S kurbaniyazov, R. Q. Turniyazov


Download 5.33 Mb.
bet35/90
Sana14.08.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1666928
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   90
Kapillyar hodisalar. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, suyuqlik bir holatda qattiq jism sirtini ho’llaydi, boshqa holatlarda ho’llanmaydi.
Agar suyuqlik molekulalari bir-biri bilan qattiq jism molekulalariga nisbatan zaifroq tortishsa, suyuqlik bu jismni ho’llaydi deb aytiladi. Agar suyuqlik molekulalari bir-biri bilan qattiq jism molekulalariga nisbatan kuchliroq tortishsa, suyuqlik bu moddani ho’llamaydi deb ataladi. Masalan, suv toza shishani ho’llaydi, parafinni esa ho’llamaydi. Simob shishani ho’llamaydi, biroq u toza mis va ruxni ho’llaydi. O’simliklarning yaproqlari va poyalari yupqa mumga o’xshash modda bilan qoplangani uchun suv ularni ho’llamaydi.
Suyuqlik qattiq jismni ho’llaydimi yoki ho’llamaydimi, shunga bog’liq ravishda suyuqlik sirtining shakli har xil bo’ladi. Ho’llovchi suyuqlik qattiq jism bilan tegishish chegarasini oshirishga intiladi. Ho’llamaydigan suyuqlik, aksincha, bu chagarani qisqartirishga intiladi. Qattiq jism sirti bilan suyuqlik sirtiga o’tkazilgan urinma orasidagi Ө burchakka chegaraviy burchak deyiladi. Ho’llovchi suyuqlik uchun Ө<900, ho’llamaydigan suyuqlik uchun Ө>900.
Yuqorida aytilganlarga ko’ra, idishga quyilgan suyuqlikning sirti idish devori yaqinida egrilanishi kerak: ho’llovchi suyuqlik bo’lgan holda botiq, ho’llamaydigan suyuqlik bo’lganda esa qavariq sirt hosil bo’ladi. Ingichka idishda chegaraviy egrilanish suyuqlik sirtini to’la egrilab uning butun sirtini qoplab oladi. Bunday egrilangan sirtga menisk deb ataladi. Ingichka idishlarga kapillyarlar deb ataladi.
Ingichka naychalarda qo’shimcha bosim bilan bog’liq ravishda suyuqlik sathining ko’tarilishi yoki pasayish hodisasiga kapillyarlik deyiladi.
Agar suyuqlik qattiq jism sirtini ho’llasa, suyuqlik ko’tariladi, agar suyuqlik qattiq jism sirtini ho’llamasa, suyuqlik kapillyar bo’ylab pastga tushadi. Kapillyar naycha suyuqlikka botirilganda dastlab menisk hosil bo’ladi. Faraz qilamizki, sirt botiq, ya’ni suyuqlik naycha devorini ho’llaydi. Boshlang’ich holatda bosim meniskning ikkala tomonida bir xil bo’ladi. Agar menisk sferik sirtning bir qismi bo’lsa, egrilik radiusining a o b uchburchakdan (60-rasm) osongina aniqlash mumkin.
(317)
bu yerda r-kapillyarning radiusi, r/R-cosӨ.
Menisk tomonidan qavariq tarafga ko’rsatilayotgan bosim tufayli umumiy bosim atmosfera bosimidan katta bo’ladi.
Naychadagi h balandlikka ko’tarilgan suyuqlik ustunining bosimi egrilangan sirtning sirt tarangligi tufayli hosil bo’lgan va yuqoriga qarab yo’nalgan bosim bilan muvozanatlashadi.

-zichlik, h-suyuqlik balandligi, R-suyuqlik sirtining egrilik radiusi, r-naycha radiusi. 60-rasmdan foydalanib


ni aniqlaymiz.

U vaqtda (318)


ni olamiz. Agar Ө=00 bo’lsa cos00=1. Demak,
(319)
Bu formulaga Jyuren-Borelli formulasi deyiladi va u kapillyar bo’ylab suyuqlikning ko’tarilish balandligi yoki pasayishini aniqlashga imkon beradi. Agar naychani suyuqlik ho’llamagan bo’lsa, unda suyuqlik sirti qavariq menisk shaklda hosil bo’ladi. Naycha ichidagi bosim naycha tashqarisidagi suyuqlik ustidagi bosimdan katta bo’ladi, natijada suyuqlik (319) formula bilan aniqlanadigan balandlikka pasayadi.
Har qanday mo’rt jismlar: sochiq, filtrlovchi qog’oz, quruq bo’r, haydalgan tuproq va h.k.lar kapillyarlik xususiyatiga ega. Kapillyarlik hodisasi o’simliklarning o’sishi uchun katta ahamiyatga ega, chunki tuproqdagi suv va oziq eritmalar o’simlik tanasidagi kapillyar naychalar orqali ko’tarilishini ta’minlaydi.



Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling