S kurbaniyazov, R. Q. Turniyazov
Elektr maydon kuchlanganligi. Gauss teoremasi
Download 5.33 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuchlanganlik chiziqlari
6.2. Elektr maydon kuchlanganligi. Gauss teoremasi.
Har bir zaryad o’z atrofida maydon hosil qiladi va ular shu maydon orqali o’zaro ta`sirlashadi. Bunda zaryad miqdori va unga ta`sir etuvchi kuch orasida bog’lanish yuzaga keladi. Shunga ko’ra maydonni xarakterlovchi kattalik F/q hisoblanadi. Bu kattalikka elektrostatik maydon kuchlanganligi deyiladi. Bu nisbat maydonning har qanday nuqtasida bir xil bo’ladi. Kuchlanganlikni E bilan belgilasak, (2) ya’ni, maydon kuchlanganligi son jihatidan birlik musbat zaryadga maydon tomonidan ta’sir etuvchi kuchga tengdir. Nuqtaviy zaryadning maydon kuchlanganligi undan r masofadagi nuqtada quyidagiga teng bo’ladi. (3) Agar kuchlanganlikni bir nechta nuqtaviy zaryadlar hosil qilsa, natijaviy kuchlanganlik alohida olingan nuqtalardagi kuchlanganlilarning geometric yig’indisiga teng. ya’ni (4) Bunga maydonlar superpozitsiya prinsipi deyiladi. Agar ikkita nuqtaviy zryadlarning vakuumda ta’sir kuchini F0, biror muhitda joylashganda ta’sir kuchini F desak, elektrostatik maydon (5) marta zaiflashadi. Bunga muhitning dielektrik doimiyligi deyiladi. Kuchlanganlik chiziqlari. Elektrostatik maydonning har bir nuqtasini E kuchlanganlik vektori bilan ifodalash mumkin. Buning uchun kuchlanganlik chiziqlari tushunchasini kiritamiz. Kuchlanganlik chizig’i deb shunday chiziqqa aytiladiki, uning har bir nuqtasida kuchlanganlik vektori urinma ravishda yo’nalgan bo’ladi (66-rasm). Nuqtaviy musbat va manfiy zaryadlar hosil qilgan kuchlanganlik chiziqlari quyidagi rasmdagidek bo’ladi. Ikkita bir xil ismli nuqtaviy zaryadlar va ikkita har xil ismli nuqtaviy zaryadlar hosil qilgan kuchlanganlik chiziqlari 68-rasmda berilgan: Kuchlanganlik chiziqlari musbat zaryaddan boshlanib manfiy zaryadda tugaydi. Bir jinsli maydonning kuch langanlik chiziqlari. Barcha nuqtalaridagi kuchlanganliklar bir xil bo’lgan maydonga bir jinsli maydon deyiladi. Bir jinsli maydonning kuchlanganlik chiziqlari kuchlanganlik vektoriga parallel bo’lgan to’g’ri chiziqlardan iborat bo’ladi. Download 5.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling