) Bu yerda modda miqdori. (208) tenglama gazning zichligini ham topishga imkon beradi. ekanligini e’tiborga olib (210) formulaga ega bo’lamiz. Download 5.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling