S kurbaniyazov, R. Q. Turniyazov


– MA’RUZA Konturda xususiy elektromagnit tebranishlar. Elektromagnit to’lqinlar. Elektromagnit to’lqin tenglamasi


Download 5.33 Mb.
bet50/90
Sana14.08.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1666928
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   90
8 – MA’RUZA
Konturda xususiy elektromagnit tebranishlar. Elektromagnit to’lqinlar. Elektromagnit to’lqin tenglamasi
Reja:

  1. Konturda xususiy elektromagnit tebranishlar

  2. Elektromagnit to’lqinlar. Elektromagnit to’lqin tenglamasi

Tayanch iboralar: kontur, tebranish, qarshilik, kondensator, Tomson, tebranish davri, yorug’lik tezligi, to’lqin, Maksvell, to’lqin tenglamasi
8.1. Konturda xususiy elektromagnit tebranishlar
Kondensatorning tebranma razryadi, qoplamalari o’zinduksiya va R qarshilik orqali bir-biriga tutashtirilgan C kondensatorni (rasm) tasavvur qilaylik. Bunga tebranish konturi deb ataladi. Biror paytda kondensatorning qoplamalari V potensiallar ayirmasigacha zaryadlantirilib, so’ngra bu potensiallar ayirmasi manbadan uzib qo’yilgan bo’lsin. O’zinduksiya bo’lmaganda kondensatorning qoplamalarini bir-biriga ulab turgan sim orqali shu qollamalarning potensiallari tenglashganga qadar tok o’tib turgan bo’lar edi.
Qoplamalarning potensiallari tenglashgan paytda o’zinduksiya elektr yurituvchi kuchi tokning kamayishiga yo’l qo’ymaydi va natijada kondensator qayta zaryadlanadi. Bundan keyin yana tok hosil bo’ladi, biroq endi bu tok avvalgi tokka teskari yo’nalgan bo’ladi, natijada qoplamalarning ana shunday qayta zaryadlanish prosessi davriy ravishda takrorlanib turadi. C sig’im bilan o’zinduksiyadan tashkil topgan zanjirda tebranishlar hosil bo’ladi. Tok energiyasining bir qismi R qarshilikda Lens-Joul issiqligining ajralib chiqishiga sarflangani sababli tebranishlar asta-sekin so’nadi. Tebranishlarning umumiy xarakteri 84-rasmda tasvirlangan. R qarshilik qanchalik kichik bo’lsa, so’nish ham, kerak.


Quyidagi (71)
tengsizlik bajarilganda razryadlanish tebranma xarakterga ega bo’ladi.
R qarshilik kichik bo’lganda tebranma razryadning T davri quyidagi formula bilan ifodalanadi:
(72)
Bunga Tomson formulasi deyiladi. Shunday qilib, o’zinduksiya bilan sig’im qanchalik kichik bo’lsa, davr shunchalik kichik, ya’ni elektr tebranishlarning chastotasi shunchalik yuksak bo’ladi.
Biz ko’rib o’tgan elektr tebranishlar mexanik tebranishlarga, masalan, mayatniknyng tebranishlariga o’xshaydi.

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling